Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:02

Telegram o‘zbekistonliklar orasida ommalashmoqda


O‘zbekistonda WhatsApp tarmog‘ida keyingi ikki hafta davomida davom etayotgan cheklashlar ortidan foydalanuvchilar ommaviy ravishda Telegram ilova-dasturini ko‘chirib olmoqda.

7 noyabrdan boshlab Telegram Apple shirkatning "App Store" online do'konida O‘zbekistondan ko‘chirib olishlar soni bo‘yicha 1-o‘ringa chiqdi.

Bu haqda TJournal nashri App Annie kompaniyasiga tayanib xabar qildi.

Shu paytgacha O‘zbekistondagi "App Store"ning yuztalik ro‘yxatiga ham kira olmagan Telegram endi “ilg‘or”lar safidan tushmayapti.

Joriy yilning avgust oyida "VKontakte" ijtimoiy tarmog'i asoschisi Pavel Durov tarafidan ishga tushirilgan Telegram xizmatining foydalanuvchilari bazasi bir millionga yetib qolgani aytilmoqda.

Durovning aytishicha, Rossiyada unchalik mashhur bo'lmagan dastur kutilmaganda interneti hukumat filtridan o'tuvchi arab davlatlaridagi foydalanuvchilar orasida katta qiziqish uyg'otgan.


WhatsApp "bo'g'ilmoqda" - kim aybdor?


So'nggi kunlarda O'zbekiston ichida Whatsapp dasturi tarmog'ida nosozliklar yuzaga kelgani kuzatilmoqda. Foydalanuvchilarga ko'ra, WhatsApp'ga rasm va video yuklash imkoni yo‘qolgan.

Ucell va Beeline mobil kompaniyalari keyingi kunlarda WhatsApp tarmog‘ida davom etayotgan nosozliklarda ularning aybi yo‘qligini ta‘kidladi.

O'zbekistondagi qator ommaviy axborot vositalari WhatsApp dasturidagi muammolar undagi so'nggi yangilanish bilan bo'g'liq ekanini taxmin qilmoqda.
Biroq mutaxassislar bunga O'zbekiston milliy operatori O'ztelekom tarafidan qo'yilgan cheklovlar sabab bo'lishi mumkinligiga ishora etishmoqda.
Ayni damda WhatsApp ishidagi nosozliklar faqat O'zbekiston ichida kuzatilyapti, boshqa davlatlardagi foydalanuvchilar esa dasturda muammolar sezmayapti.
Bundan tashqari, O'zbekiston ichidagi foydalanunchilar maxsus VPN kanallari (xavfsiz aloqa tarmog'i) orqali WhatsApp dasturidan muammosiz foydalanayotganini aytishmoqda.
XS
SM
MD
LG