Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 06:45

Moskvadagi yashirin aroq zavodida ishlagan 13 o‘zbekistonlik qamoqqa hukm etildi


SIZO №4, "Medvedkovo"
SIZO №4, "Medvedkovo"

Moskvaning Perovskiy tuman sudi “noqonuniy tarzda alkogolь ishlab chiqarganlikda” aybdor deb topilgan 13 nafar o‘zbekistonlikka qamoq jazosi tayinladi. Tergov izolyatorida qolayotgan o‘zbek muhojirlari¸ yaqinlarining bildirishicha¸ hukmdan norozi bo‘lib ochlik e’lon qildi.

Moskvada bir guruh o‘zbek migranti yashirin aroq zavodida alkogolli mahsulot ishlab chiqarganlikda ayblanib, 5,5 – 6 yildan qamoqqa mahkum etildi.

Perovskiy tuman sudi 4 oktabr kuni chiqargan hukmga ko‘ra¸ 13 nafar o‘zbekistonlik Rossiya Jinoyat Kodeksining 171-moddasi 1-qismi (“Markirovkalanmagan tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, sotib olish, tashish va sotish”) va 327 moddasi (“Davlat hujjatlarini qalbakilashtirish”) moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Moskva shahar Sharqiy ma’muri okrug politsiya boshqarmasining Ozodlik bog‘langan rasmiysi o‘zbek muhojirlari kontrafakt aroq ishlab chiqarib¸ unga qalbaki aktsiz markalarni yopishtirgani uchun javobgarlikka tortilganini bildirdi.

- Markaziy osiyolik muhojirlar qalbaki federal markalar yopishtirilgan taniqli brend nomi urilgan qalbaki alkogol mahsulotlarini ishlab chiqargan, dedi politsiya rasmiysi Pavel Suchkov.

Sud rasmiylari¸ o‘zbekistonlik muhojirlar hukm usidan yuqori instansiya sudiga murojaat qilishlari mumkinligini bildirdi.

Ochlik aksiyasi?

Sudlanuvchilardan biri - 20 yashar rishtonlik Javohir Bozoralievning onasi E’zoza Bozoralieva Ozodlik muxbiriga sud qaroridan norozi bo‘lgan mahkumlar ochlik e’lon qilganini bildirdi:

- Juma kuni ularning oxirgi sudi bo‘ldi. 6 yil deb e’lon qilishi bilan ular ochlik e’lon qildi. Bugun uchinchi kun. Necha kishi ochlik tutayotganini bilmayman, ammo “bir ovozdan hammamiz ochlik qilishni zimmamizga oldik!”, dedi. “Ayajon, xavotir olmang – ozgina bo‘lsa ham yengillatar bizning jazomizni. Axir biz bekorga o‘tiribmiz. Haqiqat bordir, boshqa ilojimiz yo‘q,” dedi o‘g‘lim, deydi sudlanuvchilardan birining onasi.

20 yashar Javohir Bozoraliev ochlik e’lon qilgan migrantlardan biri
20 yashar Javohir Bozoraliev ochlik e’lon qilgan migrantlardan biri

Rishtonlik sudlanuvchining onasi rus tilini yaxshi bilmaydigan yosh o‘zbek yigitlari aldov qurboni bo‘lganiga ishonadi.

- Hammasi o‘zimizning rayondan kelgan bolalar. Ko‘pining Moskvaga birinchi kelishi. O‘g‘lim 31 yanvar kuni Moskvaga Rishtondan keldi. Registratsiya qildi, hamqishloq yordamida ishga joylashdik. Aroq zavodiga dokument qilib berdi, o‘sha yerda yashab, ishladi. 15 fevrallardan ishga bordi o‘g‘lim. Strogiy ekan – ko‘chaga bir kishi chiqadi, qolganlar chiqmas ekan. Bir kuni “Ayajon, 8 martga javob berar ekan”, dedi. 5 mart kuni kechasi, ish joyiga politsiya bostirib kirib, ichkarida s’yomka qilgan. Oformlenie qilib, otdelga olib ketgan. Ular bu noqonuniy ekanini ham bilmagan – ko‘pi bilan ishlagan bo‘lsa - 15 kun ishlagan. 26 odam bo‘lgan sexda. Ikki smenada 8 dan 8 gacha ishlashgan. Ikkinchi etajda yotoqxonalari bo‘lgan. O‘g‘lim gruzchik bo‘lgan. Bularni sudiga dvornik bolani tarjimonlikka olib kelishgan. 2-3 tasi tepadan qochgan. Ruschani bilmaydigan eng yoshlarini ushlab olib borishgan va 10 kunda deport qilamiz deyishgan. 11 mart kuni ularni Perovskiy otdelga olib kelishadi va tojik tarjimon bilan aldab, hujjatlarga qo‘l qo‘ydiradi. Hammasini “dokumenti yo‘q” deb oformlenie qilgan. Aslida hammasida bor, dedi E’zoza Bozoralieva.

Ma’lum bo‘lishicha, zavodni tashkillashtirgan ozarbayjonlik shaxs va uning yordamchilari qidiruvga berilgan. Jinoyat ishi faqat o‘zbekistonlik ishchi-migrantlarga nisbatan ochilgan.

O‘zbek mahbuslarining tergovchilar qonunbuzarligi ustidan bergan shikoyat xati
O‘zbek mahbuslarining tergovchilar qonunbuzarligi ustidan bergan shikoyat xati

Ozodlikka murojaat qilgan mahbuslarning yaqinlari O‘zbekiston konsulligiga murojaat qilingani, o‘zini Tohirjon deb tanishtirgan vakolatxona xodimi sudda qatnashishni va’da qilib¸ mahkamaga kelmaganini bildirdi.

Hozircha Ozodlik Moskvadagi O‘zbekiston konsulligidan mazkur sud va hukmga nisbatan munosabat olishga muvaffaq bo‘lmadi.

XS
SM
MD
LG