Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:49

Moskvada yana bir qirg‘izistonlik terrorchilikda gumonlanib, sirtdan hibsga olindi


Mazkur jinoyat ishi yuzasidan yuzlab mehnat muhojiri tergov qilindi
Mazkur jinoyat ishi yuzasidan yuzlab mehnat muhojiri tergov qilindi

Sankt-Peterburg metrosida 2017 yil aprelida amalga oshirilgan portlashga aloqadorlikda gumon qilinayotgan qirg‘izistonlik Sirojiddin Muxtorov Moskva shahar, Basmanniy tuman sudining 23 avgust kungi qarori bilan 2 oyga sirtdan hibsga olindi.

Sudya Yelena Lenskayaga ko‘ra, qirg‘izistonlik Sirojiddin Muxtorovga nisbatan tayinlangan ikki oylik hibs muddati u qo‘lga olinadigan kundan boshlab hisoblanadi.

RIA "Novosti" xabariga ko‘ra, Muxtorovga terrorchilik aktini uyushtirish, noqonuniy tarzda qurol-yaroq va portlovchi moddalarni yasash hamda terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish moddalari asosida ayblov qo‘yildi.

- Tergov da’vosi qondirilsin va Muxtorovga ehtiyot chorasi sifatida sirtdan ikki oyga qamoqqa olish qarori chiqarilsin, deya qarorni o‘qidi sudya Yelena Lenskaya.

Avvalroq Peterburg metrosini portlatishga Suriyada jang qilayotgan va Abu Saloh nomi bilan tanilgan o‘shlik Sirojiddin Muxtorov buyruq bergani iddao qilingan edi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi Sirojiddin Muxtorovni 12 ta jinoyat, jumladan terrorchilik, portlovchi moddalarni noqonuniy saqlash va yasash, terrorchilik tashkilotiga a’zolik va shunga o‘xshash boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Muxtorov ustidan jinoyat ishi 2017 yilning 17 iyulida qo‘zg‘atilgan. Tergovchilar isbot-dalil sifatida “guvohlar ko‘rsatmalari”ga tayanayotgani ma’lum qilingandi.

Sirojiddin Muxtorov va ushbu jinoiy ish yuzasidan qidiruvga berilgan Bobirjon Mahbubovga e’lon qilingan moddalar asosida 15 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

"Abu Saloh" yo Sirojiddin Muxtorov kim?

Interpol saytidagi ma’lumotga binoan, Muxtorov 1990 yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston respublikasi vatandoshidir.

Qirg‘iziston kuchishlatar idoralar 28 yoshdagi Sirojiddin Muxtorov O‘sh viloyati Qorasuv tumanidagi Qashqarqishloqda yashaganini tasdiqlagan.

Sirojiddin Muxtorov qo‘mondonlik qilayotgan “Tavhid val Jihod katibasi” 2017 yilning 17 martida O‘sh shahar sudi qarori bilan Qirg‘izistonda faoliyati taqiqlangan ekstremistik guruh sifatida ro‘yxatga olingan.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi uni 2016 yilning 30 avgustida Bishkekdagi Xitoy elchixonasi oldida sodir etilgan terrorchilik aktiga aloqadorlikda gumonlab keladi.

Sud davomida ikkala jinoiy ish yuzasidan tergov muddati joriy yilning 3 oktyabrigacha etib tayinlandi.

2017 yilning 3 aprelida Peterburg metrosidagi portlashni kelib chiqishi Qirg‘izistonning O‘sh shahridan bo‘lgan Rossiya fuqarosi 22 yoshli “xudkush Akbarjon Jalilov sodir etgani” iddao qilingan edi. Bu ishga aloqadorlikda ayblanib, millati o‘zbek bo‘lgan jami 11 odam qamoqqa olingan.

Portlash oqibatida 16 odam halok bo‘lgan, yuzdan ortiq odam jarohatldangan.

Oradan bir yil o‘tgan bo‘lsa ham birorta guruh rasman mazkur hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan emas.

Ozodlik mazkur ish tergovi sanoqsiz qonun buzilishlari, ayblanuvchilarning qiynoqlarga solingani bilan birga olib borilayotgani to‘g‘risida ko‘p marotaba xabar bergan.

XS
SM
MD
LG