Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:40

Samarqandni Mirziyoevga bo‘yab-bejab ko‘rsatish yana tadbirkorga yuklandi


Samarqandlik tadbirkorlar Paxtachi tuman hokimligi tomonidan Mirziyoev tashrifiga tayyorgarlik ishlari to‘lig‘icha o‘z zimmasiga yuklatilganini aytmoqda. Ozodlik suhbatlashgan bir necha tadbirkorga ko‘ra, ularga prezident korteji yuradigan yo‘l bo‘yidagi uy va binolar fasadini bezash buyurilgan¸ bunday og‘zaki buyruqqa e’tiroz bildirishga¸ o‘tmishdagi kabi¸ hech kim jur’at topmagan.

40 km yo‘ldagi binolar fasadi bezalmoqda

Mirziyoevning Navoiy va Samarqandga keyingi oyda kutilayotgan tashrifi oldidan ikkala viloyatda ham obodonlashtirish ishlari avjiga chiqqan.

Samarqandning Paxtachi tumanidagi bir guruh tadbirkorlar nomidan Ozodlikka bo‘lgan murojaatda aytilishicha, ular Navoiy-Samarqand yo‘nalishidagi M-37 yo‘lining 40 kilometr uzunlikdagi qismida bo‘layotgan obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarishga majbur qolgan.

“Biz bu yerda bo‘layotgan ko‘zbo‘yamachiliklar va tadbirkorlarni majburlash holatlaridan prezident Mirziyoev xabar topishini istaymiz. Prezident Navoiyga tashrif buyurgan payti Paxtachi tumani orqali Nurobod tumaniga o‘tar ekan. Hozir Paxtachi tumanidagi hamma tashkilot, hamma tadbirkorlar M-37 yo‘li bo‘yini obodonlashtirishga jalb qilingan. Navoiy chegarasidan Mirbozorgacha 40 kilometr yo‘l. O‘sha yo‘lni biz qilayapmiz. Hammani majburlayapti. Yo‘llarni asfaltlab, uylar oqlanmoqda, archalar ekilmoqda”, deydi paxtachilik tadbirkorlar nomidan bog‘langan tadbirkor yigit.

“20 million so‘mgacha majburiy xarajat”

Tadbirkorlarning hisob-kitobicha, ular prezident tashrifi uchun 10 milliondan 20 million so‘mgacha xarajat qilishga majbur bo‘lgan.

“Yo‘l bo‘yiga archa ekayapmiz. Bizning firmaga 100 ta archa ekasan deyishdi. Archalarni Surxondaryodan olib kelib, 15-20 ming so‘mdan sotishayapti. Archaning o‘ziga 2 million so‘mga yaqin sarflayapmiz. Katta firmalarga 500-600ta archa ekish topshirilgan. Keyin prezident Nurobod tumanidagi Jom qishlog‘iga borar ekan. Bu qishloqni “Obod qishloq”qa aylantirish ishlari ketayapti. Shu qishloqdagi 10 ta uyni bizga berishdi. Ushbu uylarni shiferini almashtirib, uylarning ko‘cha tomoniga Akfa oyna qilib berish kerak. Yana uylarni oqlaymiz va darvozalarini yangilab beramiz. Buning uchun taxminan 12 million so‘mcha xarajat qilishimiz kerak. Jami taxminan 14 million so‘mdan ziyod xarajat qilishimizga to‘g‘ri kelayapti. Lekin kattaroq firmalarning xarajati biznikidan ikki hissa ko‘pdir”, deydi paxtachilik tadbirkor ismini ochiqlamaslik sharti bilan.

Ozodlik suhbatlashgan tadbirkorlar¸ hokimlik yig‘ilishida Paxtachi tuman hokimi Vohid Rahimovning o‘zi Mirziyoev tashrifi oldidan tuman hududini bezash vazifasini xususiy tadbirkorlarga yuklaganida¸ hech kim e’tiroz bildirishga botina olmaganini e’tifor qildi.

"Mirziyoev tadbirkorga tegma¸ degani bilan¸ hokimiyat shularning qo‘lida. Yo‘q desa¸ yana soliqchisini yuboradi¸ yana prokuraturani tashlaydi. Shundan qo‘rqib¸ hamma jim. Oldin qanday bo‘lsa¸ shundayligicha davom etayapti. Nima xarajat bo‘lsa¸ tadbirkorga yuklashadi"¸ dedi Ozodlik bilan gaplashgan "obodonlashtiruvchi"lardan biri.

Yo‘l bo‘yiga ekish uchun sotib olingan daraxtlar
Yo‘l bo‘yiga ekish uchun sotib olingan daraxtlar

“Ko‘zbo‘yamachilik”

Paxtachilik tadbirkorlar hokimiyatning kuchli bosimi ostida bo‘layotgan bunday "obodonlashtirish"ning shoshma-shosharlik bilan, ko‘zbo‘yamachilik uchun qilinayotganini ta’kidladi.

“Prezident korteji yuradigan yo‘l bo‘yidagi uylarni tadbirkorlar bo‘lib berishgan. Uylarni oqlab, ko‘cha tomonining fasadini chiroyli qilib qo‘yishimiz kerak. Keyin 40 kilometr yo‘lning o‘ydim-cho‘nqirlarini yamayapmiz. Lekin bu ishlar juda shoshilinch qilinayapti. Yomg‘irda ham asfalt qilinayapti. Kechasi qorong‘ida ham ishlanayapti. Bu asfalt 2-3 kunlik faqat. Ko‘zbo‘yamachilik qilayapti. Sifat muhim emas, tezroq bitkazsak bo‘ldi shiori ostida ishlanayapti”, deydi paxtachilik tadbirkorlardan yana biri.

Mulozim: Tadbirkorlar o‘z xohishi bilan ishlayapti

Ozodlik muxbiri prezident tashrifi munosabati bilan qilinayotgan obodonlashtirish ishlariga bosh-qosh bo‘layotgan Paxtachi tumani hokimi o‘rinbosari Nurali Eshpo‘latov bilan bog‘lanib¸ mahalliy tadbirkorlar shikoyatiga munosabat bildirishni so‘radi.

Eshpo‘latov obodonlashtirish ishlarini tadbirkorlar amalga oshirilayotganini tasdiqladi, biroq bu ishning ixtiyoriy bo‘layotganini ta’kidladi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:08 0:00
Бевосита линк

Andijonda ham "Potyomkin qishloqlari"

Ozodlik paxtachilik tadbirkorlar shikoyatini o‘rganayotgan ayni kunda andijonlik tadbirkorlar ham Mirziyoev tashrifiga tayyorgarlik ishlariga majburiy jalb qilinayotganliklaridan arz qildi.

Andijonlik tadbirkorlarga ko‘ra, 77 kilometr uzunlikdagi Andijon-Xonobod avtomobil yo‘li bo‘yidagi uy va binolarning fasadini bezatish uchun ayrim tadbirkorlar 500-1000 dollar atrofida pul sarflashga majbur bo‘lmoqda.

Andijon-Xonobod yo‘lidagi qurilishi bitmagan bino oldiga qo‘yilgan tunuka to‘siq.
Andijon-Xonobod yo‘lidagi qurilishi bitmagan bino oldiga qo‘yilgan tunuka to‘siq.

XS
SM
MD
LG