Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:43

"Seks-mulla" videosini tarqatgan militsiya xodimlari "intizomiy jazo"ga tortildi


Otajonov o‘z shaxsiy hayotiga ketma-ket ikki marta qo‘pol ravishda daxl qilgan militsiya xodimlariga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilishidan rozi emasligini ta’kidlaydi.
Otajonov o‘z shaxsiy hayotiga ketma-ket ikki marta qo‘pol ravishda daxl qilgan militsiya xodimlariga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilishidan rozi emasligini ta’kidlaydi.

Xorazm viloyati Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi o‘tgan oy yosh qiz bilan intim videosi ijtimoiy tarmoqqa chiqib ketgan mulla Abduhamid Otajonovdan rasman kechirim so‘radi. Urganch IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Tohir Kazakov nomidan 61 yoshli mullaga bitilgan rasmiy maktubda videoni tarqatib yuborgan militsiya xodimlariga "intizomiy jazo" qo‘llanilganini ma’lum qilingan. Urganchlik mulla shahar militsiyasi rahbaridan kechirim maktubini mazkur voqea haqidagi maqola Ozodlikda bosilganidan bir hafta o‘tib olganini aytdi.

23 avgust kuni Abduhamid Otajonov Ozodlik bilan suhbatda Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlarini o‘z shaxsiy hayotiga daxl qilib, olti yil avval olingan videoni ijtimoiy tarmoqda tarqatib yuborganlikda ayblagandi. ​

Oradan bir hafta o‘tib Otajonov Urganch IIBsi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Tohir Kazakovdan uning hayotiga ikki marta qo‘pol daxl qilgan militsiya xodimlariga intizomiy jazo qo‘llanilgani, ular tarqatib yuborgan videolar ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlangani ta’kidlangan xatni olganini aytdi.

- Shu videoni tarqatib yuborganlarga intizomiy chora qo‘lladik, ular nomidan kechirim so‘raymiz, degan mazmunda xat oldim, - dedi Otajonov

Xorazm viloyati Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi o‘tgan oy yosh qiz bilan intim videosi ijtimoiy tarmoqqa chiqib ketgan 61 yoshli mulla Abduhamid Otajonovga videoni tarqatib yuborgan militsiya xodimlariga intozomiy chora qo‘llanilganini ma’lum qilgan.
Xorazm viloyati Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi o‘tgan oy yosh qiz bilan intim videosi ijtimoiy tarmoqqa chiqib ketgan 61 yoshli mulla Abduhamid Otajonovga videoni tarqatib yuborgan militsiya xodimlariga intozomiy chora qo‘llanilganini ma’lum qilgan.

Lekin, Otajonov o‘z shaxsiy hayotiga ketma-ket ikki marta qo‘pol ravishda daxl qilgan militsiya xodimlariga nisbatan intizomiy jazo qo‘llangani yetarli emasligini ta’kidlaydi.

- Intizomiy jazo nima o‘zi? Meni hayotimga daxl qilgan militsiya xodimlari ishlab yuraveradi, deganimi? Men shu militsiya xodimlarini ishdan bo‘shatib, jinoiy javobgarlikka tortilishini talab qilyapman. Toshkentga borib prokuraturaga bu haqda shaxsan arz qilmoqchiman, - dedi Otajonov.

Mullaning eski kitoblar qo‘yilgan xontaxta yonida qip-yalang‘och ahvolda yosh ayol bilan intim holatda o‘tirgani aks etgan video 18 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqagandi.

Videoda¸ erkak va ayol ustiga bostirib kirib borgan noma’lum shaxslarning ularga videokamerani qaratib¸ so‘roqqa tutgani aks etadi.

Ayol ichki kiyimlarini qayta kiya boshlaydi¸ erkak esa kirib kelganlarni shaxsiy hayotiga daxl qilganlikda ayblay boshlaydi.

Urganchlik mulla Abduhamid Otajonov Ozodlik bilan suhbatda vidodagi shaxs o‘zi ekanini tasdiqlar ekan¸ bu voqeaning olti yil avval bo‘lgani, o‘shanda ikki nafar militsiya xodimi uyi eshigini buzib, ustiga bostirib kirgani va videoga olganini aytadi.

6 avgust kuni Ozodlik bilan suhbatlashgan Abduhamid Otajonov militsiya xodimlarini kichirish niyati yo‘qligini bildirdi.

- Militsiya arxivida turgan vajni 6 yildan keyin kim borib, chiqara oladi? Qaysi o‘g‘ri bu videoni militsiya arxividan olib xalqqa tarqata oladi, militsiyadan boshqa. Kim, devormi bu videoni chiqardi? Yoki osmondan tarelkada uchib kelib bu videoni olishdimi? - deydi Otajonov.

Ёш аëл билан интим видеоси тарқалган урганчлик мулла милицияни шахсий ҳаётига дахл қилганликда айблади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:10 0:00

Ozodlik Urganch shahar IIB rasmiylari bilan bog‘lanib¸ voqeaga munosabat bildirishni so‘radi.

"O‘zimiz qaytib telefon qilamiz"¸ degan militsiya navbatchisi hozirgacha Ozodlikka Otajonov ayblovlari yuzasidan izoh bergani yo‘q.

"Kuf-sufchi mulla"

Mulla va yosh ayol intim holatda o‘tirgan xonadagi xontaxta ustida eski kitoblar bilan oq salla turganini ko‘rish mumkin.

Kitoblar haqida so‘ralganda mulla ularning ota-bobosidan qolgan kitoblar ekanini aytadi.

"Ota-bobomdan qolgan qadimiy kitoblar, tegma kitoblarga shol bo‘lasan,"- deydi domla yalang‘och badanining pastki qismini ro‘mol bilan o‘ray turib.

Videoni olayotgan erkak esa: "Men shol bo‘lamanmi yo ishni qilgan siz shol bo‘lasizmi?" deya javob qiladi.

Ozodlik suhbatlashgan ayrim urganchliklar videodagi domla tug‘mas ayollarga dam solish bilan butun viloyatga dong‘i ketgan "kuf-sufchi" mulla ekanini aytishdi.

Ozodlikning Facebook sahifasiga murojaat qilgan bir necha ayol ayni mullaning uyiga shifo izlab borgani va jinsiy tegajog‘likka uchraganini iddao qildi.

Abduhamid Otajonov bu iddaolarni keskin rad qildi. Mulla Ozodlik bilan suhbatda o‘tmishda odamlarga dam solish bilan shug‘ullangani, lekin bepusht ayollar hech qachon mijozi bo‘lmaganini aytdi:

- Meni bepusht ayollarga dam soladi, deb chiqishibdi, bo‘lmagan gap. To‘g‘ri, mening otam xo‘jalardan, eshonlardan bo‘lgan, mulla o‘tgan. Bizga yosh paytimizda o‘rgatgan arabcha o‘qishni. Arabchani bilaman. Shuning uchun ziyoni tutganlar, yomon tush ko‘rganlar, epilepsiya bo‘lganlar keladi dam soldirgani. Ularga Qur’on o‘qib¸ tutatki qilaman. O‘zbekiston davlati tarafidan chiqarilgan Qur’oni Karim kitobidan yozib beraman, "Oyatlar xislatlari" degan kitobdan yozib beraman, olib ketishadi, - deydi Otajonov.

Huquq-tartibot xodimlarining olti yil avvalgi reydidan so‘ng mulla dam solish faoliyatini to‘xtatganini aytadi:

- Militsiyaga olib ketishdi meni o‘shanda. Kitoblarimni noqonuniy vahobiylarni adabiyoti deb, konfiskatsiya qilmoqchi bo‘lishdi. Men ularga qanaqa vahobiy, bu ota-bobomdan qolgan eski Fuzuliyning she’rlari bitilgan kitoblar ekanini aytdim. Tekshirib ko‘rib qaytarib berishdi keyin, - deydi Abduhamid Otajonov.

Xorazm viloyati hokimligining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘limi mulozimi Ozodlik bilan suhbatda aholi orasida mulla yoki domla deb ataluvchi bu shaxsning aslida diniy tashkilotlarga aloqasi ham¸ tabiblik bo‘yicha litsenziyasi ham yo‘qligini aytdi.

XS
SM
MD
LG