Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:43

Moskva metrosida o‘zbek muhojiri poezd tagida qolib halok bo‘ldi (VIDEO)


Moskva metrosida poezd yo‘liga yiqilib tushgan o‘zbekistonlik muhojir halok bo‘ldi. 25 yashar o‘zbek migranti yaqinlashib kelayotgan poezd ostiga o‘zini tashlagani aytilmoqda.

27 noyabr, soat 16:45 atrofida Moskva metropolitenining “Yugo-Zapadnaya” metro bekatida relsga qulab tushgan shaxs kelayotgan poezd ostida qoldi.

Moskva shahar politsiyasining metropolitendagi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Aleksey Mishlyaevning Ozodlikka tasdiqlashicha, halok bo‘lgan shaxs 25 yashar O‘zbekiston vatandoshi bo‘lgan.

- Mashinist poezdni zudlik bilan to‘xtatishga uringan, ammo poezd inersiya bilan yo‘lovchi ustiga chiqib ketgan, dedi Aleksey Mishlyaev.

Internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan videoda qutqaruvchilar to‘xtab turgan poezd ostida qolgan yigitni olishga urinayotganini ko‘rish mumkin.

Error rendering VK.

Qutqaruvchilar jasadni olib chiqishga 40 daqiqa vaqt sarflagani ma’lum bo‘ldi.

Hodisa joyiga yetib kelgan “Tez yordam” xizmati xodimlari o‘zbek muhojiri olingan jarohatlardan metroning o‘zida halok bo‘lganini tasdiqladi.

Tergov xodimlari poezd bosib ketgan o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlangani, ammo hozircha unga oid ma’lumotlar sir tutilayotganini xabar qilmoqda. Metro politsiyasi videonazorat kameralarini ko‘zdan kechirayotgani, poezd mashinisti va hodisa guvohlarini so‘roq qilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Ozodlik tergovchilardan olgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mashinist noma’lum shaxs o‘zini poezd tagiga tashlab yuborgani to‘g‘risida ko‘rsatma bergan.

Baxtsiz hodisa tufayli Moskva metropolitenining "Rumyansevo", "Salaryevo", "Yugo-Zapadnaya" va "Prospekt Vernadskogo" stansiyalari vaqtinchalik ish faoliyatini to‘xtatdi. Soat 17:30 larda bu liniyaning barcha stansiyalarida poezdlar qatnovi qayta tiklandi.

Tekshiruv ishlari davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG