Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 04:31

Migrantlar Tula ko‘chalaridan asirlardek olib o‘tildi (VIDEO+FOTO)


Tuladagi oblavalar ("Tulskie novosti" AA fotosi)
Tuladagi oblavalar ("Tulskie novosti" AA fotosi)

Rossiyaning Tula shahrida Rosgvardiya va politsiya olib borgan reydlar natijasida asosan o‘zbekistonlik va tojikistonlik bo‘lgan 300 ziyod muhojir ushlandi. Maxsus amaliyot davomida migrantlarni harbiy asirlar kabi “konvoy” qilinayotgani aks etgan fotosuratlar jamoatchilik g‘azabi va e’tirozlarini uyg‘atdi.

2018 yilning 20 oktabridan Tula shahrining Xlebniy maydonidagi bozor va uning atrofidagi ko‘chalarda ommaviy tekshiruvlar va oblavalar o‘tkazildi.

Soat ertalabki 10-larda boshlangan va “noqonuniy mehnat muhojirlarini aniqlashga” qaratilgani aytilgan amaliyotda mahalliy politsiya, Rosgvardiya, FSB, OMON va SOBR tezkor guruhlari ishtirok etdi.

Bozor hududi va yon atrofdagi Pirogova va Kaminskogo ko‘chalarida ushlangan 300 yaqin shaxs ko‘zdan kechirilib, avtobuslarda tuman politsiya bo‘limiga olib borildi.

20 oktabrdagi reydlarda ushlangan migrantlar (("Tulskie novosti" AA fotosi)
20 oktabrdagi reydlarda ushlangan migrantlar (("Tulskie novosti" AA fotosi)

Maxsus amaliyot o‘tkazilganini tasdiqlagan Tula viloyati Ichki ishlar boshqarmasida reyddan ko‘zlangan maqsad – “Rossiya hududida noqonuniy yashab kelayotgan yoki boshqa migratsiya qoidalarini buzayotgan xorijlik shaxslarni aniqlash” ekanini Ozodlikka bildirishdi.

Biroq, jamoatchilik e’tiborini “Tulskie novosti” axborot agentligi saytida chop etilgan fotosuratlar o‘ziga jalb qildi. Unda Tula bozori atrofida ushlangan 200 yaqin qo‘llari bir-birining yelkasiga qo‘yilgan mehnat migranti, jumladan ayollarning maskadagi politsiyachilar “konvoy” qilayotganini ko‘rish mumkin.

Orqama-ketin bir qatorga terilgan muhojirlar mahalliy grajdanlar ko‘z oldida jinoyatchilar kabi olib ketilayotgani ko‘pni ko‘rgan huquq himoyachilari va oddiy grajdanlarni hayratga soldi.

Politsiya so‘zi bilan aytganda, “zachistka”dan keyin bozor va shaharning boshqa joylarida ishlayotgan bir qancha korxona, asosan oshxonalar, vaqtinchalik yopildi.

Tula politsiyasi reydlar davomida ota-onasi ishda bo‘lgan migrantlar farzandlari uchun nolegal “bolalar bog‘chasi” aniqlanganini ham ma’lum qildi.

“Tulaning Pirogova ko‘chasidagi turar-joy hovlilaridan birida xorij grajdanlarining turli yoshdagi farzandlari aniqlandi. Ular antisaniyatariya sharoitlarida va kattalar qaramog‘isiz ekani ma’lum bo‘ldi. Hodisa joyiga zudlik bilan voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha bo‘lim xodimlari chaqirtirildi”, deyiladi Tula Ichki ishlar boshqarmasi xabarnomasida.

Hozirda maxsus priyomniklarga jo‘natilgan bolalarning ota-onalari aniqlanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tulalik huquq muxofazachilari reydlarini “fashistlar” va “natsistlar” hatti-harakatlariga qiyoslashdi.

Tuladagi politsiya “zachistkasi”ni kuzatib borgan migrantlar himoyachisi Karimjon Yorov shahar ko‘chalarida faqat ko‘rinishi slavyan bo‘lmaganlar ushlanganini aytadi:

- Tuladagi ommaviy ushlashlar go‘yoki allaqanday “rasmiy reyd” asosida olib borilgan. Ammo ular bu reydning asl maqsadi nima ekani borasida hozirgacha tushuntirish berishgani yo‘q. Politsiya migrantlarni faqat bozorda ushlashgani to‘g‘risida ma’lumot ham yolg‘on – tekshiruvlar butun shahar bo‘ylab o‘tkazildi. Ularda Rossiya grajdanligi bormi-yo‘qmi, patent yoki hujjatlari joyidami-yo‘qmi: tashqi ko‘rinishi “osiyolik” bo‘lsa bas! Men gaplashgan muhojirlar ushlanganlar soni 300 oshiq ekanini tasdiqlashdi. Ularning asosiy qismi O‘zbekiston grajdanlari edi. Bu reydlar natijasida rus rasmiylarining “90 foiz migrant – nolegal holatda” degan gaplari cho‘pchak ekani, shuncha ushlangandan atigi 3-4 kishi javobgarlikka tortilishi odatiy holat, dedi Karimjon Yorov.

Reyd davomida 300 ziyod muhojir ushlandi ("Tulskie novosti" AA fotosi)
Reyd davomida 300 ziyod muhojir ushlandi ("Tulskie novosti" AA fotosi)

​Huquq faoli bunday reydlar va “konvoylar” politsiyaning “jo‘shqin faoliyatini” namoyish qilish uchungina kerak, deydi:

- Bunday vaziyat bir necha yil oldin Moskvada avj olgandi. Odamlarni xuddi shunday qurilish va bozorlardan qo‘llarini elkalariga qo‘ydirib, Moskva bo‘ylab “ko‘z-ko‘z” qilishardi. Mahalliylar 1943 yilda fashistlarni shunday olib yurishganini yodga olishdi. Farqi shundaki, fashistlar qo‘llarini yelkalariga qo‘ymasdan, erkin borishgan. Qizig‘i, doimo bunday oblavalar va reydlar biror markaziy osiyolik rahbar Moskvaga tashrif buyursa yoki aksincha Putin u yerga borsa avj oladi: rus hukumati ularga doimo nimaganidir ishora berayotganidek, dedi huquq himoyachisi Karimjon Yorov.

Tula politsiya rasmiy xabariga ko‘ra, olib borilgan reydlar natijasida ushlanganlardan 35 nafari migratsiya qonunchiligini buzgani, ularga nisbatan 49-ta ma’muriy protokol tuzildi.

Ozodlik Radiosi rus politsiyasining migrantlarni shu tariqa “konvoy” qilishi bir necha yil oldin ommaviy tus olgani borasida gapirgandi. Xususan, 2013 yilda Internet tarmoqlarida paydo bo‘lgan videoda Moskva viloyatining Reutov shahrida kolonna bo‘lib olib ketilayotgan muhojirlar aks etganini ko‘rish mumkin edi.

XS
SM
MD
LG