Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:22

MXX xodimlarini qamoqda qiynagan “Palach” ham qamoqqa olindi ​


Nozim Jumayev.Rasm "Markaziy Osiyoda inson huquqlari assotsiatsiyasi" tarafidan taqdim qilindi.
Nozim Jumayev.Rasm "Markaziy Osiyoda inson huquqlari assotsiatsiyasi" tarafidan taqdim qilindi.

O‘zbekistonning birinchi raqamli jallodi sifatida nom chiqargan va MXXning maxsus buyrug‘i bo‘yicha faoliyat olib borgan 51 yashar Nozim Jumayev qamoqqa olindi. El orasida “Palach” laqabi bilan nomi chiqqan Nozim Jumayev bundan bir yarim oy oldin qamoqqa olingani xabari Ozodlikka endi yetib keldi.

Ozodlikning respublika huquq-tartibot organlaridagi manbalariga ko‘ra¸ Nozim Jumayev O‘zbekiston jinoyat kodeksining 273-moddasi ya‘ni giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash bilan bog‘liq jinoyatda ayblangan.

Ozodlikning huquq-tartibot organlaridagi manbalarining ta‘kidicha Jumayevni yonidan yarim kilo giyovandlik moddasi chiqqan.

Boshqa manbalar esa Nozim Jumayev o‘tgan yil Moskvadan Toshkentga maxsus chaqirtirilib MXX xodimlarini so‘roq qilish chog‘ida qatnashishga jalb qilinganidan keyin qamoqqa olingani aytishdi.

Ularga ko‘ra MXX sirlariga daxldor bo‘lgan Nozim Jumayev ataylab “ko‘zdan pana” qilingan

O‘tgan yili Moskvadan chaqirtirilgan Nozim Jumayev MXX hodimlarini “tilga kirib¸ iqrornoma”ni tezroq yozishini “ta‘minlab” bergan.

Bungacha Jumayev Moskvada muqim yashab kelgan.

Nozim Jumayev Bekoboddagi 64/21-sonli qamoqxonada MXX xodimlarini qiynagani borasida Ozodlik o‘tgan yili ma‘lumot bergan edi.

Ozodlikka ma‘lum bo‘lishicha¸ Nozim Jumayevning beshafqat “muomalasi” qamoq jazosini Bekobod qamog‘ida o‘tashga mahkum qilingani aytilgan MXX sobiq xodimlarining yaqinlarini dahshatga solgan.

MXX sobiq xodimlarining yaqinlari Bekobod qamog‘idagi kameralarga Nozim Jumayevning kirmasligi uchun katta o‘lpon to‘lashga majbur bo‘lishgan.

Ozodlik manbalariga ko‘ra¸ O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining 12 nafar sobiq xodimi noqonuniy tadbirkorlik, korruptsiya va davlat mablag‘larini o‘zlashtirish borasida o‘z aybiga iqror bo‘lishiga Nozim Jumayev hissa qo‘shgan.

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining 12 nafar xodimi uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganidan keyin¸ o‘tgan yilning dekabrь oyida Nozim Jumayevning o‘zi ham hibsga olindi.

Nozim Jumayevni tanigan Ozodlik manbalariga ko‘ra¸ uning qamalishi “yarim kilo narkotik “ bilan bog‘liq emas:

-Jumayev kriminal dunyoda nomi chiqqan avtoritet¸ Buxorodagi “Moviy gumbazlar” restorani egasi¸ MXX buyrug‘i bo‘yicha qatllarni ijro qiluvchi jallod bo‘lgan bu kishining yonida yarim kilo nasha olib yurishi ishonchsiz voqea. Jumayev juda katta sirlarga oshno bo‘lgani bois ichkariga olindi. Jumayevni qamoqqa olinishini ortida MXX turganiga ishonaman¸ - dedi manba.

Ozodlik tasarrufidagi bir-biridan mustaqil manbalar Nozim Jumayevning MXX bilan yaqin aloqasi haqida aytishdi.

Bu manbalar iddaosiga ko‘ra Nozim Jumayev MXXdagi Sergiyenko familiyali kurator tarafidan boshqarilgan.

Bekoboddagi 64/21-sonli qamoqxonada Nozim Jumayevning VIP mahbuslarga nisbatan shafqatsiz munosabati haqidagi ma‘lumotni o‘z manbalariga tayangan xolda Parijdagi "Markaziy Osiyoda inson huquqlari assotsiatsiyasi" rahbari Nadejda Otayeva shunday bayon qildi:

Надежда Отаева билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:15 0:00
Бевосита линк

- Bekoboddagi 64/21-sonli qamoqxonada mavjud shafqatsizlik ko‘lamini yaxshi bilaman. Biz gaplashgan guvohlarning aytishicha, bu koloniyada “Palach” laqabli qamoqxona jallodi Nozim Jumayev mahkumlarni shafqatsiz ravishda qiynashi haqida bizda ma‘lumotlar bor. “Palach” kaltagidan umrbod mayib bo‘lgan o‘nlab mahkumlar iqrornomasi ham bizga yetib kelgan, - deydi "Markaziy Osiyoda inson huquqlari assotsiatsiyasi" rahbari Nadejda Otayeva.

MXX xodimlarini Bekobod qamog‘ida qiynaganidan so‘ng o‘zi ham qamoqqa olingan “Palach” haqidagi ma‘lumot va fotosurat ham Ozodlik tasarrufiga yetib keldi.

Bundan oldin O‘zbekistonlik jurnalist Aleksey Volosevich o‘zbek qamoqxonalaridagi jallodlardan yana biri haqida hikoya qilgan edi.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ kriminal dunyo qoidalariga zid tarzda ma‘muriyat bilan hamkorlikda ish olib boradigan shaxslar o‘zbek qamoqxonalarida ko‘plab topiladi.

​Ozodlikka yetib kelgan norasmiy ma‘lumotlarda iddao qilinishicha, 51 yashar Nozim Jumayev O‘zbekistonning birinchi raqamli jallodi sifatida nom chiqargan.

O‘zbek qamoqxonalari haqidagi kitob muallifi¸ sobiq mahkum Safar Bekjonning aytishicha¸ Nozim Jumayevdan oldin O‘zbekiston qamoqxonalarining birinchi raqamli jallodi Kulimbetov bo‘lgan. Kulimbetov jinoyat olamidagi avtoritetlar tarafidan qatl qilingach VIP mahbuslarni jazolash vazifasi Nozim Jumayevga o‘tgan.

Сафар Бекжон билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:32 0:00
Бевосита линк

Jinoyat olamida Nozim Buxarskiy, mahkumlar orasida esa “Palach”, “Loxmach” deb nom chiqargan bu shaxsning Buxoroda tug‘ilgani aytiladi.

Nozim Jumayev Buxoro markazidagi “Moviy gumbazlar” restoranining egasi sifatida ham tanilgan.

Ozodlikning Buxorodagi kriminal dunyoga yaqin manbasining aytishicha¸ bu restoran unga sovg‘a qilingan.

-Nozim palach Buxoroda beshafqatligi bilan tanilgan. Buxorodagi tadbirkorlar unga o‘lpon to‘laydi. Masalan, u egalik qilayotgan Buxorodagi restoran ham unga Muzaffar Fayz mebel shirkati tarafidan sovg‘a qilingan. Reket¸ talonchilik bilan o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan beri shug‘ullanib keladi. Reket¸ talon taroj va qotillik aybi bilan uch marta sudlangan. Oxirgi qamoq muddatida "Zeromaks"ning sobiq rahbari Mirodil Jalolov bilan bir kamerada o‘tagan. Buxorodagi ko‘p sobiq mahkumlarni buyragini pachoq qilgan. Asosan Moskvada yurar edi. Buxorodagi biznesini o‘g‘li yuritadi. O‘tgan yil Moskvadan kelib bir oz yurgach yana qamaldi¸ - deydi suhbatdosh.

O‘zbek qamoqxonalarida uzoq muddat jazo o‘tagan sobiq mahkum Muhammadsolih Abutovning aytishicha¸ mahbuslar tilida “Gad” deb tanilgan shaxslar MXXning topshirig‘i bo‘yicha tazyiqlarni amalga oshiradi.

Муҳаммадсолиҳ Абутов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:46 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG