Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:36

FSB o‘zbek muhojirlarini Telegram orqali Suriyadagi urushga yollanganlikda ayblamoqda (VIDEO)


O‘zbek muhojirlari terrorchilik tashkilotiga a’zo bo‘lishga uringanlikda gumonlanmoqda
O‘zbek muhojirlari terrorchilik tashkilotiga a’zo bo‘lishga uringanlikda gumonlanmoqda

Sankt-Peterburgda terrorchilikda ayblanib yana bir guruh mehnat muhojiri qo‘lga olindi. FSBchilarga ko‘ra, migrantlar Rossiyada ta’qibga uchragan Telegram messenjeri orqali Yaqin Sharqdagi terrorchilik lagerlaridan biriga yollanmoqchi bo‘lgan. Tarmoqda ularni hibsga olish videosi ham paydo bo‘ldi.

Peterburgda yana bir guruh muhojir terrorchilikda ayblanmoqda

2018 yilning 19 aprelida Sankt-Peterburgda FSB va Rosgvardiya jangchilari tomonidan terrorizmda aybnanayotgan bir guruh markaziy osiyolik muhojirni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus amaliyot o‘tkazildi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi migrantlarni qo‘lga olish jarayoni videotasvirga olingan rolikni Ozodlikka taqdim etdi.

Unda FSB va SOBRning maskadagi xodimlari ko‘p qavatli yotoq uylardan biriga bostirib kirib, kvartirada uxlab yotgan 5 nafar shaxsni qo‘lini orqaga qilib yotqizishga tushadi.

Kadrlarda uyqudan hali uyg‘onmagan yigitlar qo‘rquvdan baqirib yuborayotganini ko‘rish mumkin.

(Video Sank-Peterburg bo‘yicha Rossiya Tergov qo‘mitasi boshqarmasi tomonidan taqdim etildi)

Rossiya Tergov qo‘mitasining Ozodlikka bergan rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 205- moddasi, 2- qismi (“Terrorchilik tashkilotida ishtirok etishga urinish”) asosida 2 nafar 21 yoshli muhojirga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

- Ayblanuvchilar 2017 yilning dekabridan 2018 yilning aprel oyigacha Sankt-Peterburgda Internet tarmog‘i orqali tergov tomonidan aniqlanmagan shaxsni topib, Yaqin Sharqdagi mamlakatlardan biridagi xalqaro terrorchilik tashkilotlariga a’zo bo‘lish istagini bildirgan va pasport nusxalarini jo‘natgan. Yollovchi shaxs bilan ular Telegram messenjeri orqali bog‘lanib turgan, deyiladi rasmiy xabarda.

Ozodlik o‘z manbalaridan Peterburgdagi maxsus amaliyot paytida ushlangan o‘zbek muhojirlari Najmiddin R., Murodjon M., Ravshan M., Hikmatillo K. va Kamoliddin A. ekanini aniqladi.

Kvartirada ushlangan uch muhojir “terrorchilik tashkilotiga aloqadorligini tekshirish” maqsadida 48 soatga ushlab qolingani ma’lum qilindi. Terrorchi tashkilotlarga aloqadorlikda gumonlangan ikki nafar yigit esa yaxshi qo‘riqlanadigan “Kresti” tergov izolyatoriga yuborilgani ma’lum bo‘ldi.

Tergovchilarga ko‘ra, “noma’lum yollovchi shaxs huquq muhofazasi idoralari nazoratidan aylanib o‘tib”, Rossiyadan chiqib ketish yo‘llarini ko‘rsatishni va “terrorchilik tashkilotining mashq lageriga olib borishni” va’da bergan.

“FSBchilar Peterburgda ushlanganlardan ikki nafari 2018 yilning 10 apreliga Rossiyadan boshqa mamlakatga chiqib ketish uchun aviachipta olgani aniqlandi”, deyiladi xabarda.

10 aprel kunga aviachipta olgan migrantlar 19 aprel kuni ushlangani xabar qilindi
10 aprel kunga aviachipta olgan migrantlar 19 aprel kuni ushlangani xabar qilindi

Eslatish joyizki, muhojir yigitlar 2018 yilning 19 aprel kuni Peterburgda qo‘lga olindi.

Rossiya Telegramga qarshi kurashni avj oldirmoqda

Rossiyada mavjud barcha ommaviy axborot vositalari navbatdagi bor Peterburgda “terrorchi-migrantlar” hibs etilgani to‘g‘risida bir xildagi xabar va reportajlarni tarqatdi.

Barcha rus telekanal va nashrlari “terrorchi-migrantlar” aynan Telegram messenjeridan faol foydalanganiga urg‘u berdi.

Ma’lumki, o‘tgan hafta Roskomnadzor (Aloqa, informatsion texnologiyalar va ommaviy kommunikatsiyalar ustidan nazorat bo‘yicha federal xizmat) sud qarori bilan Telegramni Rossiyada to‘sib qo‘yishga kirishgandi.

Sud qaroriga binoan messenjerning Rossiya hududidagi faoliyatiga qo‘yilgan taqiq Telegram rahbariyati “shifr kalitlarini Federal xavfsizlik xizmatiga (FSB) berish majburiyatini bajarmagunicha amal qiladi”.

Roskomnadzor mulozimlari Telegramdan terroristik tashkilotlar foydalanayotgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkinligini iddao qilib, bu messenjerni zudlik bilan yopishni talab qilayotgan edi.

Telegram blok qilina boshlaganidan o‘tgan hafta davomida Rossiyada bu messenjer nafaqat o‘z faoliyatini davom etayotgani, balki bir hafta davomida uning mijozlari soni keskin ko‘payib borayotgani kuzatilmoqda.

Ozodlik Rossiyada so‘nggi bir yilda yuzlab markaziy osiyolik mehnat muhojirlari “terrorizm” va “diniy ekstremizmda” ayblanib hibs etilayotgani, sudlanayotgani to‘g‘risida xabar berib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG