Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi Novshahar qishlog‘ida yashaydigan Oygul Sultonovaning aytishicha, uning yangi qurilgan uyiga elektr simi ham tortilmagan, simyog‘och ham o‘rnatilmagan.
Lekin, tuman Majburiy ijro byurosi Oygul Sultonovadan elektr energiyasi uchun 400 ming so‘m qarz to‘lashni talab qilmoqda.
“Kelinglar, uyimni ko‘ringlar, hali ochiq daladagi yangi joy, elektr tortilmagan, nima uchun men ishlatmagan narsamga pul to‘lashim kerak, deganimga qaramasdan, baribir to‘laysiz, kompьyuterda bor, deyishyapti. Axir, yemagan somsaga men pul to‘lamaymanku”, deydi Oygul Sultonova.
Oygul Sultonova uyining ko‘rinishini rasmga olib jo‘natdi.
...................................................................................................................
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!