Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:54

“Tibbiyot sohasida ishlovchi ayollarga ham dekret puli berilsin!”


Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi Nodira Yoqubova yosh bolasiga nafaqa puli berilmayotganidan shikoyat qilib, prezident portaliga 5 marta murojaat qilgan. Shuningdek, Nodira turli tashkilotlarda ishlovchi ayollarning homiladorlik va tug‘ish ta’tillariga bepul chiqarilishiga chek qo‘yilishini talab qiladi.

Ikki nafar bolani yolg‘iz o‘zi katta qilayotgan 37 yashar Nodira Yoqubova 10 yil davomida Toshkentdagi tibbiy muassasalardan birida ishlagan.

Nodira tibbiyot sohasida ishlab, tug‘ish va homiladorlik ta’tiliga chiqqan ayollarga ham nafaqa berilishini so‘rab, prezident portaliga 5 marta murojaat qilganini aytadi:

- Yangi qonun chiqarishsin. Oldin uyda o‘tirgan onalarga pul to‘langanku. Hozir tibbiyot sohasidagilarga pul to‘layamayapti davlat. Ma’lumotim oliy. 630 ming so‘mga ishlab keldim shu paytgacha. 10 yillik stajim bor. Masalan boshqa sohalarda ishlaydigan qarindoshlarim dekretda o‘tiribdi. Ularga davlat to‘layapti, 300 ming so‘mdan olib o‘tirishibdi. Tibbiyot sohasida pul bo‘lmagani uchun olib tashlagan dekret pulini. Boshqa tashkilotlarda dekret puli qolgan, bizning sohadan esa olib tashlagan. Boshida faqat 3-4 oylik beradi xolos. Keyin ikki yil davomida to‘lov qilinmaydi. Prezidentimiz eski qonunni tiklab bersin. Oldin kim tug‘sa, onalar pul olganku, - deydi Nodira Yoqubova.

Nodira bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

“Тиббиёт соҳасида ишловчи аёлларга ҳам декрет пули берилсин!”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:03 0:00
Бевосита линк

Muhim eslatma: Prezident Mirziyoev portaliga yo‘llamoqchi bo‘lgan shikoyatingiz nusxasini Ozodlikka ham yo‘llashni unitmang! Arizangiz taqdirini birgalikda kuzatamiz!

XS
SM
MD
LG