Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:55

Politsiya avtobus halokati bahonasida o‘zbek muhojirlari qaytayotgan mashinalarni to‘xtatmoqda (VIDEO)


Moskvadan O‘zbekiston chegarasigacha yo‘l olgan avtobus Rossiyaning Mordoviya respublikasida politsiya tomonidan to‘xtatib qolindi. 73 nafar o‘zbek yo‘lovchisi ikki kundan beri avtobusda tunashga majbur bo‘lmoqda. Muhojirlar¸ pulni oldindan olgan reys egalarining¸ yo‘l kira haqini qaytarib berishdan bosh tortayotganini gapirmoqda.

Pulsiz-joysiz qolgan muhojirlar O‘zbekiston elchixonasiga ikki kundan buyon qilayotgan murojaatlari javobsiz qolayotganidan arz qildi.

Mahalliy idora va politsiya rahbariyati “muhojirlar uchun sharoitlar yaratildi” deyayotganiga qaramasdan, kattalar bilan birga sovuq avtobusda yosh bolalar ham jon saqlashga majbur bo‘lmoqda.

Rossiyaning Mordoviya respublikasi Ichalkovskiy tumani Kemlya qishlog‘ida joylashgan politsiya bo‘limi hovlisida uchinchi kundirki avtobusi hibs etilgan 73 o‘zbek muhojiri qolmoqda.

Bu haqda Ozodlikka bir guruh o‘zbekistonlik va ularning O‘zbekistondagi yaqinlari xabar berdi.

Ozodlik bilan suhbatlashgan va o‘zini Ikrom deb tanishtirgan yigit odamlar vaziyat tutquniga aylanganini gapirdi:

- Biz Moskvadan O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha ketayatuvdik. 73 kishimiz – hammamiz O‘zbekiston fuqarolarimiz. Avvaliga aytilgan puldan 500 so‘mdan yana so‘radi – avtobus olib keldi.200 kilometr yurganimizdan keyin provodnik “Kimni hujjatida muammo bo‘lsa yana 2700 rubldan to‘laysanlar, gaplashamiz”, degan edi odamlar norozi bo‘ldi. Mordoviyada GAI posti avtobusni to‘xtatib, provodnik bilan summani kelisha olmadi va mashinani olib kirib ketdi. Mana 2 sutka bo‘ldi bizni qo‘yvormaydi! Bu yerda yosh bolalar, ayollar, jami 73ta o‘zbekistonlik bor, dedi Ikrom.

O‘zbek muhojiri politsiya hammani tekshirib, ayrimlarga jarima solgani, ammo avtobusda texnik nosozliklar bahonasida ushlab turilganini aytdi.

Автобус ҳалокати баҳонасида полиция муҳожирларни уч кундан бери қўйиб юбормаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:53 0:00

(O‘zbek muhojirlari 2 sutkadan buyon Mordoviyada qolmoqda)

Ikrom ularni chegara va yo‘l politsiyasi postlaridan o‘tkazib qo‘yishni o‘z bo‘yniga olgan “dallol” pulni qaytarib berishdan bosh tortaëtganini aytadi:

- Narsalarimiz ham shuni ichida, ketishga ruxsat bermayapti. Provodnikdan pulni qaytarib berishni so‘rasak, bermayapti. Uni urib ham bo‘lmaydi: “Kim bilan gaplashgan bo‘lsalaring – o‘sha odam beradi pulni”, deydi. Biz gaplashgan odamlar umuman telefon ko‘tarmaydi,aka. Chorasiz, pulsiz qoldik. Ketgani pulimiz yo‘q. Elchixonaga telefon qilsak, unisiga bunisiga jo‘natib, trubkani ko‘tarmay qo‘ydi, dedi Ikrom.

Muhojir yigit kattalar bilan birga to‘xtab turgan avtobusdan 3 nafar yosh bola ham 2 sutkadan beri tunayotganini bildirdi.

Ўзбек муҳожирлари: Кетишга пулимиз ва умидимиз қолмади!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:18 0:00
Бевосита линк

Ichalkovskiy tuman Kemlya qishlog‘ida joylashgan politsiya bo‘limi xodimi Ozodlik muxbiriga avtobus haqiqatan texnik ko‘rikdan o‘tmaganini tasdiqlab, bu tekshiruvlar yaqinda Pokrov stantsiyasida sodir bo‘lgan yirik avtohalokat bilan bevosita bog‘liqligini aytdi.

- Men yolg‘on gapirib o‘tirmayman - avtobus haqiqatan 2 kun oldin ushlab qolindi. Hozir Tergov qo‘mitasi tekshirayapti uni. Nima sababdan to‘xtatilganini bilmadimu, Pokrovdagi avtohalokatdan keyin muhojirlarni tashiyotgan avtobuslar hammasi sinchkovlik bilan tekshirilayapti, dedi o‘zini Aleksandr deb tanishtirgan politsiya xodimi.

O‘zbekistonga ketayotgan migrantlar avtobusi 2 kundan beri Mordoviyada qolmoqda
O‘zbekistonga ketayotgan migrantlar avtobusi 2 kundan beri Mordoviyada qolmoqda

Ozodlik bog‘langan Kemlya qishlog‘i ma’muriyati vakilasi Aleksandra Tarasova yo‘lda qolgan muhojirlarga yotoq joy ajratilganini bildirdi:

- Men sizning so‘rovingiz bilan aniqladimki, yosh bolali ayollarga ma’muriyat binosidan vaqtinchalik yotoq joy ajratilibdi – buni politsiyada ham tasdiqlashdi. Qolganlar avtobusning o‘zida qolmoqda, dedi Kemlya qishlog‘i ma’muri Aleksandra Yevgenyevna Tarasova.

Ammo muxbirlar suhbatlashgan o‘zbekistonliklar 73 kishining hammasi navbatma-navbat ikki kundan buyon avtobus ichida yotib qolayotganini gapirdi.

Shuningdek, texnik kamchiliklar aniqlangan yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchisi tergov qilinayotgani va unga nisbatan jinoiy ish ochilishi mumkinligi aytildi.

Yarim kunlik so‘rov-surishtiruvlardan keyin Ichalkovskiy politsiya bo‘limi rahbariyati Ozodlikka yaqin orada o‘zbek migrantlari avtobusining yo‘lga chiqishga ruxsat berishi mumkinligini ma’lum qildi.

Ozodlik voqea rivojini kuzatishda davom etadi.

Rossiyaning Vladimir viloyatida 2017 yilning 6 oktabrida sodir bo‘lgan avtohalokatda nobud bo‘lganlar soni 17 kishiga etganini Ozodlik xabar bergan edi.

Poezd turtib ketgan avtobusda o‘lganlardan 15 nafari o‘zbekistonlik, biri qozog‘istonlik va yana birining shaxsi noma’lum qolayotgani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG