Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 04:28

Denov bozorida tadbirkor o‘z xotinini pichoqlab, o‘ldirdi


21 sentabr kuni Surxondarayo viloyati Denov tuman markaziy bozorida tadbirkorlik qiluvchi yigit o‘z do‘koni oldida xotinini pichoqladi. Voqea guvohlariga ko‘ra, ayol olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.

Voqea tafsilotlaridan xabardor denovlik yigitning Ozodlikka aytishicha, hodisa 21 sentabr kuni ertalab Denov markaziy bozori hududida sodir bo‘lgan.

“Denov bozorida er-xotin do‘konda sotuvchilik qilishardi. Kecha ertalab o‘sha do‘kondor xotinini pichoqlab qo‘yibdi. Voqea ularning do‘koni oldida sodir bo‘lgan. Erkak xotiniga 5 marta pichoq urgan. Bozorchilar “Tez yordam” chaqirishgan. Biroq ayolning jarohati og‘ir ekan, bozorning o‘zida jon beribdi”, dedi voqea tafsilotlaridan xabardor manba.

Boshqa bir denovlikka ko‘ra, er-xotin o‘rtasidagi janjalga pul mojarosi sabab bo‘lgan.

“Ular do‘konni bozorko‘mdan ijaraga olishar ekan. Ijara haqini to‘lay olmay, pul ustida er-xotin janjallashib qolgan. Keyin erkak jahl ustida xotinini pichoqlab o‘ldirgan”, dedi denovlik Ozodlik bilan suhbatda.

Denov tuman markaziy bozori rahbari N.Safarov dam olishda ekanini ro‘kach qilib, Ozodlik savollariga javob berishdan o‘zini olib qochdi.

(Tadbirkor va uning marhum xotinining ism-sharifi Ozodlikka ma’lum. Biroq tergov harakatlari ketayotgani bois ular ochiqlanmayapti. Tahr.)

Denov tuman Ichki ishlar bo‘limidan olingan ma’lumotga ko‘ra, bozordagi qotillik bo‘yicha tuman prokuraturasi jinoiy ish qo‘zg‘agan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari davom etayapti.

O‘zbekistonda oilaviy janjal oqibatida er xotinini ona farzandlarini so‘yib qo‘ygani xolatlari haqida Ozodlik avval ham bir necha bor xabar bergan.

Jumladan, 5 sentabr kuni Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish - FHDYo (ZAGS) binosida 26 yashar yigit o‘z xotinini pichoqladi. Huquq-tartibot idoralaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, ayol olgan jarohatlari bois, shifoxonada olamdan o‘tgan.

Qurbon hayiti kuni Yangiyo‘lda er xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Hodisa Yangiyo‘ldagi "Sherdor" to‘yxonasiga yaqin mahalladagi xonadonlardan birida sodir bo‘ldi. Voqea guvohlarining Ozodlikka aytishicha, 35 yoshli fermer jahl ustida xotinini bo‘g‘izlagan, bir necha pichoq zarbidan ayol voqea joyida jon bergan.

Янгийўлда Қурбон ҳайити куни эр хотинини пичоқлаб ўлдирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:35 0:00

O‘tgan yil Xorazmda ayol 7 va 10 yoshli farzandini pichoqlab o‘ldirgan edi.

2017 yil avgustida Samarqandning Toyloq tumanda esa er xotinini o‘ldirib, jasadini hali qurib bitkazilmagan do‘kon uchun tayyorlangan xonaning burchagida bir metr chuqur qazib, ko‘mgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

Xorazmning Shovot tumanida esa o‘tgan yil noyabr oyida 36 yoshli erkak o‘z turmush o‘rtog‘ini qishloq chekkasidagi dalaga olib borib, pichoqlab o‘ldirib, keyin ustiga benzin sepib yoqib yuborgandi.

Samarqandning Bulung‘ur tumanidagi Pastki Qo‘shtamg‘ali qishlog‘ida ayol piyonista erini pichoqlab o‘ldirgani haqida ham Ozodlik xabar bergan edi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yilda oilaviy janjal oqibatida er xotinini, xotin erini o‘ldirgani bilan bog‘liq yetmishdan ziyod xolat qayd etilgan.

Shulardan 61 tasida er xotinini, 10 tasida esa, xotin erini o‘ldirgan.

XS
SM
MD
LG