Линклар

Шошилинч хабар
30 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:35

Ozodlik 6 mulozim va fermerning sovuq suvli ariqqa tushirilib, tahqirlanishi holatini o‘rgandi


Bu surat ijtimoiy tarmoqlarning uzbek segmentidagi bir qator sahifalarida tarqalgan
Bu surat ijtimoiy tarmoqlarning uzbek segmentidagi bir qator sahifalarida tarqalgan

O‘zbekistondagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, mulozimlarning ariqdagi sovuq suv ichida tizzasigacha turgani aks etgan surat keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

Bu suratda ko‘zlarida norozilik alomatlari sezilgan va suvning sovuqligiga zo‘rg‘a chidab, qo‘llarida kitob, papkalar ko‘tarib olgan mulozimlar bir ayb ish qilib qo‘yganday, mung‘ayib turgani ko‘rinadi.

Iddao qilinishicha, bu surat O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Zoyir Mirzaev 25 oktabr kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi bir guruh rahbarlarni ariqda oqayotgan sovuq suv ichida yarim soat turishga majbur qilgan paytda tushirilgan.

Voqeaga bevosita guvoh bo‘lganlarning Ozodlikka aytishicha, bug‘doyga suv qo‘yilmagani uchun bosh vazir o‘rinbosari hokimlik mulozimlari, fermer, mahalla oqsoqoli va fermer ishchisini shu tariqa jazolagan.

Tuman hokimligining ismi sir qolishini istagan mulozimi shunday voqea bo‘lganini tasdiqladi.

​Bosh vazir o‘rinbosari bug‘doyni sug‘ormagan mulozimlar va fermerni sovuq suvga solib qo‘ydi

Ozodlik o‘z surishtiruvi davomida ana shu voqeaga guvoh bo‘lgan shaxsni topishga va u bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldi.

Озодлик 6 мулозим ва фермернинг совуқ сувли ариққа туширилиб, таҳқирланиши ҳолатини ўрганди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:33 0:00
Бевосита линк

25 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari Zoyir Mirzaevning Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi safarida birga bo‘lgan, ma’lumot sizdirgani uchun jazolanishidan cho‘chib¸ ismi ochiqlanmasligini so‘ragan faolning Ozodlikka aytishicha, Bosh vazir o‘rinbosari g‘alla sug‘orilmaganini ko‘rgandan so‘ng, g‘azabga kelgan:

“Zoyir Mirzaev avval hokimlik mulozimi va fermerni rosa so‘kib, tahqirladi. Senlar g‘allani sug‘ormagan bo‘lsang, senlarni o‘zingni sug‘oraman, dedi. Keyin tuman suv xo‘jaligi boshlig‘i Tohir Mirzakarimovni, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Sharof Ahmedovni, tuman hokimining qishloq xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Murodovni, “Ozod” MFYning oqsoqoli Zokir akani, “Mavlonboy ota” fermer xo‘jaligini rahbari Abror Mavlonovni va men ismini bilmaydigan ishchini o‘sha yerdan oqib o‘tayotgan ariqqa tushishga buyurdi. Hammasi oyoq kiyimlari bilan muzdek suvga tushishdi. Zoyir Mirzaev yana ancha gapirdi. Xullas, jazolanganlar yarim soat sovuq suvda turishga majbur bo‘ldi”, dedi faollardan biri.

Ismi sir qolishini so‘ragan fermer ishchilaridan birining Ozodlikka aytishicha, g‘allani sug‘orishga tuman prokurori ijozat bermagan:

“Biz g‘allaga allaqachon suv qo‘ygan bo‘lardik, lekin tuman prokurori paxta terasanlar deb, sug‘organi qo‘ymadi. Biri paxta terasan, suv qo‘yma deb majburlasa, biri suv qo‘ymabsan deb, jazolasa, biz nima qilaylik”, deydi ishchilardan biri.

Ozodlik Bosh vazir o‘rinbosari jazolagan mulozimlarning telefon raqamlarini topdi, ammo ularning telefonlari o‘chirilgani bois, bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

Ozodlik Oqqo‘rg‘on tumani hokimligidan bu masalaga munosabat ololmadi.

Ozodlik O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Zoyir Mirzaevning qabulxonasi bilan bog‘landi, ammo telefon go‘shagini hech kim ko‘tarmadi.

Oqqo‘rg‘on tumani hokimligi mulozimlarining ariqqa tushirilgani aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ularni topishda yordam berish haqida jamoatchilikka murojaat qildi.

“2018 yil 27 oktabr ijtimoiy tarmoqlarda paxta dalasi yonidagi ariqqa tushib turgan 6 nafar kishining suratlari tarqaldi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ushbu rasmda suratga olingan joy va sharoitni aniqlashga yordam beruvchi har qanday ma’lumotlar haqida xabar berishingizni so‘raydi. Telefon/telegram: +998951458844”, deyiladi murojaatda.

XS
SM
MD
LG