Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:22

To‘ytepalik yigit dunyo bokschilari yigirmaligiga kirish uchun Nyu Yorkda ringga tushadi


Ahror Muraliyev AQShda yashasa-da¸ ringga O‘zbekiston bayrog‘i bilan tushadi.
Ahror Muraliyev AQShda yashasa-da¸ ringga O‘zbekiston bayrog‘i bilan tushadi.

14 fevral kuni Nyu Yorkda o‘zbekistonlik o‘ta og‘ir vazndagi bokschi, WBA/NABA chempionlik kamari sohibi Ahror Muralimov “IBF North American” chempionligi uchun ringga tushadi. To‘ytepalik 28 yashar Ahror Ozodlik bilan suhbatda ushbu musobaqada g‘olib chiqsa, dunyoning eng yaxshi bokschilari yigirmaligidan joy olishini aytdi.

Ushbu jangda uning raqibi amerikalik bokschi Derrik Rossi bo‘ladi. Hozirda AQShda professional boks bilan shug‘ullanayotgan

Ahror Muralimov 14 fevraldagi jangda WBA/NABA kamarini himoya qilish bilan birga “IBF North American” kamari uchun jang olib boradi.

Musobaqa arafasida Ozodlikka bergan intervyusida Ahror Muralimov¸ agar ushbu musobaqada g‘alabaga erishsa, dunyodagi eng kuchli bokschilar ro‘yxatida yigirmanchi pog‘onaga chiqa olishiga umid qilmoqda:

- Oldingi jangim og‘ir vazndagi NABF yo‘nalishi bo‘yicha edi. Unda Jeyson Bergmanni ikkinchi raundda nokaut bilan yutganman. Hozir endi og‘ir vaznda NABF Shimoliy Amerika yo‘nalishida jang. Dunyo bo‘yicha kuchli 1500 bokschi bo‘ladigan bo‘lsa, Xudo xohlasa yutsam yigirmanchi pog‘onaga chiqishim mumkin.

Raqibim Derrik Rossi. U 29 ta g‘alaba qozongan, 8 ta mag‘lubiyatga uchragan, 5 marta nokaut bilan yutqazgan. Nokaut bo‘lgani endi juda og‘ir nokaut bilan yutqazmagan. Juda ham tajribali raqib¸ desam bo‘ladi. O‘tgan jangidan bitta oldingi jangida Jo Henksni yutgan. Rossining oxirgi ikki raqibida kuchli zarbalar yo‘q edi. Men hamma janglarini tekshirib chiqdim. Xudo xohlasa¸ chiroyli jang bilan yutamiz degan maqsad bor,- deydi Ahror Muralimov.

Ahror professional boksda jami 16 marta ringga tushib, barchasida g‘alaba qozongan. 16 ta jangning 13 tasini nokaut bilan yakunlagan:

- Qo‘rquv yo‘q¸ 14 yoshimda yo‘qotganman qo‘rquvni. Menimcha, o‘zimni o‘zim yaxshi tarbiyalay oldim, deb o‘ylayman. Barcha sport turida o‘zi qo‘rquv emas, hayajon bo‘ladi. Odam to‘g‘ri taktika qila olsa, qo‘rqmaydi. Birinchidan, qo‘rqqan odam ringga chiqmaydi. Ikkinchidan, har bir odamda reja bo‘lishi kerak. Men ko‘proq “qanaqa qilib yutaman buni” deb o‘ylayman,- deydi Ahror.

“Yurtdoshlarim duosi meni qo‘llaydi”

Ahror Muralimovning amerikalik Derrik Rossi bilan jangi 14 fevral kuni Nyu York shtati Kvins shaharchasidagi “Sal Musumeci’s Final Forum Boxing” markazi “Resorts World Casino New York City” saroyida bo‘lib o‘tadi.

Charm qo‘lqop ustasi Ahrorbek kutilayotgan musobaqada Amerikadagi yurtdoshlarining qo‘llab-quvvatlashiga umid bildiradi:

- Dunyoning turli burchagida yashayotgan o‘zbeklarimizga alangali salom. Har doim bizni qo‘llab-quvvatlashini juda ham xohlardim. O‘zim, Bahodir Mamajonov, Ravshan Xudaynazarov kabi juda ko‘p yoshlarimiz professional boksga o‘tishayapti. Muxlislardan ularni har doim qo‘llab- quvvatlashini so‘rardim. Bizga o‘zbeklarning e‘tibori qancha bo‘lsa, bu bizga shuncha adrenalin bo‘ladi deb o‘ylayman, - dedi Ozodlik bilan suhbatda Ahror Muralimov.

Ahror Muralimov bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

Аҳрор Муралимов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:16 0:00
Бевосита линк

Ahror bir qizchaning otasi.
Ahror bir qizchaning otasi.

​Ahror Muralimov 1987 yilning 22 dekabrida Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida tavallud topgan.

2005 yilda Pokistonda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

2011 yilda professional boks bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.

2013 yil esa Rossiyada bo‘lib o‘tgan boks turniri g‘olib bo‘lgan.

2014 yilda AQShda WBA/NABA yo‘nalishida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.

XS
SM
MD
LG