Линклар

Шошилинч хабар
22 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:50

SizdanTelegram: "11 avgustda Prezident Olmaliqqa keldi. Go‘sht 26 mingga tushdi" (VIDEO)


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 11 avgust kuni Olmaliq shahrida bo‘ldi. Shu kuni olmaliqlik tinglovchimiz Ozodlikning SizdanTelegram​ rukniga quyidagi xabarni yo‘lladi:

"Olmaliq shahriga nihoyat prezident keldi. Ko‘zbo‘yamachiliklar tugar endi, xalqni aldash, prezidentni aldash? Aprel oyidan beri xalq prezidentni kutdi, tashkilotlar ishchilari charchab ketdi tunu kun majbur ishlashdan. Nima keragi bor bunaqa hokimu boshqa amaldorlar?

O‘z manfaatini o‘ylab, xalqni qiynaydi. Shuncha ishlarni qilsa bo‘larkanu. Nimaga faqat prezident kelishi uchun qilishadi? Masalan, yo‘llar asfaltlandi. To‘liq bo‘lmasa ham, ba’zi joylar obodonlashtirildi. Ichkari joylar o‘sha ahvolda. Bu narsalar prezidentimiz uchun emas, xalq uchun kerakku!

Go‘sht 26 ming so‘mdan sotilyapti. U ham 2 kilogrammdan ortiq berilmaydi. Odamlar talash, to‘s-to‘polon go‘sht olishga. Bu ko‘zbo‘yamachilik prezident ketgunicha. Go‘shtlar bugungacha 34-36-38 ming so‘mdan sotilayotgan edi. Nahotki, hurmatli prezidentimiz amaldorlarni uni aldayotganini bilmasa?"

"Президент келишига гўшт 26 минг сўмдан сотила бошлади"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:12 0:00

​----------------------------------------------------------------------

Iltimos, "Sizdan Telegram" loyihasiga yuborayotgan xabaringizga, imkoni bo‘lsa, foto, video yoki boshqa hujjatlarni ilova qiling!​

***

11 avgust kuni O‘zA axborot agentligining xabar qilishicha:

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 11 avgust kuni Olmaliq shahriga tashrif buyurdi. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rivojlanishining ikkinchi bosqichi” loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mamlakatimizning rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalaridan hisoblanadi. Mazkur investitsiyaviy loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash, tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish orqali uning raqobatbardoshligini oshirish asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan".

XS
SM
MD
LG