Линклар

Шошилинч хабар
22 октябр 2024, Тошкент вақти: 12:25

“Navoiyga AES qurmoqchilar, lekin reaktorni sovutish uchun suvni qaerdan olishadi?”


Toshkentlik tarixchi, iqtisodchi va siyosatshunos Anvar Nazir bilan e’tiboringizga havola qilinayotgan OzodNazar o‘tgan payshanba kuni yozib olingan. Anvar Nazir suhbat davomida O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo bilan bog‘liq, Ozodlik xabarsiz qolgan bir gapni aytdiki, suhbatni e’lon qilishdan oldin o‘sha gapni chuqurroq o‘rganishga qaror qildik va 8 iyun kuni “97 yashar O‘zbekiston Xalq shoiri Shukrulloni o‘zbek telekanallarida ko‘rsatish hamon taqiqdaligi aytilmoqda”, degan sarlavha ostidagi maqolani e’lon qildik.

OzodNazar mehmoni aytgan gapni qo‘shimcha o‘rganganimiz aslo uning gapiga ishonmaganimiz belgisi emas, balki u kishi aytgan yangilikning muhimligiga ishoradir.

Lekin bu suhbat davomida tilga olingan boshqa mavzularning muhimlik darajasi pastroq degani emas.

Ayniqsa, AES masalasida mutaxassislar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashish istagini bildirsa, mikrofonimizni ular uchun kechayu kunduz yoqishga tayyormiz.

“Навоийга АЭС қурмоқчилар, лекин реакторни совутиш учун сувни қаердан олишади?”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:12 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG