Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:52

38 yoshli o‘zbekistonlik ayol Hindiston qamog‘ida o‘ldi


F
F

O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 38 yoshli ayol Hindiston poytaxti Dehli shahridan ellik kilometr janub-g‘arbdagi Bhondsi qamoqxonasida jumaga o‘tar kechasi jon taslim qilgan. "Hindistan times" nashriga ko‘ra, ismi Shahnoz ekani ayotilayotgan toshkentlik ayol shu yilning 10 iyun kuni Gurugram shahridagi "Saxara" savdo markazida mamlakatda noqonuniy yashaganlikda gumonlanib, hisbga olingan va besh kun o‘tib tergov izolyatorida o‘lik holda topilgan. Ayolning o‘limi sabablari ma’lum emas.

Hindiston politsiyasiga ko‘ra, ayol juma kuni sahar soat 3lar atrofida kamerasida o‘lik holda topilgan, uning tanasida jismoniy jarohatlar bo‘lmagan.

O‘lim sabablarini politsiya o‘rganmoqda.

Gurugram shahri politsiyasi matbuot vakili Ravinder Kumar o‘zbekistonlik ayolning shubhali o‘limi yuzasidan tekshiruv olib borilayotgani va ushbu tekshiruv doirasida o‘lik jasadi ekspertiza qilinganini mahalliy matbuotga aytgan.

-To‘rt nafar shifokordan iborat komissiya ayol jasadini juma kuni ekspertiza qildi. O‘lim sabablari ular hisobotni e’lon qilganlaridan so‘ng ma’lum bo‘ladi, - degan Ravinder Kumar.

Asli toshkentlik ekani aytilayotgan Shahnoz ismli 38 yoshli ayol 10 iyun kuni Gurugram shahridagi "Saxara" savdo markazida yana uch nafar horijlik ayol bilan birga hibsga olingan.

O‘zbekistonlik ayolning shubhali o‘limini taftish qilayotgan tergovchi Surinder Palning "Hindustan times" nashriga aytishicha, ayol hibsga olinganda isitmasi yuqori bo‘lgani va ko‘kragida og‘riq sezayotgani haqda hibsxona nozirlariga shikoyat qilgan.

Gurugram shahri politsiyasi o‘zbekistonlik ayolning o‘limi haqida O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasiga xabar qilingani va marhumning oilasi bilan bog‘lanishga harakat qilayotganini ma’lum qildi.

Qamoqxonada jon bergan o‘zbekistonlik ayolning Hindistonga nima maqsadda va qachon kelgani ma’lum emas.

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasining Ozodlik bog‘langan xodimi qamoqxonada o‘lim topgan ayol haqida xabardor ekanliklari, uning shaxsi o‘rganilayotgani va O‘zbekistondagi qarindoshlarini topib, jasadni O‘zbekistonga yuborish uchun lozim yordamlar ko‘rsatilishini aytdi.

XS
SM
MD
LG