Линклар

Шошилинч хабар
30 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:35

Namangan bozorida joysiz qolganidan norozilik bildirgan yoymachi ayollar jarimaga tortildi (VIDEO)


Namangandagi Chorsu dehqon bozori
Namangandagi Chorsu dehqon bozori

Namangan shahrining Chorsu dehqon bozorida ishlagan yoymachilar bozorda savdo-sotiq qilishga qo‘yilmaganiga norozilik bildirdi va oqibatda ulardan to‘rt nafari sudga tortildi.

18-20 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan bu voqealar Ozodlikka 25 iyul kuni ma’lum bo‘ldi.

Aksiya ishtirokchilarining iddao qilishicha, bir necha o‘n savdogar ayolning 18 iyul kungi norozilik aksiyasini bostirishga o‘nlab militsiya xodimlari tashlangan.

Ayollar bozor o‘rtasiga o‘rnatilgan tunuka devorni buzib tashlagani uchun fuqarolik sudi 20 iyul kuni ulardan 4 nafarini eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdorida jarimaga tortdi.

Shahar hokimligi bu xabarni tasdiqlar ekan, yoymachilar deg‘qon bozoridan bozorni tartibga solish uchun chiqarilganini Ozodlikka aytdi.

Namangan shahri Chorsu dehqon bozoridagi yoymachilar bilan militsiya xodimlari o‘rtasida yuz bergan tortishuv aks etgan videoni Ozodlikka tadbirkorlardan biri jo‘natdi.

Наманган деҳқон бозоридаги ёймачи аёлларнинг бозордан қувилишига қарши норозилиги
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:57 0:00
Бевосита линк

Videoda ayollarning militsiya xodimlari va hokimlik mulozimlari bilan tortishuvi va shovqin-suron bilan tunuka devorni buzib tashlagani ko‘rinadi.

Ozodlik 25 iyul kuni dehqon bozorida tunuka devorni buzishda ishtirok etgani uchun militsiya tomonidan ushlangan va jarimaga tortilgan bir necha yoymachi ayol bilan suhbatlashdi.

- Bu yerda shunchalik qo‘pol munosabat qilishyaptiki, cheki yo‘q. Ogohlantirish yo‘q, bir kunda kelib yig‘ishtiringlar, deyapti. Ulug‘bek degan hokim muovini kelib, narsalarimizni otib yubordilar, o‘zimizni tepib tashladilar. Devor tunuka yiqilib ketganidan so‘ng, meni kameraga tushgansan deb turib, uyimdan milisa olib ketdi va kechasi soat birgacha 3-sonli milisaxonada ushlab o‘tirdi, keyin qo‘yvorishdi. Juma kuni esa sayyor sud qilib, qariyb 800 ming so‘m jarima qilishdi, - deydi ayollardan biri.

Uning iddao qilishicha, Do‘stlik bozoridan ularga taklif qilinayotgan joy uchun pul so‘ralgan:

- Bizga "yangi bozordan joy beramiz", deyishdi. Borsak bozorqo‘mi ikki metr keladigan joyga 1000 dollar va joy uchun har oylik 200 ming so‘m ijara pulini olti oyligini bir qilib oldindan berasizlar, deb aytdi. Agar bizning buncha pulimiz bo‘lganda, o‘zimiz bilardik nima qilishimizni. Sharoitimiz og‘ir, Qo‘qondan, Andijondan o‘zimizda ishlab chiqilgan ko‘ylak-po‘ylak olib kelib sotib, kun o‘tish uchun tirikchilik qilamiz. Endi esa shu rizqimizdan ham qiyishmoqda, - deydi ayolllardan biri.

Ozodlik suhbatlashgan ikkinchi yoymachining fikricha, "shahar hokimligi prezident aytganlariga teskari ish qilyapti":

- Prezidentimiz bitta ish o‘rni yartagan odamni boshimga ko‘taraman, deganlar. Bu yerda esa yuzlab odamlar ishsiz qoldi. Hokim bizning dardimizni eshitmadi. Biz majbur bo‘lib shu ishni qilyapmiz, bizning do‘konimiz yo‘q, ortiqcha pulimiz yo‘q. Erlarimiz bekorchi, ishlay desa ish yo‘q. To‘g‘risi, bizni xo‘rlavorishdi, qo‘limizdagi ishimizni yo‘q qilishdi. Kechasi soat birgacha besh sutkaga qamaymiz deb, olib o‘tirishdi”, - deydi ayollardan biri.

Ozodlik suhbatlashgan boshqa yoymachi ayollar ham, ular tirikchiligining so‘nggi manbaidan benasib qolgani va yangi bozordan pulga joy sotib olish imkonsiz ekanligi haqida gapirdi.

Ozodlik yoymachilarning bu shikoyatlariga munosabat olish maqsadida Namangan shahar hokimligi bilan bog‘landi.

O‘zini "hokimning kotibi Boymirzaev", deb tanishtirgan mulozimning aytishicha, bu tadbirlarning hammasi bozorlarni tartibga solish uchun amalga oshirilyapti:

“Ularning savdosiga cheklov qo‘yilmayapti. Chorsu dehqon bozori hududida oziq-ovqat va dehqonchilik mahsulotlaridan tashqari boshqa narsa sotish taqiqlangan. Bozor ichida, atrofida noqonuniy rastalar, yoymachilar ko‘payib ketib, ba’zan yurgani yo‘l qolmas edi. Shuning uchun ular Do‘stlik buyum bozoriga chiqarilyapti, bu haqda Do‘stlik bozorqo‘miga ko‘rsatma berilgan va ularni joylashtirish ishlari hal qilinyapti”, - dedi hokimlik mulozimi.

Namangan shahridagi “Do‘stlik” bozorining direktori Shuhratjon Eshondadaev Ozodlik bilan suhbatda, bozordan rasta berish uchun yoymachilardan pul talab qilinayotganini inkor qildi:

- Bu masalada hokim bilan har kuni o‘n martadan gaplashmiz. Hokimimiz, Chorsu bozoridan keladiganlardan ikki oy bir so‘m ham olmaysan, dedilar. Mana, men pirlik xonada o‘tiribman, kelganiga bir so‘m pul deb gapirmadik ham, so‘ramadik ham. Hozir 300 dan ortiq tadbirkorlarni joyladik, yana 200 ta joyimiz bor. Marhamat, kelishsin, joylarini olishsin. Ikki oy hech kim ularga tegmaydi, keyin preyskurant bo‘yicha ijara haqi to‘laydi, - dedi bozorqo‘m Shuhratjon Eshondadaev.

O‘zbekistonda bozorlardagi rastalardan tashqarida, yo‘llarda savdo qiladigan kichik savdogarlarni mahalliy hokimlik va soliq inspeksiyasi xodimlari muntazam ta’qib qilib keladi.

O‘zbekistonning boshqa viloyat va tuman markazlarida bozorlarning buzilishi, yoymachilarning tirikchilik manbaidan judo qilinishi ularning keskin noroziligi manzarasida kechadi.

XS
SM
MD
LG