Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 04:29

Xalq artisti prezidentdan Bobomurod Abdullaevni ozod qilishni so‘radi


Jurnalist Bobomurod Abdullaev
Jurnalist Bobomurod Abdullaev

O‘zbekiston Xalq artisti, dirijyor Zohid Haqnazarov prezident Shavkat Mirziyoevga murojaat qilib, hibsda qolayotgan mustaqil jurnalist Bobomurod Abdullaev-Usmon Haqnazarovni ozod qilishni so‘radi. Ozodlik bilan suhbatda Haqnazarov Mirziyoevni hukumatni sobiq sovet zamonidan meros qolgan tizimdan qutulishga chaqirdi.

Xalq artisti prezidentga yozgan maktubini Facebook tarmog‘ida e’lon qildi.

Maktubida u Bobomurod Abdullaev-Usmon Haqnazarovni “o‘zbek xalqining jonkuyari, qahramoni», deb atadi va «jurnalistni O‘zbekiston MXX changalidan ozod qilinishini talab qilaman», deb yozdi.

“56 yil rus chorizmi mustamlakachiligini, 70 yil bolsheviklar repressiyalarini (ular ham ruslar), 26 yil mobaynida jallod Islom Karimov buyrug‘i bilan qotilliklarni boshidan kechirgan o‘zbek xalqini, o‘zbeklarni himoya qilayotgan mard yigitimizga ming rahmat deyishimiz va bugunning o‘zidayoq unga haykal qo‘yishimiz kerak. Qachongacha bir birimizni boshini yeb boshqa xalqlar oldida sharmanda bo‘lib yuramiz? Uyat!” deb yozdi Haqnazarov.

Quyida Zohid Haqnazarov bilan suhbatni tinglang:

2017 yilning 27 sentabrida Toshkentda qo‘lga olingan 44 yoshli mustaqil jurnalist Bobomurod Abdullaev O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 159-moddasining 4-qismi asosida hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darish maqsadida fitna qo‘zg‘ashda ayblanmoqda. ​

Bobomurod Abdullaev, dastlabki tergov xulosasiga asoslangan holda, 1 oktabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi tomonidan 10 kun MXX hibsxonasida saqlashga hukm qilindi.

O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromov Ozodlikka taqdim etgan sud qarorida ëzilishicha, "Abdullaev “O‘zbekiston Xalq harakati” funksioneri sifatida shu harakat rahbari Muhammad Solihning ko‘rsatmasi bilan 2011 yildan buyon Usmon Haqnazarov taxallusi bilan Internetda mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga qaratilgan materiallarni tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan".

3 oktabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida "O‘zbekiston Xalq harakati" rahbari Muhammad Solih Bobomurod Abdullaev Usmon Haqnazarov tahallusi ostida maqolalar e’lon qilib kelgan jurnalist ekanini ma’lum qilgan edi.

XS
SM
MD
LG