Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:36

Dunyo bo‘ylab terror hujumlari sodir etishda ayblangan o‘zbeklarning mash’um ro‘yxati (VIDEO)


Ўзбеклар нега террор ҳужумларини содир этяпти?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:36 0:00

Nyu-Yorkdagi hujumda ayblanib o‘zbekistonlik 29 yashar Sayfullo Soipov hibsga olindi. Bir hafta avval Nyu-Yorkda Abdurasul Jo‘raboev IShIDga moddiy yordam berganlikda ayblanib, 15 yilga qamaldi. So‘nggi besh yil ichida AQShda jami o‘nga yaqin o‘zbekistonlik terrorchilikda ayblanib ushlandi. Joriy yilda dunyoni larzaga keltirgan uchta terror huruji - Stokholm, Istanbul va Peterburgdagi hujumlarda ham o‘zbeklar ayblandi. O‘zbeklar tomonidan sodir etilgan hujumlarda jami 68 kishi halok bo‘lgan.

Sayfullo Soipov

Sayfullo Soipov
Sayfullo Soipov

2017 yil 31 oktabrda Nyu-Yorkda avtoulov bilan sodir etilgan hujumda 8 kishi halok bo‘ldi, o‘ndan ziyod kishi jarohatlandi. Ushbu hujum Nyu-Yorkda 2001 yil, 11 sentabrda Jahon Savdo markazining egizak binolariga qilingan hujumdan keyin amalga oshirilgan eng qonli terror hujum ekani aytilmoqda. Hujumda gumonlanib, toshkentlik Sayfullo Soipov hibsga olindi. 29 yashar Soipov 2010 yildan buyon AQShda yashab kelgan.

Abdurasul Jo‘raboev

Abdurasul Jo‘raboev chapdan birinchi (Surat sud jarayonida chizilgan)
Abdurasul Jo‘raboev chapdan birinchi (Surat sud jarayonida chizilgan)

​AQShning Nyu-York shahrida yashab kelgan asli o‘zbekistonlik Abdurasul Jo‘raboev “Islomiy davlat” guruhiga moddiy yordam berib kelganlikda ayblanib, 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqdagi hukm AQShda 2017 yil 27 oktabr kuni o‘qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Abdurasul Jo‘raboev Internetda, agar “Islomiy davlat”dan tegishli amr olsa, AQSh prezidenti Barak Obamaga suiqasd qilishga yoki Koni Ayleyd orolidagi dam olish hududida portlash sodir etishga tayyor ekani haqida xabar qoldirgan.

Rahmat Oqilov

Rahmat Oqilov
Rahmat Oqilov

​2017 yil 7 aprel tushlikdan keyin Stokholm markazida o‘zbekistonlik Rahmat Oqilov yuk mashinasini piyodalar ustiga haydashi oqibatida 11 yashar bir qizaloq doxil 5 odam halok bo‘ldi. Hujumda yana 14 kishi jarohatlandi. Hujumdan bir necha soat o‘tib, politsiya Rahmat Oqilovni tutishga muvaffaq bo‘ldi. Politsiyaga ko‘ra, asli samarqandlik Rahmat Oqilov Shvetsiyaga 2014 yilda kelib, siyosiy boshpana so‘ragan, ammo 2016 yil iyunida rad javobini olgan. Shvetsiya politsiyasi bayonotiga ko‘ra, o‘tgan yilning 16 dekabrida Oqilovga Shvetsiyani tark etishi uchun to‘rt hafta muhlat berilgan. Ammo Oqilov g‘oyib bo‘lgach, migratsiya xizmati uning ishini Shvetsiya politsiyasiga topshirgan.

Abdulqodir Masharipov - Abu Muhammad Xurosoniy

Abdulqodir Masharipov
Abdulqodir Masharipov

2017 yil 1 yanvarga o‘tar kechasi Istanbuldagi tungi klubda o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov - Abu Muhammad Xurosoniy laqabli 34 yoshli shaxs tomonidan amalga oshirilgan qurolli hujumda 39 kishi o‘lgan, 69 kishi jarohatlangandi. Hujum uchun mas’uliyatni “Islom davlati” ekstremist guruhi zimmasiga olgan. Istanbul bosh prokuraturasi Masharipovga 40ta umrbod qamoq jazosi, shuningdek qotillik hamda boshqa jinoyatlari uchun qo‘shimcha 2397 yillik qamoq jazosiga hukm qilishni so‘rashdi.

Fazliddin Qurbonov

Fazliddin Qurbonov
Fazliddin Qurbonov

O‘zbekistonlik qochqin Fazliddin Qurbonov AQShda harbiy akademiyaga hujum rejalaganlikda ayblanib, 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Qamoqdan so‘ng uni deportatsiya kutmoqda. Qurbonov ishi bo‘yicha sud hukmi 2016 yil 7 yanvar kuni chiqarildi. Prokurorning aytishicha, Qurbonov “O‘zbekiston Islomiy harakati” terror tashkiloti bilan aloqador “jihodchi” bo‘lib hisoblanishini, portlash moslamalari tarkibiy qismlarini yetkazib berish bilan shug‘ullangan. Amerika Qo‘shma Shtatlariga 2010 yili qochqin sifatida borgan Qurbonov 2013 yili Aydaho shtatining Boysi shahrida o‘z kvartirasida hibsga olingan edi.

Ulug‘bek Qodirov

Ulug‘bek Qodirov
Ulug‘bek Qodirov

AQShning Birmingem okrugidagi Federal sud AQSh prezidenti Barak Obamani o‘ldirmoqchi bo‘lganini tan olgan o‘zbekistonlik Ulug‘bek Qodirov ishi bo‘yicha 2012 yil 13 iyul kuni hukmni e’lon qildi. 22 yoshli Ulug‘bek Qodirov 15 yilga ozodlikdan maxrum etildi. AQShda noqonuniy yashab kelgan Ulug‘bek Qodirov 2011 yil 13 iyulida Alabama shtatining Birmingem shahri yaqinidagi motelda o‘zini qurol sotuvchi deb tanitgan maxfiy xizmat agentidan qurol sotib olayotgan paytda hibsga olingan.

Jamshid Muxtorov

Jamshid Muxtorov
Jamshid Muxtorov

2012 yilning 21 yanvar kuni Chikagoda 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Jamshid Muxtorov hibsga olindi. Muxtorovga "Islom davlati" (ID) ekstremist guruhini qo‘llash bilan bog‘liq ayblov qo‘yilgan. Muxtorov ID va Pokistonda joylashgan ekstremist guruhlarga telefon va boshqa elektronik jihozlarni yashirincha yetkazib berishda ayblangan. U Kolorado shtatida siyosiy qochqin maqomini olgan. Muxtorov ishi bilan bog‘liq mahkama 5 yil ichida bir necha bor qoldirildi.

Baxtiyor Jumaev

2012 yilning martida Filadelfiya shahrida o‘zbekistonlik Baxtiër Jumaev terrorchilikka aloqadorlikda gumonlanib hibsga olingan edi. 45 yoshli Baxtiyor Jumaev AQShda muddati tugagan viza bilan yashab kelgani ma’lum bo‘lgan. U AQSh va O‘zbekistonda terrorchi tashkilotlar sirasiga kiritilgan Ilomiy Jihod Ittifoqi guruhiga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatganlikda ayblanmoqda. Bu ayblov Jumaevning terrorchilik faoliyatida ayblanayotgan O‘zbekistonning yana bir fuqarosi Jamshid Muxtorovga 300 AQSh dollariga yozilgan chek yuborgani fakti asos bo‘lgan.

Abror Habibov, Dilhayot Qosimov va Akmal Zokirov

AQShda qo‘lga olingan o‘zbeklar sudga olib kelingan paytda chizilgan surat, Nyu-York, 2015 yil, 25 fevral.
AQShda qo‘lga olingan o‘zbeklar sudga olib kelingan paytda chizilgan surat, Nyu-York, 2015 yil, 25 fevral.

2017 yil avgustida Qo‘shma Shtatlarda noqonuniy ravishda yashab kelgan Abror Habibov "Islom davlati" terror guruhiga yordam berishni rejalaganlik yuzasidan bildirilgan ayblovlarni tan oldi. Abror Habibov Amerikaga 2006 yilda qonuniy ravishda kirib kelgan, biroq vizasi bitgandan keyin u AQShda noqonuniy ravishda ishlagan. Habibov AQShning sharqiy shtatlarida savdo bilan shug‘ullangan, bir necha do‘konlarni yuritgan. Habibov Abdurasul Jo‘raboevning sherigi sifatida hibsga olingan. Shuningdek, ularning yana ikki sherigi- o‘zbekistonlik Dilhayot Qosimov va Akmal Zokirov ham Nyu York hibsxonasida ushlab turilibdi.

Akbarjon Jalilov

Akbarjon Jalilov
Akbarjon Jalilov

Qirg‘izistonlik etnik o‘zbek Akbarjon Jalilov 2017 yilning 3 aprelida Peterburgdagi metro bekatlarida sodir etilgan hudkushlik hujumini sodir etganlikda ayblandi. Ushbu hujumda 16 nafar yo‘lovchi, jumladan, Akbarjon Jalilov ham halok bo‘ldi, yuzdan ziyod kishi tibbiy yordamga murojaat qildi. Qirg‘izistonlik yana uch o‘zbek - Bahrom Ergashev, Ibrohimjon Ermatov va Muhammadyusuf Mirzaalimovlar ham ushbu hujumga aloqadorlik aybi bilan hibsga olindi. Yana bir o‘shlik o‘zbek qidiruvga berilgan. Rossiya matbuoti Sankt-Peterburg metrosidagi portlash ijrochilarini IShIDga aloqador deb e’lon qilganiga qaramay¸ bu terakt uchun mas’uliyatni Al-Qoida terror guruhiga aloqador "Imom Shomil batalyoni" o‘z zimmasiga oldi.

XS
SM
MD
LG