Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:45

“Avtotest”ga nisbatan tanqidlar kuchaymoqda. Hukumat jim


"Avtotest-Report" MChJning sxemasini fosh qilganini iddao qilayotgan blogerga ko‘ra, shirkat soliqdan qochish maqsadida Samarqandda filial ochish o‘rniga o‘z vakolatlarini uchinchi yuridik shaxsga bergan.

Blogerning hisob-kitobicha, “Avtotest” shu yo‘l orqali 2,5 barobar kam soliq to‘lashni rejalagan.

"Avtotest"ning rasmiy vakili blogerning iddaolarini rad etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Avtotest-Report" shirkatiga prezident Mirziyoevning matbuot kotibi Komil Allamjonov asos solgan.

"Avtotest-Report" filiallari qani?

Bloger Mirzo Subhonov
Bloger Mirzo Subhonov

Samarqandlik bloger, iqtisod yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borayotgan Mirzo Subhonovning Ozodlikka aytishicha, u yuridik shaxslar avtomobillariga majburiy sertifikat berish bo‘yicha monopolistga aylangan "Avtotest-Report"ning ayrim shubhali faoliyatini aniqlagan.

Blogerning aniqlashicha, ayni paytda Samarqand viloyatida "Yuridik shaxslarning haydovchilik malakasini har ikki yilda qayta oshirish" kurslari "Avtotest-Report"ning Samarqand filiali tomonidan emas, balki “Avtotest Samarqand” tomonidan amalga oshirilmoqda. Blogerga ko‘ra, bu ikki tashkilot yuridik jihatda mutlaqo mustaqil tashkilotlardir:

- Shartnoma nusxasini ko‘rganimda, u yerda "Avtotest-Report" MChJ emas, “Avtotest Samarqand” MChJ yozilgan ekan. Vazirlar Mahkamasi qarorini o‘qib chiqqandan keyin ko‘rdimki, bular bir-biriga o‘xshamaydigan ikkita mustaqil korxona bo‘lib chiqdi. Keyin bularning soliq to‘lovchi identifikatsion raqamlari ham ikki xil ekan. Bittasi Samarqandda ochilgan, bittasi Toshkentda ochilgan. Ikkita korxonaning ham tashkiliy shakli MChJ, MChJ degani – ma’suliyati cheklangan jamiyat, ular mustaqil hisoblanadi. Bu degani “Avtotest Samarqand” mustaqil korxona hisoblanadi, uning “Avtotest Report”ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi borligi yuridik jihatdan noto‘g‘ri. Bular yuridik jihatdan umuman bosh-qa-boshqa korxona hisoblanadi, ularni aralashtirish mumkin emas. Bitta korxonaga tegishli bo‘lmaganidan keyin bular birovning litsenziyasi bilan ishlashga haqqi yo‘q. “Avtotest Samarqand”ga Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziya berilmagan. Qonunda yozilgan: litsenziya har bir yuridik shaxsga individual ravishda beriladi,- dedi Mirzo Subhonov.

Blogerning Ozodlikka taqdim qilgan hujjatlarida u tilga olgan ikkita korxonaning soliq to‘lovchi identifikatsion raqami – STIR ikki xil ekani qayd qilingan:

"Avtotest-Report" – STIR: 302368520

“Avtotest Samarqand”- STIR: 305121289

“Ushbu sxema orqali soliqdan qochishmoqchi”

Iqtisodchi blogerning hisob-kitobicha, "Avtotest-Report" viloyatlarda o‘z filiallarini ochmasdan, vakolatini uchinchi yuridik shaxslarga berishi orqali 2,5 barobar kam soliq to‘lashni rejalagan:

- “Avtotest Samarqand” MChJ yagona soliq to‘laydi, "Avtotest-Report" MChJ esa, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘laydi, bu 2,5 barobar ko‘p degani,- deydi bloger yigit.

Самарқандлик блогер Мирзо Субҳонов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:35 0:00
Бевосита линк

Soliq kodeksi bo‘yicha, ishchilar soni belgilangan me’yorlardan oshgan korxonalar Yagona soliq o‘rniga, Qo‘shilgan qiymat solig‘i (NDS) to‘lashlari belgilab qo‘yilgan.

Javobsiz savollar

Ozodlik muxbiri 2017 yil 6 noyabr kuni №551850 reestr raqami bilan qayddan o‘tgan “Avtotest Samarqand” MChJ vakili bilan bog‘lanib, izoh so‘radi:

Ozodlik: “Avtotest Samarqand” MChJ, "Avtotest-Report" MChJning filialimi yoki yo‘q?

“Avtotest Samarqand” vakili: Filiali.

Ozodlik: Hujjatlarga qaraganda, "Avtotest-Report"ning Samarqanddagi filiali emas, alohida MChJ ku?

“Avtotest Samarqand” vakili: Buni "Avtotest-Report"dan so‘rasangiz bo‘lmaydimi?

Ozodlik: Bu yerda sizlarning soliq to‘lovchi identifikatsion raqamlaringiz alohida-alohida. Agar filial bo‘lsangiz, nega alohida?

“Avtotest Samarqand” vakili: Bunga men javob bera olmayman. Aytayapmanku, Report ("Avtotest-Report" tahr)dan so‘rasangiz.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:33 0:00
Бевосита линк

"Avtotest-Report": Viloyatlardagi MChJlarning barchasi filiallarimiz

"Avtotest-Report" shirkatining Toshkentdagi bosh ofisi rasmiy vakilidan Ozodlik olgan ma’lumotga ko‘ra, Qorakalpog‘iston respublikasi va 12 ta viloyatda filiallar alohida MChJ sifatida ochilgan:

- Viloyatdagi shaxslar Toshkentga kelib o‘qish imkonlari bo‘lmagani uchun hamma viloyatlar markazlarida ochganmiz. Jumladan, Samarqand viloyatida “Samarqand Avtotest” MChJ. Hamma viloyatda shu nom bilan berilgan. Termizda masalan, “Termiz Avtotest” MChJ, “Farg‘ona Avtotest” MChJ. Hamma joyda o‘zining hududiy direktorlari bor. Bizlar filiallarimizni bekorga tashkil qilmaganmiz. Nega ularning qo‘lida o‘qitish litsenziyasi bo‘lmasligi kerak? U yerlarda o‘qituvchilarimiz faoliyat olib borishayapti,- dedi "Avtotest-Report" shirkatining Toshkentdagi bosh ofisi rasmiy vakili.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:02 0:00
Бевосита линк

Norozi deputatlar

O‘zbekiston parlamenti deputatlari "Avtotest-Report" MChJ monopoliyasiga qarshi chiqib, yuridik shaxslar avtomobillari uchun aynan ushbu firmadan majburiy sertifikat olishi borasidagi hukumat qaroriga qarshi chiqdi.

Fevralь oyi boshida deputatlar ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga so‘rov jo‘natishdi. Hozircha ushbu so‘rov natijasi Ozodlikka ma’lum emas.

Norozilikka uchragan hukumat qarori

Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yilning 4 sentabrdagi 693-sonli qaroriga ko‘ra, joriy yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar “Avtotest-Report” o‘quv markazlari orqali majburiy ravishda malaka oshirib, maxsus sertifikatga ega bo‘lishlari shart.

Qarorga ko‘ra, joriy yil 1 iyuldan boshlab ushbu sertifikatga ega bo‘lmagan yuridik firmalarning haydovchilari ma’muriy javobgarlikka tortilishi yoki litsenziyasi bekor qilinishi belgilangan.

Haydovchilar uchun majburiy test har 2 yilda 1 marta o‘tkazilishi lozimligi qayd qilingan hujjatda.

“Ketmoni uchayotgan "Avtotest”

Hukumat qarorida nima uchun yuridik firmalar haydovchilaridan majburiy test olish aynan "Avtotest-Report" MChJga topshirilgani sababi ochiqlanmagan.

"Avtotest-Report" firmasi asoschisi O‘zbekiston prezidentining ayni paytdagi matbuot kotibi Komil Allamjonov ekani aytiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda "Avtotest-Report" bosh direktori O. E. Tigay ismli shaxsdir.

Keyingi bir yil mobaynida "Avtotest-Report" bir necha marta tanqidlar nishoniga aylangani kuzatildi.

Jumladan, Anhor.uz nashrining “Avtotest: Biznes xolos, boshqa gap yo‘q?”(“Avtotest. Tolko biznes, nichego lichnogo?”) maqolasida“O‘zbekistonda bozor munosabatlari ishtirokchilari uchun noteng sharoit yaratilgani, “Avtotest Report” mavjud tartiblarni aylanib o‘tish yo‘li bilan raqobatda ustunlikka erishgani” tanqid qilingan.

“Avtotest Report” ushbu maqola uchun Anhor.uz sayti ustidan Bosh prokuraturaga shikoyat arizasi kiritib, keyinchalik o‘z arizasini qaytib olgani xabar qilindi.

Dia.uz esa “Abdullajon” filmidagi mashhur iborani “Avtotest-Report"ga nisbatan qo‘llab, hozirda ushbu firmaga keng imkoniyat berilganiniga sha’ma qilib, “Avtotest-Reportning "ketmoni uchgan”ni haqida yozdi.

P.S. Bloger Mirzo Subhonovning “Avtotest-Report” faoliyatiga oid “Avtotest firiblari fosh bo‘ldi” sarlavhali maqolasini 10 fevralda e’lon qilgan dia.uz nashri o‘sha kuniyoq maqolani saytidan olib tashladi.

XS
SM
MD
LG