Линклар

Шошилинч хабар
22 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:38

Farg‘ona viloyat radiosi jurnalisti: 17 yildan buyon davlatdan uy ololmayapman!


OzodMikrofonga murojaat qilgan 54 yashar farg‘onalik Muborak Jo‘raevaning aytishicha, u 29 ga kirgan o‘g‘li bilan 2015 yildan buyon 1 xonali kvartirada yashaydi. Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasida 15 yil muxbir bo‘lib ishlagan, hozirda II guruh nogironi Muborak Jo‘raeva uy so‘rab shahar hokimiyatiga birinchi marta ariza yozganiga 17 yil bo‘ldi.

Jo‘raevaning aytishicha, o‘sha birinchi ariza oradan 7 yil o‘tib, yo‘qolib qolgani ma’lum bo‘lgan. So‘ng yana yozdi va 2015 yilga kelib, oilaga hozir yashayotgan 1 xonali kvartira vaqtinchaga berildi.

Yong‘indan keyin qarovsiz qolgan kvartirani Muborak Jo‘raeva o‘g‘li bilan ta’mirlab, epaqaga keltirdi. Bugunga kelib kelib esa, yangi, kattaroq kvartira u yoqda tursin, o‘sha kuygan kvartiradan ham quruq qolish xavfi ostida yashayapti.

Вилоят радиосининг мухбири 17 йилдан буён давлатдан уй ололмаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:55 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG