Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:32

Buxoro Yog‘-moy zavodi direktoridan $1 mln talab qilgan "DXXchilar" Qozonda ushlandi


Tovlamachilikda gumon qilinayotgan uch o‘zbekistonlik Rossiyaning Qozon shahrida ushlandi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra, o‘zini “organ xodimlari” deb tanishtirgan ayblanuvchilar Buxoro yog‘-moy zavodi direktoridan 1 mln. dollar talab qilib, 500 ming dollar undirgan.

Tovlamachilikda gumon qilinayotgan uch o‘zbekistonlik O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi talabi bilan 2018 yilning apreli o‘rtalarida Tatariston poytaxtida hibsga olindi.

Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar qilindi..

- Buxoro viloyatining Kogon shahri fuqarosidan bir million AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan va nihoyat 500 ming dollarni olgan jinoiy to‘da a’zolari ushlandi. Ulardan uch nafari Qozon shahriga qochib ketishga ulgurgandi, deyiladi IIV tarqatgan rasmiy xabarda.

Tatariston Ichki ishlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Qozon shahrida ushlangan samarqandlik S.M., M.Yu. va A.M. larni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari ketmoqda.

Mazkur ish bo‘yicha buxorolik B.K. va yana bir samarqandlik P.G. O‘zbekistonda ushlangani ma’lum bo‘ldi.

Tatariston ichki ishlar vazirligining ismini ochiqlamaslikni so‘ragan mulozimi Ozodlikka ushbu jinoiy ishning ba’zi tafsilotlarini so‘zlab berdi.

Uning tergov materiallariga tayanib aytishicha, Kogon shahridagi Yog‘-moy kombinati direktori A.O‘ljaevning uyiga 5 kishi bostirib kirgan. O‘zlarini “Davlat Xavfsizlik xizmati xodimlari”, deb tanishtirgan va "hujjatlarini" ko‘rsatgan shaxslar direktor ustidan jinoyat ishi ochilganini bildirgan.

Tovlamachilar undan “jinoiy ishni to‘xtatish uchun” 1 mln dollar talab qilgani, qo‘rqitish va bosimlardan keyin 500 ming AQSh dollari miqdorida pulni olib, g‘oyib bo‘lganini kombinat direktori keyinroq militsiya tergovchilariga so‘zlab bergan.

Buxorolik izquvarlar tez orada soxta DXXchilardan ikki nafarini O‘zbekistonda qo‘lga olgani, yana uchtasi shu kunlarda Tatariston poytaxti Qozonda ushlangani ma’lum bo‘ldi.

Jinoyatda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining qator moddalari asosida jinoyat ishi ochilgan.

XS
SM
MD
LG