Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:50

O‘zbekistonlikni Domodedovo aeroportida o‘zbekistonlik taksichi to‘nadi (AUDIO)


Toshkentdan uchib kelgan o‘zbek muhojiri Moskvaning Domodedovo aeroportida taksichi-bosqinchilar qurboni bo‘ldi. Ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan migrant 7 ming rubl berib, tahdid qilgan shaxslardan bazo‘r qutilganini so‘zlab berdi. Aytishicha, uni "qopga tushirgan" iki kishining biri o‘zbekistonlikdir.

Ozodlikning Moskvadagi tahririyatiga qo‘ng‘iroq qilgan o‘zbekistonlik 25 yashar Davronbek ismli yigit bir necha soat oldin taksichi va uning sherigi qurboni bo‘lganini aytib berdi.

- Bugun Toshkentdan Domodedovo aeroportiga ikki soat oldin yetib keldim. Yonimga 35-37 yoshlardagi odam kelib, Xorazm shevasida gapirdi. U yerda 1000-800 rublga boshqa taksichilar olib borib qo‘yaman deb turibdi. Avtobus yoniga kelib bu odam “Srochno yurishim kerak – 1 odam bo‘lsa 100 rublga olib ketaman metrogacha!”, dedi. Mashinasiga o‘tirdim. Moskva halqa yo‘liga borganida u burildi. To‘g‘ri yurishimiz kerakligini gapirsam u benzin quyib olishni bahona qildi. Kolsevoydagi “Vegas” savdo markazi tagiga stoyankaga kirganidan keyin, yonida uxlab kelgan mast odam uyg‘ondi. Pul so‘radi, men 100 rubl bersam, “Sen 6750 rubl to‘laysan!”, dedi.

Ўзбек мигранти: "Арзон таксилардан эҳтиёт бўлинг!"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:04 0:00
Бевосита линк

Davronbek aldanganini tushunib, tortishishga urinib ko‘rganini, ammo ular ortidan yana ikkita taksi mashinasi kelib to‘xtaganini aytarkan, voqeaning davomini bunday hikoya qildi:

"Shu payt biz turgan joyga “DPS” yozuvi bor politsiya mashinasi yaqinlashib keldi. Men baqirib, oynani urdim, ammo ular ko‘rmaslikka oldi va boshqa tomonga burildi. Xorazmlik kishi mening sumkamni, dokumentlarimni oldi. Do‘stlarim ularning kartochkasiga pulni o‘tkazganidan keyingina mashina eshigini ochib berdi, hujjatlarim va sumkamni qaytardi. Keyin ular ketdi".

O‘zbek muhojiri uning 7 ming rubl pulini olgan shaxs o‘zini Abdulmo‘min deb tanishtirgani, mashinasi 750- regionning “560”davlat raqamiga ega novvotrang “Nissan Almera” ekanini Ozodlikka bildirdi. Haydovchi yonida uxlab kelgan kimsa "dog‘istonlik ekanini" aytib, bosqinchilik yo‘li bilan olingan pulni shunga berishini aytgan.

Moskvada 6 yildan beri ishlab kelishini gapirgan muhojir yigit, Moskvaga, ayniqsa, Domodedovo orqali uchib kelayotgan yurtdoshlariga arzon narx taklif qilayotgan notanish taksichilardan ehtiyot bo‘lishni tavsiya qildi.

- Men biror joyga arz qilish niyatim ham yo‘q. Ammo, xalq “o‘zbekman” deganimi, boshqasimi – chiqmasin mashinasiga. Pulni olganidan keyin ular har qanday gaplarni gapiradi, ishonmang. Men do‘stlarimga hali qarzimni berganim yo‘q. Bu gal Moskvaga birinchi qadamimni qarz bilan boshladim. Bilmadim, bu yog‘i nima bo‘ladi, dedi Davronbek.

Domodedovo transport politsiyasi bunday vaziyatlarda zudlik bilan politsiya bo‘linmalariga murojaat qilishni tavsiya qilmoqda.

Davronbek bilan bo‘lgan voqea Domodedovo aeroportida o‘zbek muhojirlarining qaroqchi-taksichilar qo‘liga tushgan birinchi holat emas.

O‘tgan yilning 17 avgust tong saharda Urganchdan kelib qo‘ngan uchoqdan tushgan 44 yashar beruniylik Alisher Komilov rus millatiga mansub zo‘ravon taksichi qo‘liga tushgandi. O‘zbekistonlik migrant unga zo‘ravonlik qilgan mansub haydovchiga 1200 rubl oxirgi pulini berib, arang qutulganini so‘zlagandi.

2016 yilning yanvarida Bahodir ismli buxorolik yigit ham qallob taksichilar qo‘liga tushganini Ozodlikka aytib bergandi.

XS
SM
MD
LG