Линклар

Шошилинч хабар
30 январ 2025, Тошкент вақти: 13:27

Kreml Sovet yodgorliklarini buzmoqchi Polshaga sanksiya qo‘llashi mumkin


Sovet Armiyasi askarlari xotirasiga Varshavada o‘rnatilgan yodgorlik.
Sovet Armiyasi askarlari xotirasiga Varshavada o‘rnatilgan yodgorlik.

Rossiya parlamentining yuqori palatasi prezident Vladimir Putinni sovet yodgorliklarini yo‘q qilishni rejalashtirayotgan Polshaga qarshi sanksiya joriy qilishga chaqirdi.

Rossiya matbuoti 25 iyulda Kremldagi o‘z manbalariga tayanib xabar qilishicha, prezident Putin bu masalada, ya’ni Polshaga qarshi chora ko‘rish bo‘yicha bir qarorga kelmagan.

Yaqinda Varshavada hukumatga 500 ga yaqin sovet davri yodgorliklarini buzib tashlash imkonini beruvchi qonun qabul qilingan edi. Polshaliklar mazkur yodgorliklarni totalitar tuzum qoldiqlari o‘laroq ko‘radi.

Polsha rasmiylari Sovet Ittifoqi Ikkinchi jahon urushidan keyingi qirq yil davomida mamlakatni okkupatsiya qilganini ta’kidlab keladi. Polshada millatchilik kayfiyatlari kuchayar ekan, mamlakat rasmiylari sovet davrida qurulgan yuzlab yodgorliklarni buzib tashlamoqchi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi o‘tgan haftadagi bayonotida sovet davri yodgorliklarini olib tashlash Rossiya va Polsha o‘rtasida meroslarni saqlash bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni buzishi bildirildi.

Vazirlik yana Sovet Ittifoqi Polshani fashistlar Germaniyasidan ozod etish uchun kurashar ekan, mamlakat hududida 600 mingdan oshiq sovet harbiysi halok bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

Polshaning Rossiyadagi elchisi Vlodzimej Marchinyak 25 iyul kuni Moskvada jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida sovet harbiylari dafn etilgan qabristonlarga tegilmasligini bildirdi.

XS
SM
MD
LG