Eron bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasida kelib chiqqan diplomatik janjalning har ikki tomonidagi karikaturachilar bir-birini ikkiyuzlamachilikda ayblamoqda.
Shia ulamosi Nimr Bakr an Nimrning Ar-Riyod tomonidan qatl etilgani tasdiqlanganidan keyin hududiy raqiblar o‘rtasidagi tanglik oshdi.
Terrorchilikda ayblangan an Nimrning 2 yanvar kuni qatl etilishi ortidan Eronda namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar Tehronda Saudiya Arabistoni elchixonasiga hujum qildi. Bunga javoban Saudiya Arabistoni va mamlakatning bir necha yaqin hamkori Tehron bilan aloqasini butunlay uzdi yoki chekladi.
Quyida berilgan karikaturalarga asoslanib, Saudiya Arabistoni nuqtai nazarini bir so‘z bilan “Eron “Islomiy davlat”ga qarshi chiqsa-da, terrorizmni dastaklaydi”, deb, Eron nuqtai nazarini esa “Saudiya Arabistoni “Islomiy davlat”ga qarshi kurashayotganini iddao qiladi, lekin ushbu jangari guruh kabi begunohlarni qatl qiladi”, deya ifodalash mumkin.
Mana bu ikki karikaturani eronlik rassom Mana Neyestaniy chizgan:
#Iran Vs. #Saudi from @ManaNeyestani https://t.co/sv58sHKi1H pic.twitter.com/rQGCVEncOJ
— IranWire (@IranWire1) January 4, 2016
https://t.co/knxYFbsfqe #petrolio #arabiasaudita pic.twitter.com/wngCu3ntAm
— kotiomkin (@Kotiomkin) January 6, 2016
Mana bu rasm esa Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy saytiga yuklandi:
Tasnim yangiliklar agentligidan olingan mana bu ikki rasmda esa an Nimrning Eronda shahid o‘laroq ko‘rilayotgani aks etgan:
Fars yangiliklar agentligi chop etgan mana bu rasmda esa qo‘pol stereotiplarga asoslanib, an Nimrning qatl etilishi ortida Isroil turgani, qatl jarayonida Isroil shikastlangani ifodalangan. Ayrim Eron rasmiylari aynan shunday iddaolarni qilib keladi.
Eronning Seda reformist hafatlik gazetasining muqovasida chop etilgan quyidagi karikaturada esa Saudiya Arabistoni qiroli Salmon va uning aksi – “Islomiy davlat” yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy ifodalangan:
Cover of #Iran reformist weekly Seda on #IranSaudi spat - #KSA pic.twitter.com/SNFdtv1ozX
— Sobhan Hassanvand (@Hassanvand) January 7, 2016
Tehronga qarshi ushbu rasmda esa Bag‘dodiy Xomanaiy bilan bir salla tagida turibdi:
كاريكاتير @OKAZ_online Brilliant one!! #iran #isis #uk #usa #saudi pic.twitter.com/26Gpw0ZjLE
— . (@Johani_Ahmad) January 5, 2016
Saudiya Arabistonida chop etiladigan Okaz kundalik gazetasida berilgan quyidagi karikaturada esa hududni barbod qilish niyatidagi Eronni Ar-Riyod jilovlab turgani aks etgan:
Quyidagi rasmda esa Eronning “terrorizm” so‘zlari bitilgan qush uyasidagi qushlarga ozuqa berayotgani ko‘rsatilgan:
#كاريكاتير حاضنة الإرهاب عبر | @Aimantoon #صباح_العربية #كوريا_الشمالية #زد_رصيدك54 #ناداني_وقال #Iran #ISIS - pic.twitter.com/ZmmKwTwLKL
— كاريكاتير السعودية (@Cartoon_ar) January 6, 2016
Mana bu karikaturada esa “Islomiy davlat” Eronga ilk tibbiy yordam ko‘rsatmoqda:
#ايران #داعش #الارهاب #كاريكاتير #كاريكاتير_ايمن #ايران_تختنق_سياسيا #Iran #ISIS #صورة pic.twitter.com/iavA8OX8MY
— ايمن يعن الله (@Aimantoon) January 6, 2016
Quyidagi karikaturada Eronning matbuot tomonidan qanday yortilayotgani yer ustida, mamlakatning “aslida” qanday ekanligini esa yer ostida ifodalangan. Sakkizoyoq shaklida tasvirlangan Eronning qo‘llariga “sotqinlik”, “bo‘ysundirish”, “agressiya” so‘zlari bitilgan.
#إيران الإعلام.. والواقع! #السعودية_تقطع_علاقتها_بإيران https://t.co/qI1hydfqQh pic.twitter.com/4TUorgddbp
— عبدالله صايل (@abdullahsayel) January 6, 2016
Mana bu karikaturaning pastki qismida “Shoshiling, koalitsiya oddiy fuqarolarni o‘ldiryapti”, deb yozilgan:
#كاريكاتير_ايمن @aimantoon #قناة_العالم قناة التدليس #Iran #ايران #terrorism #الارهاب #كاريكاتير pic.twitter.com/bjJqdN8JyD
— إعلاميو الشرقية (@e3lamyu_alsharq) January 6, 2016
Ozodlikning Eron xizmati e’lon qilgan mana bu karikaturada an Nimrning o‘limi borasida jar solayotgan Eron mamlakat ichidagi yuzlab tanqidchini qamagani aks etgan:
Joanna Parasyuk, Gulnoz Isfandiyoriy qalamiga mansub ingliz tilidagi ushbu maqola Nodir Ataev tomonidan o‘zbekchaga o‘girildi.