Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:35

Hokimlik binosidagi tungi "bazm"da qatnashgan 13 yashar qiz 3 kundan beri reanimatsiyada qolmoqda


13 yashar qiz hokimlik joylashgan imoratdagi ushbu derazadan o‘zini tashlagani aytilmoqda.
13 yashar qiz hokimlik joylashgan imoratdagi ushbu derazadan o‘zini tashlagani aytilmoqda.

13 yashar qiz 23 noyabr, yarim tunda Andijon viloyat, Xo‘jaobod tuman hokimligi joylashgan bino hovlisidan og‘ir ahvolda olib ketilib, shifoxonaga yotqizildi.

Guvohlarning aytishicha, qiz o‘zini hokimlik binosining uchinchi qavatidan tashlagan. Ichki ishlar xodimlari voqeaning boshqa versiyalarini ham o‘rganmoqda.

Voqea hokimlik binosida, davlat amaldorlaridan birining o‘g‘li ishtirokidagi "bazm" davomida sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Voqea tafsilotlaridan xabardor andijonlikning Ozodlikka xabar berishicha, ushbu hodisa 23 noyabr, kech soat 23:00da Xo‘jaobod tuman hokimligi binosida o‘tayotgan "bazm" davomida sodir bo‘lgan.

“Xo‘jaobod tuman xokimiyat binosi 3-qavatiga 23-noyabr, soat 23:00da uch nafar erkak ikkita voyaga yetmagan 7-sinf o‘quvchi qizlarini olib chiqib, bazm uyushtirishgan. Diskoteka qilishgan. Bazm payti qizlardan biri o‘zini binoning 3-qavatidan pastga tashlagan. Qiz derazadan o‘zini tashlagan paytda yalang‘och ahvolda bo‘lgan. Qiz og‘ir tan jarohati olib, tezda kasalxonaga yotqizilgan. Endi savol: Bu ikkala go‘dak yarim kechasi hokimiyat binosida nima qilishgan? Tuman hokimi qaerga qarayapti, burnining tagida nima bo‘layotganini bilmasa?”, deyiladi Ozodlikka yo‘llangan xabarda.

13 yashar qiz 3-qavatdan hokimlik binosining shu joyiga tushgan.
13 yashar qiz 3-qavatdan hokimlik binosining shu joyiga tushgan.

Xo‘jaobod tuman kasalxonasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, jarohat olgan qiz (qizning ism-sharifi, o‘qigan maktabi Ozodlikka ma’lum – tahr.) uch kundan buyon shifoxonaning jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.

“Bemor 2005 yilda tug‘ilgan. Ahvoli bir xilda og‘ir. Ikkala qo‘li singan. Burni singan. Bosh miya chayqalishi bor. Jonlantirish bo‘limida yana 2-3 kun yotadi. Keyin rejali bo‘limga o‘tkazamiz. Hali ancha davolanishi kerak”, dedi ismini ochiqlamayotganimiz shifokor.

Xo‘jaobod tuman hokimligining Ozodlik bog‘langan mulozimi voqea tafsilotlarini qisman ochiqladi.

Xo‘jaobod tuman hokimligi joylashgan bino
Xo‘jaobod tuman hokimligi joylashgan bino

“O‘sha kuni 13 yashar ikkita qiz haqiqatan ham hokimlik joylashgan binoning xonalaridan biriga yarim tunda kirib kelishgan. Bu xona mulk kadastriga qarashli bo‘lgan. O‘sha kuni shu bo‘lim mulozimlaridan birining o‘g‘li ham o‘sha yerda bo‘lgan. Yana bir nechta yosh yigitlar bo‘lgan. Keyin shu ikkita qiz kelgan va hammasi muzikani ovozini baland qo‘yib, raqsga tushishgan. Keyin hokimlikdagi militsiya xodimlaridan biri shovqinni eshitib, o‘sha xonaga kirgan. Qizlardan biri militsiyani ko‘rib, qo‘rqib ketgan va o‘zini derazadan tashlagan”, dedi ismini ochiqlamayotganimiz hokimlik mulozimi.

Biroq mulozim qiz derazadan tashlagan payti yalang‘och bo‘lgan-bo‘lmaganidan bexabarligini aytdi.

Mulozimga ko‘ra, ushbu voqea bo‘yicha tuman Ichki ishlar bo‘limi surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Xo‘jaobod tuman Ichki ishlar bo‘limi mulozimi podpolkovnik Baxtiyor Azimov telefon orqali hech qanday ma’lumot bera olmasligini aytish bilan cheklandi.

“Bizga telefon orqali ma’lumot berish taqiqlangan. To‘g‘ri tushuning”, dedi podpolkovnik Azimov.

Ushbu voqea bo‘yicha bo‘layotgan tergov-surishtiruv ishlaridan xabardor andijonlik mulozimga ko‘ra, o‘zini derazadan tashlab, tirik qolgan 13 yashar qiz voqea tafsilotlarini ochiqlashdan bosh tortayapti.

13 yashar qiz o‘qiydigan maktab rahbarlari Ozodlik bilan suhbatda qizning 7-sinfda o‘qishi va u ahloqi og‘ir o‘quvchilardan biri ekanligini aytishdi.

"Qizning ahloqi borasida militsiya bo‘limiga oldindan xabar berganmiz. Qiz to‘g‘risida oldindan delo ochilgan. Qizning otasi yo‘q, onasi qizining tarbiyasiga yengil qarayapti. Biz onasini bir necha bor ogohlantirganmiz", dedi maktab rahbarlaridan biri.

XS
SM
MD
LG