Линклар

Шошилинч хабар
01 декабр 2024, Тошкент вақти: 02:45

Farg‘onada olti oylik kelin o‘zini poezd ostiga tashladi


Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanidan O‘zbekiston tumaniga kelin bo‘lib tushgan 20 yashar kelinchak 16 iyun kuni poezdning ostiga o‘zini tashlab, halok etdi.

Marhuma qo‘shnilarining iddao qilishlaricha, qaynonasi bilan janjallashib uyiga haydalgan kelin o‘z joniga shu tarzda qasd qilgan.

Marhumaning eri esa, bu iddaolarni inkor qilmoqda.

Temir yo‘l militsiyasi mazkur voqea yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.

Фарғонада олти ойлик келин ўзини поезд остига ташлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:56 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston tumanining Dehqonobod qishlog‘ida yashagan 20 yashar Ro‘zixon Ergasheva 16 iyun kuni soat 18larda Dang‘ara tumanining Salom qishlog‘i yaqinidan o‘tuvchi “Andijon-Buxoro” tezyurar poezdining ostiga o‘zini tashlab, joniga suiqasd qildi.

Voqea guvohlaridan birining aytishicha, poezd marhuma jasadini bo‘laklarga bo‘lib tashlagan:

“Bunaqa fojiani hali ko‘rmagan edim. Poezd qizni ezib tashlagan, boshi bir tomonda, oyog‘i bir tomonda, qo‘li bir tomonda yotardi. Ko‘rib dahshatga tushdik”, dedi voqea guvohlaridan biri.

Uning aytishicha, Dang‘ara tumanining Mang‘it qishlog‘ida yashagan Ro‘zixon shu yilning yanvar oyida O‘zbekiston tumanining Dehqonobod qishlog‘ida yashaydigan bir yigit bilan sevishib, unga turmushga chiqqan edi.

Ismi sir qolishini so‘ragan marhuma qo‘shnilaridan birining iddao qilishicha, Ro‘zixon Hayit bayramidan so‘ng, qaynonasi bilan janjallashib, uyidan chiqib ketgan yoki haydab yuborilgan:

“Aytishlaricha, Hayitda qizning onasi Hayitlikka u bu sovg‘a olib, qizini ko‘rgani borgan. U ketganidan keyin esa qaynonasi “onang past narsalar olib keldi”, deb janjal qilgan. O‘zi shu yigit bilan sevishib, erga tekkanidan so‘ng ona uyiga qaytib kelishga chidamagan shekilli”, deb iddao qiladi qo‘shnilardan biri.

Ammo, Ozodlik bilan suhbatlashgan Ro‘zixonning eri, 25 yashar Iqboljon Ergashev bu iddaolarni inkor qildi:

- Voqea bo‘lgan kuni ertalab Ro‘zixonning homilasi tushib qoldimi, shunaqa bo‘ldi. Keyin duxturga bordik. UZIga tushirdik. Duxturlar bolasi bo‘lmagan ekan, deyishdi. Keyin ayam kelinini roddomga olib kirishdi. U yerda, hali bola bo‘ladi, o‘zingizni ehtiyot qiling, deyishdi. Xursand bo‘lib uyga ketdik. Bir-ikki soat dam olganimizdan keyin Ro‘zixon uyiga ketadigan bo‘lib qoldi. Keyin, men uni Afg‘onboqqacha olib bordim. O‘sha yerda 15 minutcha gaplashib turdik, hali yoshmiz, Xudo xohlasa hali farzandli bo‘lamiz, dedik. Keyin men uni avtobusga chiqarib, uyiga kuzatib yubordim. Kechqurun esa shu xabarni oldik. Uyda hech qanday janjal bo‘lmagan, deydi Iqboljon Ergashev.

Ro‘zixon Ergasheva 18 iyun kuni Mang‘it qishlog‘idagi qabristonga dafn etildi.

Mang‘it qishlog‘ining ismi sir qolishini so‘ragan mahalla faollaridan birining aytishicha, o‘sha kuni quda tomonidan ta’ziyaga kelganlar bilan janjal chiqmasligining oldi olingan:

“To‘polon bo‘lmasin, janjal bo‘lmasin deb, ikki tomonni bosti-bosti qilib turdik. Hali bu fojianing asl sababi aniqlangan yo‘q, janjal qilmanglar, quda tomon ham umid bilan kelin qilgan, deb tinchitib turdik”, deydi mahalla faollaridan biri.

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi transportdagi jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limining navbatchisi, shunday voqea bo‘lganini tasdiqladi.

Ammo, bu haqda faqat viloyat IIB matbuot xizmati ma’lumot bera olishini aytdi.

Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati boshlig‘i Umidjon Soliev esa barcha savollarga faqat xat orqali javob berishini aytdi.

Mang‘itlik mahalla faolining aytishicha, maishiy muammolar sabab o‘zini poezd tagiga tashlab halok qilish holatlari uchrab turadi.

Uning aytishicha, taxminan bir yil oldin Dang‘ara tumanining Pishqoron qishlog‘ida yashagan 45 yashar erkak va 28 yashar qiz o‘zlarini birga poezd tagiga tashlab halok etgan edi.

O‘tgan yilning 28 noyabr kuni Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumani O‘zbekiston ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi 20 yashar Gulxan Ibodulleva o‘zini poezd tagiga tashlab, nobud bo‘lgan edi.

2015 yilning may oyida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 23-maktabning ikki nafar 9-sinf o‘quvchisi o‘zlarini “Urganch-Toshkent” yo‘lovchi poezdining tagiga tashlab o‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG