Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:51

Toshkentdagi soat monument o‘g‘irlik bo‘lib chiqdi. Hokimiyat uni joyidan olib tashladi.


24 iyul kuni Toshkent shahar hokimligi shahar markazidagi Grand Mir mehmonxonasi oldida bir necha muqaddam o‘rnatilgan kurantni demontaj qila boshladi. Bunday qarorning olinishiga kurantning plagiat bo‘lib chiqqani sabab bo‘ldi. AQShda 2001 yil 11 sentabr hujumlari qurbonlari xotirasiga o‘rnatilgan Time to remember yodgorligiga juda o‘xshash kurantning Toshkent markazida paydo bo‘lishi ijtimoiy tarmoqlarda bahsu-munozaralarni uyg‘otgandi.

Facebook tarmog‘i foydalanuvchilari va ayrim poytaxtlik faollar Toshkent hokimligini monumentni yaratishda ko‘chirmachilik qilganlikda ayblab chiqishi ortidan hokimlik 24 iyul tushlikdan keyin monumentni demontaj qilishga kirishdi.

Toshkentdagi ko‘chirma monument joyidan olinmoqda.
Toshkentdagi ko‘chirma monument joyidan olinmoqda.

Facebook tarmog‘ining Vitaliy Kolzunov ismli foydalanuvchisi yozishicha, Toshkentdagi monumentni yaratishda AQShning Nyu Jersi shtati Somervil shaharchasida 2001 yil 11 sentabr terror hujumi qurbonlari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlikdan nusxa olinganiga shubha yo‘q.

- Hatto Time to remember yozuvini ham ko‘chirishibdi azamatlar. Bu yerda nafaqat didsizlik, balki jinoyat haqida gap ketyapti, - deb yozdi Kolzunov.

Facebook tarmog‘ining Galina Nikolaeva ismli foydalanuvchisi esa hokimiyat ko‘chirma monument uchun soliq to‘luvchilarining pullarini sovurgan bo‘lishi mumkinligi haqda yozadi.

- Kimlardir tenderda yutib chiqqan va hokimiyat shu loyihani ishlab chiqqanlarga pul to‘lagan. Endi, agar monument olib tashlanadigan bo‘lsa, yana soliq to‘lovchilarni puli sarflanadi, - deb yozdi Galina Nikolaeva.

Toshkentlik blogger Murat Sersenov Ozodlik bilan suhbatda Toshkent shahar hokimligidan "ko‘chirma monument" qaysi pulga, qanday tender asosida o‘rnatilgani haqida izoh berishni talab qilldi:

- Fojia qurbonlariga o‘rnatilgan yodgorlikning nusxasi Toshkentda qanday paydo bo‘lgani hakida shuncha gap-so‘z bo‘lyapti, lekin Toshkent shahar hokimiyati saytida shu paytgacha bunga oid biron izohni ko‘rmadik. Bu yodgorlik AQShda terror hujumi qurbonlariga o‘rnatilgan aslida, lekin yodgorlikning Toshkentdagi ko‘chirmasida bu haqda eslatma ham yo‘q, - deydi Murat Sersenov.

Toshkent shahar hokimligi mulozimlari ko‘chirma monumentning shahar markazida qanday paydo bo‘lgani haqida Ozodlikka izoh berishni istamadi.

Hokimiyatning ismi sir qolishini istagan boshqa bir mulozimi esa monumentni olib tashlash haqida qaror olingani, demontaj ishlari boshlab yuborilganini bildirdi.

Ko‘chirmachilik janjali markazida qolayotgan faqat Toshkentdagi kurant emas.

Bundan oldin O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish agentligi Farg‘onaning sayyohlik ramzi plagiat bo‘lib chiqqach, uni o‘zgartirishga qaror qilgandi.

O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish agentligi Farg‘onaning sayyohlik ramzi plagiat bo‘lib chiqqach, uni o‘zgartirishga qaror qildi.
O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish agentligi Farg‘onaning sayyohlik ramzi plagiat bo‘lib chiqqach, uni o‘zgartirishga qaror qildi.

O‘tgan yilning noyabr oyida Rossiyaning Brandson brend agentligi O‘zbekiston tomonini Farg‘ona uchun sayyohlik ramzini yaratishda Rossiyaning "Charuyushaya Rossiya" milliy turistik brendi g‘oyasini o‘g‘irlaganlikda ayblab chiqqandi.

O‘zbekistondagi yetakchi partiya sanalgan O‘zbekiston Liberal- Demokratik partiyasi - O‘zLiDeP uchun tayyorlangan videorolik ham Turkiyadagi yetakchi partiyaning roligiga o‘xshash bo‘lib chiqqani uchun uning namoyishi ham bekor qilingandi.

XS
SM
MD
LG