Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:53

Akasi va yangasini bolta bilan chopib o‘ldirgan shaxs 22 yilga qamaldi


Baxtiyor Shukurov 12 avgust kuni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi, ikkinchi bandi - o‘ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam o‘ldirishda ayblandi.
Baxtiyor Shukurov 12 avgust kuni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi, ikkinchi bandi - o‘ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam o‘ldirishda ayblandi.

Samarqandda uy ustida talashib akasi va yangasini chopib o‘ldirgan 46 yoshli Baxtiyor Shukurov qotillik ro‘y berganidan besh oy o‘tib 22 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi mulozimining Ozodlikka aytishicha, Shukurov 12 avgust kuni O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 97 moddasi, ikkinchi bandi - o‘ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam o‘ldirishda ayblanib, qattiq rejimdagi koloniyada amnistiya qo‘llanilmagan tarzda muttasil saqlash sharti bilan 22 yilga ozodlikdan mahrum etilgan:

- Oldin o‘ta xavfli retsidevist deb topilgan bu kishi. Jazoni amnistiya qo‘llanilmaydigan maxsus tartibli koloniyada o‘taydigan bo‘ldi, - dedi Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudining o‘zini tanishtirmagan mulozimi.

2018 yilning 14 mart kuni Kattaqo‘rg‘on tuman markazi - Payshanba shaharchasi, Kumushtola ko‘chasidagi xonadonda rafiqasi va 8 yoshli o‘g‘li bilan yashagan Baxtiyor Shukurov uydan chiqib ketishni talab qilib kelgan 58 yoshli akasi Abduqahhor va 55 yoshli yangasi Maqsudani bolta bilan chopib o‘ldirgani haqida Ozodlik xabar bergan edi.

Uy ustida janjal bolta-pichoq ko‘tarish bilan yakun topdi.
Uy ustida janjal bolta-pichoq ko‘tarish bilan yakun topdi.

Marhum er-xotinning ismi sir qolish sharti bilan14 avgust kuni Ozodlikka gapirgan qarindoshi “qotil amaki”siga belgilangan jazodan xursand ekanini aytdi:

- Bir biz emas, butun Payshanba ahli xursand. Amakim shuncha qamalib chiqib ham unga aql kirmadi. Endi ham aql kirmasa¸ bu yog‘i uning ishi. Bu yog‘iga osonlikcha qamoqdan qutulolmaydi, deb umid qilib turibmiz, - deydi qotilning qarindoshi.

Baxtiyor Shukurov otasidan meros qolgan uydan chiqib ketishni talab qilib kelgan 58 yoshli akasi Abduqahhor va 55 yoshli yangasi Maqsudani bolta bilan chopib o‘ldirgan.
Baxtiyor Shukurov otasidan meros qolgan uydan chiqib ketishni talab qilib kelgan 58 yoshli akasi Abduqahhor va 55 yoshli yangasi Maqsudani bolta bilan chopib o‘ldirgan.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, Baxtiyor Shukurov 2003-2014 yillar oralig‘ida qaroqchilik va qotillik ayblovlari bo‘yicha bir necha marta qamalib chiqqan.

Oxirgi marta u 2014 yilda prezident amnistiyasi asosida ozod etilgan.

Marhum er-xotinning farzandi qonunan otasi nomidagi uy ustida janjal to‘rt yildan beri davom etib kelgani va bu tortishuv amakisining o‘z yaqinlariga bolta-pichoq ko‘tarishi bilan yakun topganini aytgan edi:

- O‘sha kungi qotillik baqir-chaqirlari onamning telefoniga yozilib qolibdi. Amakim ataylab, boltani charxlab qo‘ygan ekanmi, kelsa o‘ldiraman, degan maqsadda, otam-onam kelishayapti, amakim xotiniga, ya’ni kelinoyimga “boltani olib chiq” deydi. Oldiniga onamni, keyin otamni bolta bilan chopib o‘ldirayapti. Baqir-chaqir, bu narsa Majburiy ijro byurosi xodimlari ko‘z oldida bo‘layapti. Ular qochib ketishibdi. Qonga belanib yotganlarga yordam beradigan odam bo‘lmagan¸ degan edi qotillik tafsilotlarini Ozodlikka hikoya qilgan marhumlar farzandi.

Hozirda aka-uka o‘rtasida qonli talashuvga aylangan uyda qotillikda ayblanib qo‘lga olingan Baxtiyor Shukurovning rafiqasi va 8 yoshli o‘g‘li yashamoqda.

O‘zbekistonda maishiy muammolar negizida sodir bo‘lgan boshqa shu kabi fojialar to‘g‘risida Ozodlik bir necha bor xabar qilgan.

27 mart kuni Farg‘onada aka eski Neksiya ustida talashib o‘z ukasini pichoqlab o‘ldirgan edi.

O‘tgan yil sentyabrь oyida Surxondaryoning Termiz shahrida uch farzandning onasi qaynonasi bilan uy-joy ustida talashib, uyiga o‘t qo‘yishi oqibatida 72 yoshli qaynona o‘tda yonib halok bo‘ldi, 9 yashar o‘g‘il kuyish jarohati oldi.

2017 yilning avgustida esa Farg‘onada 51 yoshli ota mashina ustida talashib, 27 yoshli o‘z o‘g‘lini, ustiga benzin qo‘yib, yoqib yuborgan edi.

XS
SM
MD
LG