Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:19

Xayrulla Hamidov: Ozod etilganimdan xursandman!​


Озодликка ижтимоий тармоқлар орқали етиб келган суратда қамоқдан чиққан Хайрулла Ҳамидов акс этган.
Озодликка ижтимоий тармоқлар орқали етиб келган суратда қамоқдан чиққан Хайрулла Ҳамидов акс этган.

Taniqli diniy voiz va futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov 11 fevral kuni ozodlikka chiqarildi. Ozodlik bilan suhbatda Hamidov O‘zbekiston Konstitutsiyasi 22 yilligi munosabati bilan e‘lon qilingan amnistiyaga asosan ozodlikka chiqarilganini aytdi. U 2010 yilda "Jihodchilar" diniy-ekstremistik guruhiga aloqadorlikda ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

O‘zining nihoyat ozodlikka chiqqanidan mamnunligini yashirmagan Xayrulla Hamidov¸ Qiziltepadagi jazoni o‘tash muassasasidan Chirchiqqa olib kelingani¸ 11 fevral kuni tushdan keyin o‘tkazilgan mahkama qarori bilan ozodlikka chiqarilib¸ darhol uyiga qo‘yib yuborilganini aytdi.

Xayrullaning onasi Muqaddas opa esa Ozodlik bilan suhbatda o‘g‘lining ozodlikka chiqarilgani uchun prezident Islom Karimovga minnatdorlik bildirdi.

Ozodlikka ma‘lum bo‘lishicha¸ 11 fevral kuni Chirchiqda o‘tkazilgan mahkama qarori bilan yana 16 nafar mahbus amnistiya qo‘llanilib¸ ozodlikka chiqarilgan.

Xayrulla Hamidov qamoqdan chiqib¸ ilk intervyusini Ozodlik radiosiga berdi:

- Assalomu alaykum.

Ozodlik: Assalomu alaykum Xayrulla aka.

- Yaxshimisizlar, charchamayapsizlarmi?

Ozodlik: Yaxshimisiz? Bu Alisher Siddiq. Tinchmisiz, yaxshi chiqib oldingizmi?

- Ha, chiqib oldik Xudoga shukur.

Ozodlik: Xursandmisiz?

- Ha, rahmat. Hammasi yaxshi.

Ozodlik: Xayrulla, sizni shuncha yil kutgan odamlar bor. Har kun birga “Xayrulla qachon chiqadi?” deb telefon qilishadi.Ularga biror gapingiz bormi?

- Xursandman. Salom aytib qo‘yasiz hammasiga. Rostdan chiqdi deb qo‘yasiz.

Ozodlik: Sog‘ligingiz qanaqa?

- Sog‘liq yaxshi. O‘sha-o‘sha.

Ozodlik: Ya‘ni o‘sha-o‘sha eski Xayrulla.

- Ha, eski. Uch-to‘rt martalab avfnoma yozdik. Oxiri mana inobatga olishdi. Prezidentimiz qo‘l qo‘ydilar. Avf bilan chiqdim. Bugun sud bo‘ldi Chirchiqda.

Ozodlik: Endi keyingi faoliyatingiz nima bo‘ladi? Deylik sport sharhlovchisi bo‘lasizmi yoki diniy ko‘rsatuvlar qilasizmi...

- Ko‘proq sport sharhlovchiligi bo‘lsa kerak endi. Chunki sportni sog‘inib ham qoldimda.

Ozodlik: Qamoqda futbol ko‘rish imkoniyati bo‘lmadimi?

- Bo‘ldi. Endi futbol ko‘rish bilan futbol sharhlashning farqi borku.

Ozodlik: Qamoqdagi davr haqida biroz aytib bera olasizmi? Qamoqda qanday bo‘ldi, biz juda ko‘p narsalar eshitdik.

- Uni erta-indin gaplashsak bo‘ladimi? Uyga ko‘pchilik mehmonlar kelib turibdida. Shunga noqulay bo‘layapti.

Ozodlik: Tushundim. Uncha ko‘pchilik haqida gaplashaylik. Kimlar keldi birinchi bo‘lib?

- Asosan qarindoshlar.

Ozodlik: Onangiz nima deyaptilar?

- Onam o‘zi borib kutib oldilar.

Ozodlik: Oilangiz o‘zi olib chiqdi sizni-a?

- Ha. Chirchiqdan chiqdimku. Soat 3da sud bo‘ldi. Ikki soat bo‘ldi kelganimga.

Ozodlik: Qanaqa sud bu?

- Sud bo‘ladiyu amnistiya aktini qo‘llash haqida. Srazu keyin chiqarib yuborishdi.

Ozodlik: Nima uchun aynan hozir chiqarishdi? Avfnomani to‘rt marta yozganman deyapsiz. Qanaqadir sababi bormi?

- Endi shu ko‘rishgan, o‘rganishgan. Shunga yaroqli bo‘lgandan keyin chiqarishganda.

Ozodlik: Ishga takliflar kelmadimi hali?

- Men hali endi bugun chiqdim. Erta-indin taklif qilib qolishsa kerak.

Хайрулла Ҳамидов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:42 0:00
Бевосита линк

Xayrulla Hamidov Toshkentdagi “Navro‘z” radiosi orqali efirga uzatilgan “Xolislik sari” eshittirishidagi va‘zlari bilan, keyinchalik esa “Odamlar orasida” gazetasidagi faoliyati bilan o‘zbekistonliklar orasida shuhrat qozongan.

Ozodlikning mushtariylari Xayrulla Hamidovning ozod etilgani haqida qizg‘in munosabat bildirmoqda.

O‘zbekistonlik siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov fikricha, qamoqqa tashlanganidan buyon amnistiya qo‘llanishiga umid qilingan Hamidovning aynan hozir ozod etilishi, mutlaqo, amaldagi hukumatlaring siyosiy manfaatlari ustiga qurilgan puxta rejadir:

- Bu shubhasiz, kelayotgan prezidentlik saylovi bilan bog‘liq jarayon. Go‘yoki, saylov arafasida hukumatning saylovchilarga tuhfasidir. Hattoki, saylovga qadar hali yana bir necha siyosiy mahbusning ozod etilishini ham kutish mumkin, - deb hisoblaydi siyosatshunos.

Ayni paytda u bu voqeani prezident Karimovning sog‘ligi yomonlashgani haqidagi ovozalarga bog‘liqligi haqidagi ba‘zi versiyalarni ilgari surdi.

Камолиддин Раббимов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:32 0:00
Бевосита линк

2010 yilning 21 yanvar kuni hibsga olingan Xayrulla Hamidov o‘sha yilning 27 may kuni Toshkent viloyat Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi hukmi bilan "Jihodchilar" diniy-ekstremistik guruhiga aloqadorlikda aybdor, deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Xayrulla Hamidovning qamalishini qator xalqaro tashkilotlar, jumladan, Hyuman Rayts Uotch, Xalqaro Amnistiya kabi tashkilotlar keskin qoralagan va uning ozodlikka chiqarilishini so‘rab kelayotgan edi.

XS
SM
MD
LG