Линклар

Шошилинч хабар
24 феврал 2025, Тошкент вақти: 17:00

Turkmanistonda davlat idoralari xodimlari jismoniy mashq qilishga majburlanmoqda


Turkmanistonda aprelь oyi “Milliy sihat-salomatlik oyi” deb e’lon qilingan. Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda hamda xabar saytlarida poytaxt Ashxobod va boshqa turkman shaharlarida aholining mashq qiliayotgani aks etgan video va suratlar keng tarqalmoqda.

Mashq qilayotganlarning ayrimlari ajoyib jismoniy ko‘rinishga ega bo‘lmasa-da, ularning barchasi baxtiyor ko‘rinadi. Ular o‘zlarini baxtli qilib ko‘rsatishga majburlar, chunki bu ularning burchi. Agar jilmayib mashq qilishmasa, ishlaridan ayrilib qolishlari mumkin.

Ammo xalqning sog‘lom turmush tarzini ko‘z-ko‘z qilishga qaratilgan bu sa’y-harakatlar xarajatlarini oddiy fuqarolar ko‘tarmoqda.

Tabiiyki, bu tadbirlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishadi. Buni qatnashuvchilarning kiyimi ko‘rsatib turadi – velosiped minib olgan yoki yugurayotganlarning kiyimi bir xil ko‘k yoki yashil rangda. Ularni ko‘rganda beixtiyor Shimoliy Koreyadagi tantanalar ko‘z oldingizga keladi.

Ozodlik radiosi turkman xizmati bu kabi tadbirlarga qanday tayyorgarlik ko‘rilishini aniqlashga urindi.

7 aprel kuni velosiped safari uyushtirildi. Bu tadbirda olingan bir surat e’tiborimizni jalb qildi. Unda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning velosiped haydab ketayotgani aks etgan. Unda Berdimuhammedov yashil kaska bilan zangori va oq rangli mashq qilish kostyumini kiyib olgan.

Tabiiyki, velosiped safarida qatnashish uchun velosiped kerak. Tadbirda olingan suratlarda qatnashuvchilarning barchasi bir xil velosiped minib olganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, ular bir xil ko‘k, oq yoki yashil mashq qilish kostyumini kiyib olishgan.

Kerakli velosiped va kiyimlarni har bir odam o‘zi oladi. Buning uchun taqriban 210 AQSh dollari sarflash kerak.

Ashxobodda velosiped do‘konlari bo‘lsa-da, ishtirokchilar o‘zlari mustaqil ravishda velosiped xarid qila olmaydilar. Ashxoboddagi muxbirimiz Omonmurod Bugaevning aytishicha, vazirliklar tadbirda necha odam ishtirok etishini hisoblab chiqib, xodimlaridan birini velosiped sotib olgani muayyan do‘konga yuborishadi. Ishchilar keyinroq velosiped va maxsus kiyimlar pulini to‘lab berishadi.

Velosiped safari va yugurishda ishtirok etadiganlarga oldindan qaysi rangdagi kiyim kiyish kerakligi aytiladi.

Tadbirlarda ayrimlar bevosita ishtirok etadi, boshqalar tomosha qilib, ularni qo‘llab-quvvatlaydi.

Bevosita qatnashadiganlar tadbir boshlanishiga 20-25 kun qolganda tayyorgahlik ko‘ra boshlaydilar. Tadbir kuni esa aytilgan vaqtdan bir necha soat avval belgilangan joyga kelishlari zarur. Agar tadbirda prezident Berdimuhammedov qatnashadigan bo‘lsa, ishtirokchilar 3-4 soat erta kelishlari kerak.

XS
SM
MD
LG