Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:45

1500 kishi ishlaydigan "Xorazm shakar" faoliyatini vaqtincha to‘xtatmoqchi


Hazoraspdagi "Xorazm shakar" zavodi
Hazoraspdagi "Xorazm shakar" zavodi

“Xorazm shakar” shirkati Hazoraspdagi zavodi faoliyatini to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Shirkat mutaxassislariga ko‘ra, zavod keyingi qariyb ikki oy davomida zarariga ishlayapti. Zavodning og‘ir ahvolga tushib qolishi o‘zbek so‘mining keskin devalvatsiyasi oqibati ekanligi aytildi.

"1500 ishchini 3 oyga bepul ta’tilga chiqarayapti"

“Xorazm shakar”shirkatining Hazorasp tumanidagi zavodi faoliyati 10 noyabrdan boshlab to‘xtatilishi mumkin. Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan zavod ishchilaridan biriga ko‘ra, hozirda ishchilarni o‘z hisobidan ta’tilga jo‘natish harakatlari boshlangan:

“Bizga yoshullilar zavod vaqtincha yopiladi deyishdi. Shuning uchun hammani 3 oylik otpuskka jo‘natishar ekan. O‘z hisobimizdan, otpusk uchun pul to‘lashmas ekan. Hamma vahimaga tushib qolgan. Endi ishsiz qolamizmi, deb. Zavodda 1500 odam ishlaydi. Shuncha odam o‘z oilasini qanday boqadi endi?”, deydi zavod ishchilaridan biri ismini ochiqlamaslik sharti bilan.

Zavod mulozimlaridan biri Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda zavod yopilishini Markaziy bank o‘zbek so‘mi rasmiy kursining AQSh dollariga nisbatini keskin ko‘tarib yuborgani bilan bog‘ladi.

Shakarqamishning 1 kilosini 55 sentdan xorijdan sotib olamiz. Oldin bizga dollarni 4210 so‘m 35 tiyindan konvertatsiya qilishga ruxsat berilgandi. Devalvatsiyadan so‘ng 8200 so‘mga to‘g‘ri kelayapti. Hozir zavod zarariga ishlayapti

“Dollar konvertatsiyasi ochilgani bir tarafdan yaxshi bo‘lsa, bir tarafdan xom ashyosi chetdan keladigan korxonalarga ishlab bo‘lmas darajada qiyin bo‘lyapti. Bizning "Xorazm shakar" zavodimiz ham bankrotlik arafasida. Nimaga desangiz, bizga xom ashyo chetdan keladi. Shakarqamishning 1 kilosini 55 sentdan xorijdan sotib olamiz. Oldin bizga dollarni 4210 so‘m 35 tiyindan konvertatsiya qilishga ruxsat berilgandi. Devalvatsiyadan so‘ng 8200 so‘mga to‘g‘ri kelayapti. Hozir zavod zarariga ishlayapti”, dedi o‘zini tanishtirishni istamagan mulozim.

"2 oyda $17 mln zarar"

Mulozimning hisob-kitobicha, so‘nggi qariyb ikki oy ichida zavod ko‘rgan zarar taxminan 17 million 200 ming AQSh dollarini tashkil qilayapti:

“Devalvatsiyadan oldin 1 kilo shakar ishlab chiqarish uchun 55 sentlik hom ashyo va yana 40 sentlik harajat ketgan. Jami 95 sentlik harajat qilib, tayyor mahsulotni 1 dollar 2 sentga sotganmiz. Hozir esa 1 kilo shakarni 43 sent zarariga sotayapmiz.

“Devalvatsiyadan oldin 1 kilo shakar ishlab chiqarish uchun 55 sentlik hom ashyo va yana 40 sentlik harajat ketgan. Jami 95 sentlik harajat qilib, tayyor mahsulotni 1 dollar 2 sentga sotganmiz. Hozir esa 1 kilo shakarni 43 sent zarariga sotayapmiz. Zavodning gazi, sveti, ishchilar oyliklari, remont, zapchastlar hammasi zararimizga bo‘layapti”, dedi mulozim.

Uning aytishicha, joriy yil avgust oyida zavod 40 ming tonna shakarqamish olgan, biroq uning puli hali to‘lanmagan:

1 kilo shakar 4300 so‘m atrofida sotilyapti, qimmat sotishga davlat ruxsat bermaydi. Biz foyda ko‘rishimiz uchun shakarning kilosini 7500 so‘mdan sotish kerak.

“Biz shartnomaga muvofiq, shakarqamish narxini uni qayta ishlab, mahsulotni sotganimizdan so‘ng to‘laymiz. 1 kilo shakar 4300 so‘m atrofida sotilyapti, qimmat sotishga davlat ruxsat bermaydi. Biz foyda ko‘rishimiz uchun shakarning kilosini 7500 so‘mdan sotish kerak. Faqat shundagina zavod faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Yoki konvertatsiya kursini yengilroq qilish kerak”, deydi mulozim.

Zavod ma’muriyatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, har yili 250 ming tonna hom ashyo olingan, bu yil esa jami 230 ming tonna olingan.

Boshqa shartnoma tuzilmadi. Hozir zavod skladdagi oxirgi homashyo hisobiga ishlab turibdi. Yana bir hafta- 10 kunlik homashyo bor.

“Boshqa shartnoma tuzilmadi. Hozir zavod skladdagi oxirgi homashyo hisobiga ishlab turibdi. Yana bir hafta- 10 kunlik homashyo bor. Keyin zavod to‘xtaydi. Qancha muddatga to‘xtashi hozircha noma’lum. Ishchilar dastlab yanvar oxirigacha ta’tilga chiqariladi. Vaziyat o‘nglanmasa, yana ta’til muddati uzaytiriladi”, dedi Hazoraspdagi zavodning xavfsizlik bois o‘zini tanishtirishni istamagan mulozimi.

“Xorazm shakar” shirkatining Toshkentdagi bosh ofisi rasmiylari Hazoraspdagi zavod faoliyati to‘xtalishini profilaktika ishlari bilan izohlashdi.

Devalvatsiya oqibatlari

Joriy yil 5 sentabrdan O‘zbekistonda yuridik hamda jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotib olish va sotishga ruxsat berildi. O‘zbekiston Markaziy banki milliy valyuta – so‘mni deyarli 2 barobarga qadrsizlantirdi. Ya’ni, 5 sentabrgacha 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 4210 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha kuni 8100 so‘mga chiqardi.

O‘zbek so‘mining devalvatsiya bo‘lganidan so‘ng faoliyati xorij AQSh dollari bilan bog‘liq bo‘lgan shikrat va tadbirkorlar moliyaviy muammoga duch kelishmoqda.

O‘zbekiston hukumati milliy valyuta devalvatsiyasi oqibatlarini yumshatish uchun Jahon banki bilan 1 milliard AQSh dollari miqdorida qarz olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Shakar biznesi

O‘zbekistonda shakar importi bilan shug‘ullangan “Baho shakar” - Bahodir Karimjonov 2013 yilda mamlakatdan qochib chiqib ketgan edi.

Hozirda shakar importi biznesining asosiy monopolisti O‘zbekiston Futbol federatsiyasi sobiq raisi Mirabror Usmonov ekani aytiladi.

Xorazm viloyatida "Xorazm shakar" qo‘shma korxonasi 1998 yilda ishga tushirilgan.

2014 yilning boshida Toshkent viloyatidagi "Angren" maxsus industrial hududda kuniga bir ming tonna shakar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan yangi zavod ishga tushgan edi.

XS
SM
MD
LG