Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:50

OzodMikrofon: Prezidentga arz qilganim uchun bolamni Jasliqda qiynashdi


Mahtuma Jo‘raeva qamoqdagi o‘g‘lining hayoti xavf ostida ekanini aytar ekan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevdan nohaq qamalganlar qatorida o‘g‘li Furqat Jo‘raevning ham ozod etilishini iltimos qiladi.
Mahtuma Jo‘raeva qamoqdagi o‘g‘lining hayoti xavf ostida ekanini aytar ekan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevdan nohaq qamalganlar qatorida o‘g‘li Furqat Jo‘raevning ham ozod etilishini iltimos qiladi.

Jizzaxlik Mahtuma Jo‘raeva uch yil avval “Aramais Avakyan ishi” nomi bilan jamoatchilik e’tiboriga tushgan ish bo‘yicha ayblanib qamalgan, hozirda “Jasliq” qamoqxonasida jazo muddatini o‘tayotgan o‘g‘li Furqat Jo‘raevni qamoqda qiynoqqa solishganini iddao qildi.

Jo‘raeva aytishicha, o‘g‘lining qiynoqqa solinishiga “Jasliq”dagi haqsizliklar haqida prezident Shavkat Mirziyoev va xalqaro tashkilotlarga tinimsiz arz qilishi sabab bo‘lgan.

Uch yil avval O‘zbekiston Jinoyat kodeksining “Konstitutsion tuzumga tajovuz”, “Qo‘poruvchilik”, “Taqiqlangan tashkilotlar tuzish va ularga a’zolik” kabi og‘ir moddalari bilan 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Furqat Jo‘raev 2016 yilning 9 aprelidan buyon O‘zbekistondagi eng og‘ir sharoitli “Jasliq” qamoqxonasida jazo muddatini o‘tayapti.

O‘g‘lining nohaq ayblanganligini isbotlash uchun uch yil davomida harakat qilib kelayotgan Mahtuma Jo‘raeva uning «Jasliq» qamoqxonasida ham muttasil qiynoqqa solinganini iddao qiladi.

Mahkam Jo‘raevaning so‘zlariga ko‘ra, qiynoqlar tufayli o‘g‘li jiddiy jismoniy jarohatlar olgan. 21 avgust kuni Jo‘raeva Ozodlikka bunday dedi:

- Men prezidentga, xalqaro tashkilotlar, elchixonalarga shikoyat qilaverganimdan keyin, bolamni loxmachlar yordamida qiynashgan. Meni ovozimni o‘chirish uchun Jizzax Milliy xavfsizlik bo‘limi, Ichki ishlar va Jizzax hokimiyatining diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi xodimlaridan iborat guruh “Jasliq”qa borib "onang tinch yursin, prezidentga yozavermasin, tinch yursa o‘zingga yaxshi bo‘ladi", deb bosim o‘tkazishgan.

Jo‘raevaning iddao qilishicha, o‘tgan yil kuzida avval o‘g‘li va qiynoqqa solingan yigirmaga yaqin maxbusni BMTning inson huquqlari bo‘yicha vakili Ahmad Shohiddan yashirish uchun delegatsiya tashrifi arafasida Toshkentga etap qilib turishgan:

- Oyog‘ida qiynoq belgilari bor, shuning uchun Ahmad Shohiddan yashirish uchun Toshkentga etap qilishgan. Men borganimda o‘g‘limni topolomaganman o‘shanda. Toshkentda deyishgan. Delegatsiya ketganidan so‘ng qayta “Jasliq”qa tiqishgan. Hozir bular o‘g‘limni umuman qamoqdan chiqmaydigan qilib har xil ayblarni bo‘yniga qo‘yishyapti. Prezidentimiz MXXni yaqinda DXX qildi, rahbarini o‘zgartirdi, nomi o‘zgargan bilan ish uslubi avvalgicha bo‘lib qolmoqda.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:06 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan dam o‘lish kuni bo‘lgani sabab Jo‘raevning o‘g‘li qiynoqqa solingani haqidagi iddaolar yuzasidan Jazoni ijro etish bosh boshqarmasidan izoh olishning imkoni bo‘lmadi.

Jizzaxlik 35 yoshli Furqat Jo‘raev 2015 yilning 3 sentabr kuni viloyatning Paxtakor shahridagi bozor oldidan niqobli kimsalar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan edi.

Oradan bir kun o‘tgach esa, uning do‘stlari Aramais Avakyan, Bektemir Umrzoqov, Akmal Matmurodov va Dilshod Alimov ham kuppa-kunduz kuni niqoblilar tomonidan o‘g‘irlangan va oradan 40 kun o‘tgach, bu beshovlonning Milliy xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hibsxonasida saqlanayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Hibsga olinganlar qisqa vaqt ichida O‘zbekiston Jinoyat kodeksining “Konstitutsion tuzumga tajovuz”, “Qo‘poruvchilik”, “Taqiqlangan tashkilotlar tuzish va ularga a’zolik” kabi og‘ir moddalari bilan sudga tortilgandi.

Sud majlislarida bu besh yigit ayblovlarni tan olmagan. Tergov davrida o‘ta noinsoniy qiynoqlarga tutilganliklarini bildirishgan. Sud ularni turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilgandi.

Mazkur ishning noinsoniy qiynoqlar bilan o‘tgan tergov jarayoni va adolatsiz mahkamasi “Aramais Avakyan ishi” nomi bilan Amerika va Yevropadagi yetakchi inson haqlari tashkilotlari va bir qator siyosatchilarning, shuningdek, dunyo armanlari xalqaro tashkilotlarining e’tiboriga tushdi.

Mahtuma Jo‘raeva qamoqdagi o‘g‘lining hayoti xavf ostida ekanini aytar ekan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevdan nohaq qamalganlar qatorida o‘g‘li Furqat Jo‘raevning ham ozod etilishini iltimos qiladi.

- Hozir bolam bilan qamalganlarni, Aramais Avakyanni ham manzil koloniyasiga o‘tkazishgan. Birgina mening bolam "Jasliq"da qolyapti.Chunki o‘g‘lim ekstremistik guruh a’zoligini bo‘yniga olmayapti, kechirim so‘rashdan bosh tortyapti,- dedi Mahtuma Jo‘raeva Ozodlik bilan suhbatdi.

O‘zbekiston Inson huquqlari tashabbus guruhi va qator huquq faollari O‘zbekiston Prezidenti hamda xalqaro idoralarga murojaat qilib, Avakyan+4 ishi qonun me’yorlari asosida qayta ko‘rib chiqilishini talab qilganlar.

XS
SM
MD
LG