Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:48

Mordoviya deportatsiya qamog‘ida saqlanayotgan o‘zbekistonliklar konsullikdan yordam kutmoqda


Rossiyaning Mordoviya respublikasida joylashgan "Xorij grajdanlarini vaqtinchalik saqlash markazi"dan (xalq tilida "deportatsiya qamoqxonasi") Ozodlikka murojaat qilgan bir guruh o‘zbek muhojirlari bir necha oydan buyon deportatsiya qilinishini kutib yotganini bildirdi.

Migrantlar yollagan advokatga ko‘ra¸ O‘zbekiston konsulligi bu vaziyatda “mahalliy prokuratura yordam bera olmasagina” ko‘maklashishi mumkinligi haqida javob bergan.

Deportatsiya lagerida ushlab turilgan muhojirlarning Ozodlikka taqdim etilgan ro‘yxatida Quronboev Erkaboy (1989 yilda Xorazmda tug‘ilgan), Masharipov Oxun (1993 yilda Xorazmda tug‘ilgan), Yaxshiboev Ilhomboy (1988 yilda Jizzaxda tug‘ilgan) va Amonov Olimjonlar (1993 yilda Samarqandda tug‘ilgan) ismlari keltirilgan.

- Shu yilning 19 aprelida keldik bu yerga – shu vaqtdan beri yotibmiz. Dokumentlarimiz hammasi joyida edi, 3 yillik RVP - “vaqtinchalik yashash ruxsatnomamiz” ham bor edi. Mordoviya Respublikasi, Ruzaevka shahri, Chichaeva ko‘chasi 3 uy manzili bo‘yicha markazimiz joylashgan. Bizni jo‘natishga sud pristaviga tergovchi ruxsat bermabdi. U sababini aytmasdan, “guvoh sifatida” ushlab o‘tiribdi ekan, aytmayapti nimaligini, dedi mazkur ro‘yxatdagilardan biri xonqalik Erkaboy Quronboev Ozodlik bilan suhbatda.

Mahbuslar Quronboev Erkaboy, Masharipov Oxun, Yaxshiboev Ilhomboy va Amonov Olimjon.
Mahbuslar Quronboev Erkaboy, Masharipov Oxun, Yaxshiboev Ilhomboy va Amonov Olimjon.

​Erkaboy Quronboevga ko‘ra¸ Xorijliklarni saqlash markazida oylardan beri saqlanayotgan o‘zbekistonliklar orasida og‘ir kasal va davolanishga muhtoj ekaniga qaramasdan 5 oydan beri qamoq sharoitida ushlab turilayotgan jizzaxlik Ilhomboy Yaxshiboev bor:

- Yoshi 30 yoshda Ilhomboyning. Bir aytdilar – “sudoroga”, keyin yana qandaydir tashxis qo‘ydilar. Vaqti-vaqti bilan hushidan ketib, yiqilib qoladi. 4-5 oy bo‘layapti unga. Unga rus tili bo‘yicha sertifikatni qalbakilashtirishda ayblab, jinoyat ishi ochishgan, vaholanki o‘sha hujjatga patent berishgan. 3 oydan keyin “falshiviy ekan” deb, bu yerga vidvoreniega olib kelishgan. Bu yerda jami 4 kishi qoldik, deydi Erkaboy.

Ozodlik gaplashgan migrantlar himoyachisi G‘olibjon Nabiev o‘zbekistonliklarning Rossiya va xalqaro qonunlarga xilof ravishda asossiz ushlab turilganini aytadi:

- Bularni 3 oy oldin “registratsiyang qalbaki”, deb ushlashgan. Bu yigitlardan ikkita xorazmligi jinoiy ish bo‘yicha guvoh sifatida o‘tayapti ekan. Ularga “mayda bezorilik” rasmiylashtirib, 2 ming jarima va “vidvorenie» belgilayapti va spetspriyomnikka joylashtirayapti. Rossiya qonunchiligi bo‘yicha, tergov muddati 2 oy, lekin bularning ishi 3 oydan beri advokatlari yordamida cho‘zilayapti. O‘zbekistondagi yaqinlari menga murojaat qilishdi. Tergovchi “Men “vidvorenie“ bilan shug‘ullanmayman”, deyapti. Spetspriyomnikka borsam – sudga, sudga borsam – ijrochilar hal qiladi, ijroga borsam – migratsiya xizmati deydi, u yerga borsam – tergovchi xat berganini aytadi. “Tergovchining xati sud qaroridan ustun bo‘lmaydiku!”, desam “Ha”, deydi, ammo qo‘yib yubormasligini aytadi, dedi advokat.

Ruzaevkadagi Xorij grajdanlarini vaqtinchalik saqlash markazi rahbari Aleksey Churmaev Ozodlik bilan suhbatda o‘zbek muhojirlarining uzoq vaqt ushlab turilgani uchun mas’uliyatni Rossiya sud tizimi zimmasiga yukladi:

- Bizning vazifamiz – muhojirlarni badarg‘a qilingunga qadar vaqtinchalik saqlash. Deportatsiya ishlari bilan sud va sud pristavlari shug‘ullanadi. Ayrimlari muayyan tartiblarga ko‘ra uzoqroq vaqt ushlab turiladi - masalan, tergovda bo‘lsa, qolganlari tezda jo‘natiladi. Sud tizimimiz shunaqa, dedi idora mulozimi.

O‘zbekistonlik tutqunlar masalasida mahalliy prokuraturaga ariza tashlagan advokat G‘olibjon Nabiev bir kun oldin O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasiga murojaat qilib ko‘rganini ham bildirdi:

- Posolstvoga murojaat qilib ko‘rdim. “Sen advokat, biz nima yordam qila olamiz senga? Meni o‘rnimda bo‘lganingda nima qilarding?” deyapti - ismini ham bilmayman – bir konsul. Ko‘p narsa ularning vakolatiga bog‘liq, chunki ular Rossiyaga kelgan fuqarolarga javobgar shaxsdir. 3 oydan oshiq spetspriyomnikda ushlab turishi – bu adolatsizlik! “Siz prokurordan xat oling, agar undan qoniqmasa – keyin bizga keling, biz shikoyat qilamiz!”, dedi. Ungacha vaqt o‘tib ketadiku! Odamlarning SIZOda bir kunini aytmaysizmi, dedi huquqshunos.

Rossiyadagi Xorijliklarni vaqtinchalik saqlash maxsus priyomniklarida oylab va hatto yillab qolib ketayotgan o‘zbek muhojirlariga O‘zbekiston konsulligining hozirgacha amaliy yordam bergani Ozodlikka ma’lum emas.

18 iyul kuni Ozodlik muxbiri O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi¸ xususan¸ konsulligi rasmiylari bilan bog‘lana olmadi - telefon raqamlariga hech kim javob bermadi¸

XS
SM
MD
LG