Rossiyadan OzodMikrofonga murojaat qilgan, Buxoro viloyatining Jondor tumanida yashaydigan Mirshod Razzoqovning arz qilishicha, 2016 yilda to‘qima diniy ayblar bilan 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan 25 yashar ukasi Dilshod Razzoqovning avf etish haqidagi arizalari u jazoni o‘tab turgan Zangiota tumanidagi 64/65 jazoni o‘tash muassasasi rahbariyati tomonidan tashqariga chiqarilmayapti.
“Ukam hatto namozxon ham emas, lekin unga qiynoqlar ishlatib va unga nisbatan 244 moddani qo‘llab, tuhmat ayblar bilan 7 yilga kesib yuborishgan edi. Hech ayb qo‘yisholmaganidan keyin, uning flneshkasidan chiqqan Xayrulla hamidov va Fozil qori va’zlarini asos qilib olishgan. Ukamning prezident nomiga yozgan arizalari qamoqxonadan tashqariga chiqarilmayapti”, deydi Mirshod Razzoqov.
...................................................................................................................
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!