Линклар

Шошилинч хабар
30 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:45

To‘raqo‘rg‘on MIB xodimlari "urong‘ich va so‘kong‘ich" boshliq dastidan ishdan ketmoqda (AUDIO, VIDEO)


Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani MIB boshlig‘i Sohibjon Hamidov
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani MIB boshlig‘i Sohibjon Hamidov

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Majburiy ijro byurosining inspektorlaridan biri byuro boshlig‘i, podpolkovnik Sohibjon Hamidovning o‘z xodimlarini uyatli so‘zlar bilan haqoratlayotgani va urayotgani iddao qilingan ikki audiofayl va bir videoni Ozodlikka jo‘natdi.

Bu audiofayllarda byuro boshlig‘ining ovozi deb iddao qilingan shaxs, aholidan kam pul undirib kelgani uchun o‘z xodimlarini shaxsini tahqirlab, so‘kadi.

Ozodlik suhbatlashgan bir necha MIB xodimi, boshliqning xodimlarni tahqirlashiga boshqa chiday olish mumkin emasligi va shu sabab boshqa joydan ish izlayotganini aytdi.

To‘raqo‘rg‘on MIB boshlig‘i Sohibjon Hamidov Ozodlik bilan suhbatlashishdan bosh tortdi.

To‘raqo‘rg‘on tumani MIB xodimlaridan biri 7 avgust kuni Ozodlikka ikkita audio va bitta videofayl jo‘natdi.

"Qancha aholini jazolading, nega to‘latmading?!"

Auidiofaylning birinchisida, tuman MIB boshlig‘i Sohibjon Hamidov deb iddao qilinayotgan shaxs, xodimlaridan birini aholidan elektr energiyasi uchun kam pul undirib kelgani uchun haqorat qiladi:

Nimaga bir million tushirasan, q...q! Nima bir million tushirasan? Ey, q...q, nimaga bir million tushirasan? Ey, boru, millioninggayam q...m! Nimaga undirmayapsan, nimaga ishlamayapsan, nimaga ma’muriy qilmading, nimaga plomba qo‘ymading, nimaga sudga undirmading,(shu yerda boshliqning vajohati kuchayadi va ovozining boricha baqira boshlaydi -tahr.) nimaga gazga undirmading,nimaga noreallikni aniqlab kelmading,nechta akt qilding, plomba nechta qilding, nechta ma’muriy qilding, nimaga to‘lamatmading... to‘latmadiiiing, nimagaaaa?”, deya qichqiradi boshliq Sohibjon Hamidov deb iddao qilinayotgan shaxs.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:38 0:00
Бевосита линк

Ozodlikka yuborilgan ikkinchi audiofaylda, MIB boshlig‘i Sohibjon Hamidov deb iddao qilinayotgan shaxsning haqoratlari bilan birga xodimlarni urayotganligi ovozi ham eshitiladi:

S...man, q...mga ikki million dedingmi, uch kundan beri meni ikki million deysan, g...n! A? Narxing ham ikki million bo‘p qopti-a? Nima meni xususiy bog‘imda ishlayapsanmi? A? Do‘konmi bu yer, sartaroshxonami? Hi, q...mga kam pul tushirdingmi, a..ga s..y!”, deganidan so‘ng do‘p-do‘p etgan ovozlar eshitiladi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:34 0:00
Бевосита линк

To‘raqo‘rg‘on MIBning Ozodlik suhbatlashgan, ismi sir qolishini so‘ragan xodimining aytishicha, bu do‘p-do‘p etgan ovozlar byuro boshlig‘ining o‘z xodimlarini kaltaklayotgani sadosidir:

Bu odam bizga boshliq bo‘lganiga bir yil bo‘ldi. O‘shandan buyon haqorat tinmaydi. Aholidan kam pul undirgan inspektorlarni qator qilib qo‘yib, bir chekkadan og‘ziga kelgan harom so‘z bilan haqorat qiladi, bitta-bitta turgan joyda goh shapolaqlab, goh mushtlab uradi. Bir e’tiroz bildirsang, ishdan haydash bilan tahdid qiladi”, deydi MIB xodimi.

Тўрақўрғон МИБ бошлиғи Соҳибжон Ҳамидовнинг Телеграмм орқали ходимларига мурожаати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:00 0:00
Бевосита линк

"Qarzi bo‘lmasa ishlatmagan elektriga oldindan pul undirib ol!"

Uning aytishicha, inspektorlarga bajarish iloji bo‘lmagan reja qo‘yilgan:

Masalan, aytaylik, menga birkitilgan mahallaga 30 million so‘m reja qo‘yilgan. Aytaylik, mahalladagi odamlarning jami 5-6 million so‘m elektrdan qarzi bor. Lekin faqat, shuni undirish emas, balki hali ishlatilmagan elektr energiya uchun ham tushum qilishim kerak. Ya’ni, bir oyda 75 million so‘m undirishim kerak aholidan. Bu ilojsiz, narsa! Boshliq esa ana shuni topib kelsan, deb har kuni ishdan keyin haqorat qilgani qilgan”, deydi MIB xodimi.

Ismi sir qolishini so‘ragan boshqa inspektorning aytishicha, MIB xodimlarining bir qismi ishdan ketish haqida ariza yozyapti:

Shu bugunning o‘zida ikki kishi boshqa ish topib suhbatdan o‘tyapti. Bu boshliq hammani jon-jonidan o‘tkazib yubordi. To‘raqo‘rg‘on tumanining elektrdan qarzi, boshqa tumanlarga nisbatan ancha past, 700 million so‘m. Lekin har oy, 1,5-2 milliard so‘m reja beradi. Biz ham odamlarni nohaq qiynab, vijdonimiz azob chekyapti. Masalan 100 ming so‘m qarzi bo‘lsa, 150 ming berasan, deb turib olamiz. Prezidentimiz chiqarshhgan farmonlari bo‘yicha debitor qarzdorlikning kamida 80 foizi undirilsin deyilgan. Lekin bular bergan rejani 100 ofiz undir, deyapti. Bular esa osmondan olib ikki baravarlik reja qo‘yishyapti. Prezident Axir MIB xalqni qiynash uchun tashkil qilinmaganku”, deydi inspektor.

"Boy va amaldorlardan qarz undirishga tishimiz o‘tmaydi"

Uning aytishicha, hokimiyat idoralarida ishlaydigan amaldorlar va mulozimlarning qarzlari o‘nlab million so‘mni tashkil qiladi, lekin ularni undirish uchun borsangiz, darrov u yerdan ketish haqida qo‘ng‘iroq bo‘ladi:

Masalan, katta qarzlari bor xonadonlarga boramiz. Qarzni to‘lashni talab qilib turganimizda bizga boshliqlardan telefon bo‘ladi, u yerdan tezda chiqib ketinglar, degan. Ularga biz, inspektorlarning tishi o‘tmaydi. Oddiy xalqdan esa undirib olishga majburmiz, bo‘lmasa kechqurun o‘zimiz so‘kish eshitamiz, shapaloq yeymiz. Shuning uchun, bu ish meni jonimga tegdi. Ota-onamga aytdim, oyligi katta bo‘lsa ham bu yerda boshqa ishlolmayman, dedim. Dadam, xo‘p, boshqa ish qidir, dedi”, deydi MIB xodimi.

Boshliq Ozodlik bilan bu xususda gaplashishni istamadi

Ozodlik To‘raqo‘rg‘on tumani MIB boshlig‘i Sohibjon Hamidov bilan bog‘lanib, xodimlarning iddaolariga munosabat so‘radi.

Sohibjon Hamidov muxbir Ozodlik radiosidan qo‘ng‘iroq qilayotganini eshitganidan so‘ng, darhol aloqani uzdi.

Namangan viloyati MIBsining o‘zini tanishtirmagan mulozimi, telefon orqali hech qanday ma’lumot berilmasligini, matbuot xizmati rahbari Akmaljon Mavlonovga murojaat qilishimiz zarurligini aytdi.

Matbuot xizmati rahbarining telefoni esa kun bo‘yi javob bermadi.

Ozodlik joriy yilning 11 iyun kuni Namangan viloyati Uychi tumani MIB boshlig‘i Sherali Mamarizaevning qo‘l ostidagi xodimlarini “k...t, xezalak, blyad, tvar, haromi” kabi so‘zlar bilan haqorat qilib, shaxsini tahqirlagani haqida xabar bergan edi.

Ozodlik maqolasidan so‘ng ikki hafta o‘tib, Sherali Mamarizaev o‘z vazifasidan bo‘shatilgan edi.

XS
SM
MD
LG