Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:23

Ommaviy bo‘shatilgan “Sho‘rtanneftgaz” ishchilari norozilik bildirmoqda


"Sho‘rtanneftgaz"ning ishdan bo‘shatilayotganlar ro‘yxatiga kirgan ishchilar
"Sho‘rtanneftgaz"ning ishdan bo‘shatilayotganlar ro‘yxatiga kirgan ishchilar

Qashqadaryoning G‘uzor tumanida joylashgan “Sho‘rtanneftgaz” korxonasining 324 nafar ishchisi rahbariyatning o‘zlarini ishdan bo‘shatish qaroriga norozilik bildirmoqda. O‘zbekneftgaz"dan olingan ma’lumotga ko‘ra, norozi ishchilarning talablarini o‘rganish uchun maxsus ishchi guruh tuzilgan.

Ozodlikka 5 noyabr kuni murojaat qilgan “Sho‘rtanneftgaz”ning bir guruh ishchilari korxonada ommaviy ishdan bo‘shatish holati bo‘layotganini aytib, bunga norozilik bildirishdi.

“Bizni ommaviy ishdan bo‘shatishayapti. Jami 324 kishi. Iltimos yordam beringlar”¸ deyiladi Ozodlikka yo‘llangan maktubda.

Ishdan bo‘shatilayotganlar ro‘yxatiga kirgan ishchilardan birining Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, ishdan haydalayotganlarning barchasi korxona qo‘riqchilaridan iborat.

“Biz hammamiz “Sho‘rtanneftgaz”ning “Tezkor qo‘riqlash xizmati”da ishlaymiz. Boshliq majlis qilib, "oxranniklar hammasi ishdan bo‘shatildi" dedi. Bizning huquqlarimizni poymol qilishayapti. Bizni oldindan ogohlantirishmadi. 324 ishchini birdaniga ko‘chaga haydayapti. Shuncha odam oilasini qanday boqadi endi?”, deydi “Sho‘rtanneftgaz” qo‘riqchilaridan biri.

Ozodlikka yo‘llangan foto va video tasvirlarda ishdan bo‘shatilayotgan ishchilarning norozilik bildirib korxona hovlisiga yig‘ilgani aks etgan.

ВИДЕО
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:48 0:00

“Sho‘rtanneftgaz” mulozimlaridan biriga ko‘ra, 2 noyabr kuni korxonadagi “Tezkor qo‘riqlash xizmati” bo‘limi butunlay tugatilib, uning o‘rniga IIVning qo‘riqlash xizmati bilan shartnoma tuzilgan.

“Bu ishchilar shuning uchun bo‘shatilayapti. Korxona Ichki ishlar bo‘limining Qo‘riqlash xizmati bilan imzolagan shartnomaga muvofiq, bundan keyin korxonaning neft, gaz quvurlarini qo‘riqlash ichki ishlar xodimlari zimmasiga yuklatildi”, dedi “Sho‘rtanneftgaz” mulozimi.

Mamlakatdagi eng yirik gaz qazib chiqarish korxonalaridan biri bo‘lgan "Sho‘rtanneftegaz” - "O‘zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasining sho‘’ba korxonasidir.

Ozodlik bog‘langan ishchilarning aytishicha, ommaviy ishdan bo‘shatishga qarshi ishchilarning bir guruhi 5 noyabr kuni Toshkentdagi mutasaddilarga bevosita shikoyat qilish uchun "O‘zbekneftgaz" bosh ofisiga kelgan.

Ozodlik bog‘langan "O‘zbekneftegaz" mulozimiga ko‘ra, "Sho‘rtanneftegaz” rahbariyati 324 ishchini ishdan bo‘shatish holatida bir qator qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan.

Ishdan bo‘shashiga norozi bo‘lgan ishlarning bir guruhi
Ishdan bo‘shashiga norozi bo‘lgan ishlarning bir guruhi

“Boshliq bu yerda noto‘g‘ri ish qilgan. Ishdan bo‘shatish haqida 2 oy avval ishchilarga ogohlantirish berishi lozim edi. Profsoyuz bilan hal qilish lozim edi. Mehnat kodeksiga zid ish tutgan”, dedi ismini ochiqlamayotganimiz "O‘zbekneftegaz" mulozimi.

5 noyabr kuni kechga yaqin "O‘zbekneftegaz" shirkati matbuot xizmati rahbari Mehribon Mamedovaning Ozodlikka aytishicha, "Sho‘rtanneftegaz” ishchilarining shikoyatini o‘rganish uchun maxsus ishchi guruh tuzilib, ishchilarning shikoyati qisman qondirilgan.

- Ular yana ikki oy ishlaydi. Ikki oy ichida ularga oylik beriladi. Ular bu vaqt ichida o‘zlariga boshqa ish qidirishi mumkin. Uchinchi oy ularga kompensatsiya beriladi. Ishchi guruh sharoiti og‘ir, nogiron, ko‘p farzandli oilalarning yashash sharoitini o‘rganadi, ularga yordam ko‘rsatiladi. Ular neft-gaz tizimidagi bo‘sh o‘rinlarga ishga olinadi. Ularni ish bilan ta’minlab beramiz, dedi Mehribon Mamedova.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:30 0:00
Бевосита линк

“Sho‘rtanneftgaz” korxonasi 1980 yilda tashkil topgan bo‘lib, gaz qazib olish, gaz, gazokondensat, neft konlarini ishlatish, gazni va gaz kondensatini tayyorlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanadi.

Hozirda "Sho‘rtanneftegaz" jami 21 ta neft va gaz kondensati konlaridan foydalanmoqda.

"Sho‘rtanneftegaz"ning yillik gaz ishlab chiqarish hajmi qariyb 15 milliard kub metrni tashkil qiladi. Bu mamlakat bo‘yicha yillik gaz ishlab chiqarishning to‘rtdan biriga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, korxona 175 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega.

XS
SM
MD
LG