Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:54

Andijonda kollej o‘quvchisi keksa qo‘shnisini pichoqladi


Sovuq qurol - pichoq kollej o‘quvchilarining doimiy ermagimi?
Sovuq qurol - pichoq kollej o‘quvchilarining doimiy ermagimi?

Andijon transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining 2-bosqich 311-guruh o‘quvchisi I.K uyi oldida janjal chiqishi oqibatida qo‘shnisi O.Q.ni (ism va familiyalar Ozodlikka ma’lum) pichoqladi. Hodisa, guvohlarining Ozodlikka aytishicha, 20 iyun kuni kechki soat 7larda Andijon shahrining Toshkent ko‘chasida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi Andijon Tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limiga o‘ta og‘ir ahvolda yotqizildi. Uni pichoqlagani gumonlanayotgan kollej o‘quvchisi hibsga olindi.

Voqea guvohlaridan birining Ozodlikka aytishicha, Andijon transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining 2-kurs o‘quvchisi va keksa qo‘shnisi o‘rtasida pul ustida kelishmovchilik chiqqan.

Keyin, janjal payti kollej o‘quvchisi ko‘shnisining ko‘kragiga pichoq urgan.

"Pul so‘ragan, bermagach, gap talashib, jahl ustida ko‘kragiga pichoq urib qo‘ygan," - deydi voqea guvohi.

Pichoqlagan kollej o‘quvchisining kursdoshi o‘sha kuni davlat imtixonidan chiqib, ziyofat qilishganini aytdi.

-O‘sha kuni imtixonni yuvishgan. Pichoqlagan mast xolatda bo‘lgan, - deydi Andijon transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining o‘quvchisi.

Andijon huquq-tartibot idoralaridan birining mulozimi Ozodlik suhbatda pichoqlashuv hodisasi tergov qilinayotgani, lekin tergov siri vajidan bu haqda batavsiz ma’lumot berolmasligini aytdi:

- Hozir bu ish bilan tergovchi shug‘ullanyapti. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining qasddan og‘ir shikast yetkazish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, - dedi mulozim.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, jinoyat ishi doirasida Andijon transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining direktori Musharraf Mahmudova shahar IIBsiga tergovga chaqirtirilgan.

Mahmudova Ozodlik bilan suhbatda qo‘shnisini pichoqlaganlikda gumonlanayotgan o‘quvchisi haqida ijobiy fikrda ekanini aytdi.

- Yaxshi o‘qir edi. Har kuni kelar edi, o‘qishni qoldirmas edi. O‘sha kuni imtihonlarni yaxshi baholarga topshirib, chiqib ketgandi. 20 iyun kuni ohirgi imtihon edi-da bizda. Oq kuylaklarni kiyib imtihonga kirgandi shu kuni. Har doim qo‘li ko‘ksida, "ustoz" deb turgan bola edi. Nimaga bunday qildi, hayronmiz, - deydi Andijon transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining direktori Musharraf Mahmudova.

Qo‘shnilarining Ozodlikka aytishicha, ota-onasi yoshligida ajrashib ketgani sabab kollej o‘quvchisi bobosi qo‘lida qolgan.

- Onasi Toshkentda ishlar ekan, otasi ham yo‘q. Bu bola bobosini qo‘lida qolgan. Iqtisodiy ahvoli yaxshi, lekin ota-ona bilan yashamagandan keyin bola tarbiyasiga buni salbiy ta’siri bo‘lsa kerak-da, - deydi qo‘shnilaridan biri.

Ozodlik muxbiri pichoqlashuv yuzasidan Andijon viloyati kasb-hunar kollejlari boshqarmasi boshlig‘i Furqat Buzrukovdan izoh so‘radi.

Suhbat avvalida o‘zining Buzrukov ekanini tasdiqlagan mulozim Ozodlik radiosi muxbiridan savolni eshitgach, birdaniga "adashdingiz" degan javob bilan go‘shakni qo‘yib qo‘ydi.

Ozodlik qo‘ng‘irog‘i ortidan Buzrukov kollej rahbariyati va xodimlariga pichoqlashuv haqida jurnalistlarga hech qanaqa ma’lumot bermaslikni tayinlagan.

- Sizlarni qo‘ng‘irog‘ingizdan so‘ng bizga chiqdi, Ozodlikka hech qanaqa ma’lumot berilmasin dedi, axborot chiqib ketganidan qo‘rqib qolishgan,- deydi Andijon transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining ismini aytmagan o‘qituvchilaridan biri.

O‘zbekiston kollejlaridagi pichoqlashuvlar haqida Ozodlik avval ham xabar bergan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov joriy yilning fevralida O‘zA agentligiga bergan suhbatida o‘tgan yilda maktab o‘quvchilari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan 1,5 mingdan ziyod jinoyat sodir etilganini aytgan edi.

Shu 1,5 ming jinoyatning bir nechasi haqda Ozodlik o‘z vaqtida xabar qilgan.

O‘tgan yili Toshkentdagi Borovskiy nomli Tibbiyot kollejida o‘tgan yil may oyida 17 yoshli Jasur Ibragimov kursdoshi tarafidan kaltaklab o‘ldirilishi katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG