Линклар

Шошилинч хабар
22 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:40

MIBning 100 yaqin xodimiga hujum qilindi. Inspektorni kim himoya qiladi? (VIDEO)


Majburiy ijro byurosi xodimlari – ijrochilari va inspektor- lariga fuqarolar tomonidan qilingan tajovuzlarga oid ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati e’lon qildi.

Majburiy ijro byurosining 2018 yilning 1 avgustigacha hujumga uchragan 96 xodimidan biri Andijon tuman MIB inspektori Bahrom Hakimqulovdir.

MIB xodimining xavfsizligiga oid Ozodlik savollariga Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparati Jamoatchilik bilan aloqalar va axborot bo‘limi mudiri Farruh Toshpo‘latov hamda Andijon tuman MIB boshlig‘i Baxtiyor Otajonovlar javob berdi.

96 ning biri

Andijon viloyat, Andijon tuman MIB xodimi Bahrom Hakimqulov 19 iyulda pichoqlangani to‘g‘risida Ozodlik 20 iyulda xabar qilgan edi.

Bahrom Hakimqulov kuni kecha kasalxonadan chiqqani haqda Ozodlikka uning rahbari, Andijon tuman Majburiy ijro byurosi boshlig‘i Baxtiyor Otajonov bildirdi.

- Bahromjon kasalxonadan chiqdi. Shu kunda o‘z uyida. O‘zini o‘zi evlab qoldi. Har kuni ertalab bitta inspektorimiz kirib, holidan xabar olib turibdi,- dedi Baxtiyor Otajonov.

Andijon tumanidagi Bo‘taqora qishlog‘ida yashaydigan fuqaro 19 iyul kuni uyiga elektr quvvatidan to‘planib qolgan qarzni undirishga kelgan MIB xodimi Bahrom Hakimqulovni pichoqlaganlikda gumonlanib hibsga olingan.

Andijon tuman ichki ishlar bo‘limi mulozimi qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishda ayblanayotgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida 20 iyul kuni Ozodlikka bildirgan edi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati suratga olib, kuni kecha e’lon qilgan videosyujet shu voqea atrofiga qurilgan.

Mamlakat bo‘ylab MIBning 96 xodimi – ijrochi va inspektorlari iste’molchilar hujumiga uchragani shu syujetda ma’lum qilindi.

Baxtiyor Otajonovning aytishicha, 19 iyul kuni Bahrom Hakimqulovga qilingan hujum uning qo‘l ostidagilarga qilingan yagona holatdir.

Andijon tuman Majburiy ijro byurosi boshlig‘i Baxtiyor Otajonov Ozodlikning bir qator savollariga javob berdi.

Андижон туман МИБ бошлиғи Бахтиёр Отажонов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:23:19 0:00
Бевосита линк

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparati Jamoatchilik bilan aloqalar va axborot bo‘limi mudiri Farruh Toshpo‘latov 9 avgust kuni Ozodlikka bergan suhbatida o‘sha 96 ta tajovuz tahliliga to‘xtalib, jumladan bunday dedi:

96 hujum tahlili

- 96 ta holatning 30 dan ziyodi bevosita jinoyat ishi qo‘zg‘atish bilan bog‘liq holatlardir. Ya’ni hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish holati bo‘yicha 34 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bundan tashqari 20 dan ortiq ma’muriy ishlar mavjud. Qolgan ishlar hozirda o‘rganish bosqichida. Biz, bunda, albatta, MIB xodimining harakatlarini ham o‘rganamiz va baho berib o‘tamiz, - dedi Farruh Toshpo‘latov.

MIB rasmiy vakilining aytishicha, 96 ta holat ichida o‘lim bilan yakun topgan insident yo‘q. Shu o‘rinda Farruh Toshpo‘latov Qashqadaryo viloyat, Yakkabog‘ tuman Majburiy ijro byurosi boshlig‘i Bahrom Jo‘raevning 2 avgust kuni vafot etganini eslab, “bu haqda o‘zlaringiz - Ozodlik radiosi xabar berdi, lekin bu holat uning qo‘l ostidagi xodim bilan bog‘liq, iste’molchi bilan bog‘liq bo‘lmagan holatdirki, bu voqea 96 ta holat orasida emas”,- dedi.

MIB inspektorini kim yoki nima himoya qiladi?

Aholidan kommunal xizmatlar uchun qarz undirish bilan shug‘ullanadigan MIB inspektorlarining (MIB ijrochilari ham borki, ular sud qarorlari ijrosi bilan shug‘ullnanadi) maxsus himoya vositalari (masalan, rezina to‘qmoq kabi) yo‘q.

- Inspektorlar o‘z hududidagi agressiv iste’molchilarni biladi. Ular bilan ishlash uchun, zarurat tug‘ilganda, inspektorlarimizning xavfsizligini ta’minlash uchun ichki ishlarning profilaktika inspektorlarini, mahalla faollarini jalb qilamiz, - dedi Farruh Toshpo‘latov.

Umuman esa, MIB rasmiy vakiliga ko‘ra, MIB xodimlari Jinoyat kodeksining 219- moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan himoya qilinadi.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparati Jamoatchilik bilan aloqalar va axborot bo‘limi mudiri Farruh Toshpo‘latov Ozodlik bilan suhbatda maqolada ko‘tarilgan mavzudan tashqaridagi savollarga ham javob berdi.

МИБ Марказий аппарати расмий вакили Фарруҳ Тошпўлатов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:29 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston Bosh prokurturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi 2017 yilning may oyida prezident Shavkat Mirziyoevning farmoni bilan tuzilgan edi.

Farmon bilan energiya resurslari uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga, shuningdek, sud hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlashga Majburiy ijro byurosi mas’ul etilgan.

XS
SM
MD
LG