Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:46

FSB va politsiya Moskvadagi muhojirlar orasida "terrorchi" va "qonunbuzarlar"ni qidirmoqda (VIDEO)


Uzbekistan/Russia-Raids against migrants in Moscow markets, 22.06.2018
Uzbekistan/Russia-Raids against migrants in Moscow markets, 22.06.2018

Moskvaning eng yirik sanalgan “Fud Siti” meva-sabzavot ulgurji savdo bozori va “Mandarin” savdo majmuasida ishlovchi muhojirlar 6-7 iyun kunlari FSB, OMON va politsiyaning "nolegal" migrantlarni aniqlashga qaratilgan maxsus reydlar o‘tkazgani borasida Ozodlikka ma’lum qilishdi. Vaziyatni kuzatgan huquq faollariga ko‘ra, birgina “Fud Siti”dagi tintuv paytida tadbirkorlardan qo‘l telefonlari va 21 million rublga yaqin miqdorda pul yo‘qolgan.

Ozodlik muxbirlari "Mandarin" savdo majmuasida reyd vaqtida politsiya hatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan migrantlar bilan uchrashdi.

Moskvaning “Mandarin” savdo markazida FSB, Rosgvardiya va politsiya qismlari maxsus amaliyot olib borgani borasida 10 kunlarcha o‘tib bozorda ish borayotgan bir guruh tadbirkorlar xabar qildi.

Ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan migrantlar OMON va FSB ularni amaliyot tafsilotlari borasida og‘iz ochmaslikni buyurganini aytib berdi.

Ozodlik 6-7 iyun kunlari olib borilgan reyd haqida bozor ishchilari va xodimlari bilan suhbatlashib, o‘sha kungi hodisa tafsilotlarini o‘rganib ko‘rdi.

Maxsus kuchlar asosan Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston vatandoshlari bo‘lgan muhojirlarni kaltaklab, 150 yaqin odamni bozor atrofidagi uchta politsiya bo‘limiga “hujjat tekshirish” vaji bilan olib ketgan.

- Telefon uning cho‘ntagida bo‘lgan. Dubinka tayoq bilan urganida u sinib ketibdi. Keyin ularni mana shu yerga yotqizishdi. Ayollar mana bu yerga yotdik. Yigitlarimizni oyoqlariga urishdi - oyoqlari ko‘karib ketgan, tekshirishdi. 5-10 daqiqa yotganimizdan keyin, qo‘llarini orqaga qilib, tashqariga olib chiqishdi. Qo‘llarimizni devorga tirab qo‘yishdi. Ayollarni tashqariga yalangoyoq olib chiqishdi. Uch xotin, ikki erkak edi oshxonada. Meni erimni qattiq kaltaklashdi. Eshiklarimiz qulflangan edi - sindirib kirishdi. Bizdan hech narsa so‘rashgani yo’q - faqat kirib urishdi. Vaholanki hammamiz hujjatlarimiz joyida. Bizni tonggi 4-gacha ushlab o‘tirishdi. Kirganlar 4-tasi maskali, ikkitasi - OMON xodimlari. Ular pistolet bilan o‘qtalib kirib keldi. Erim oxiri hujjatlarini ko‘rsatib, politsiya bo‘limidan chiqib keldi, dedi kafeda oshpazlik qiluvchi Zarina.

"Мандарин" ва "Фуд Сити" бозорларида ФСБ, ОМОН ва полиция махсус амалиёт олиб борди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:50 0:00

Bozordagi amaliyot vaqtida OMONchilar bir nechta migrantni qattiq kaltaklab, jarohat yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Shulardan biri - 1988 yilda tug‘ilgan Habibulloh Rasulov amaliyot davomida oyog‘i va yelkasidan qattiq lat yegan, yana bir ismi noma’lum qolayotgan hammol yigitlardan biri shifoxonaga olib ketilgani aytildi.

Vayron qilingan kafe egalari politsiya va FSB iftor vaqtini, odamlar og‘iz ochishga o‘tirganini poylab, bozorga bostirib kirganini gapirishdi:

- Bu yerga kirib, bollarni kaltaklashdi. Ayamasdan kaltaklashdi. Hech kimdan hujjat so‘rashgani ham yo‘q – hammani yerga yotqizib urishdi. Kafemizda Rossiya grajdanlari ham bor edi. Men kabinka ichkarisiga yashirinib oldim –topa olishmadi.

Nima keragi bor bunday qilib?! Biz faqat pul ishlagani kelganmiz. Mana qarang, kafeni vayron qilishganini. Bizga muammoning keragi yo‘q – pul ishlab bola-chaqamizga jo‘natamiz. Biz ham qachonlardir ketamiz – bu yerlarda qolib ketish niyatimiz yo‘q! bizga yurtimiz kerak, dedi ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan tadbirkor.

Shu bilan birga, bir guruh mehnat muhojirlari politsiya tintuvidan keyin bir qancha tadbirkorlarda kassadagi pullar, o‘nlab qo‘l telefonlari yo‘qolgan.

O‘sha kuni hodisa joyida “Yordam” inson huquqlari himoyasi tashkiloti rahbari Bahrom Hamroev borib, video va fotosurat olishga muvaffaq bo‘lgani haqida o‘z sahifasida xabar qildi.

Ozodlik bilan suhbatda huquq faoli politsiya shu tariqa futbol bo‘yicha Jahon chempionati oldidan “zachistka” ishlarini avj oldirganini bildirdi.

Bahrom Hamroev xuddi shunday reyd bir kun o‘tib Moskvaning eng yirik "Fud Siti" ulgurji savdo bozorida ro‘y berganini aytdi.

Uning bozor ishchilari so‘zlariga tayanib aytishicha, politsiya va FSBchilar asosan soqolli va mushki anbar hidi kelatgan muhojirlarni boshqalardan ajratib, maxsus avtobusda olib ketgan.

O‘zi sahifasida Bahrom Hamroev politsiya muhojirlarni shimlarini yechtirib, ichki kiyimi bor-yo‘qligini ham tekshirgani, savdo kassalaridan jami 21 million rubl miqdorida pul yo‘qolgani ma’lum qildi.

- Zachistkalar doim bo‘lib turgan holatga aylandi. Ammo oxirgi paytlarda bozorlarga kelib, odamlarning pullarini, mollarini olib ketishi hukumatning “bespredel”ga o‘tishini anglatadi. Men ikkita joyda bo‘lgan bundy hodisani o‘rganib chiqdim. O‘sha kunlari olib ketilganlarnig ko‘pi chiqarilgan bo‘lsa, ayrimlarini topa olmayapmiz. Ularni Lefortovadagi FSBni tergov bo‘limida sahargacha so‘roq qilishgan. Ko‘proq Turkiya bilan aloqasi bormi-yo‘qmi tekshirgan. Zachistkalar oldin ham bo‘lgan, ayniqsa musulmonlar orasida. Ammo oxirgi paytlarda bu juda yomon ko‘rinish oldi. Bular “qoravoylarni” doim ko‘rishni xohlamaydi, ammo shu kunlarda futbolga kelgan mehmonlar ko‘ziga faqat ruslar ko‘rinishi kerak, deb o‘ylaydi, dedi Bahrom Hamroev.

Huquq faollari bunday yirik maxsus operatsiyalar va oblavalar, ayniqsa, futbol chempionati kunlari ham davom etishini bashorat qilishmoqda.

XS
SM
MD
LG