Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:44

Prokuratura: Andijonda is gazidan 2 kishi zaharlangan, ommaviy zaharlanish bo‘lmagan


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati 30 noyabr kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumanida qariyb 100 kishi ko‘mir hididan zaharlanib, kasalxonaga yotqizilganiga o‘z munosabatini bildirdi.

Matbuot xizmatiga ko‘ra, Shahrixonda is gazidan faqat 2 kishi zaharlangan, ommaviy zaharlanish bo‘lmagan.

Ammo, 30 noyabr kuni Ozodlik bilan gaplashgan, bir-biridan mustaqil shifokorlar qariyb 100 kishi ko‘mir hididan zaharlanib, ulardan 70 nafari kasalxonaga yotqizilgani haqida gapirgan edi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining 1 dekabr kuni kechqurun Ozodlikka yuborgan maktubida yozilishicha, kasalxonaga 30 noyabr kuni is gazidan zaharlangan 2 kishi murojaat qilgan:

"Shahrixon tumani Markaziy shifoxonasiga 30.11.2018 yil kunidan 01.12.2018 yil kuniga qadar faqat 2 nafar fuqaro is gazidan zaharlanishda gumonlanib shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Umuman olganda Shahrixon tumani Markaziy shifoxonasiga 30.11.2018 yil kunidan 01.12.2018 yil kuniga qadar jami 58 ta bemor murojaat qilgan bo‘lib, ulardan 17 nafari gipertoniya kasalligi, 13 nafari yurak-ishemik kasalligi, 19 nafari asab tizimi kasalligi, 7 nafari ichki kasalliklar va 2 nafari shikastlanish bo‘yicha murojaat qilib, bulardan faqat 2 nafari shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga (yuqoridagi 2 nafar shaxs) yotqizilgan va qolgan 56 nafariga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgach uyiga ruxsat berilgan.

Tuman markaziy shifoxonasida bugungi kun holatiga 50 ta bo‘sh o‘rin, jumladan shoshilinch jonlantirish bo‘limida 14 ta, terapiya bo‘limida 21 ta, bolalar bo‘limida 2 ta, jarrohlik bo‘limida 8 ta va tug‘ruq bo‘limida 5 ta bo‘sh o‘rin mavjud.

O‘z navbatida maqolada ko‘rsatilganidek Shahrixon tuman Markaziy shifoxonasi bemorlarga to‘lib ketgani, shu jumladan is gazidan zaharlanib yotgan shaxslarga to‘lgani haqidagi ma’lumotlar mutlaqo o‘z tasdig‘ini topmadi.

Shuningdek, maqolada ko‘rsatilgan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 1-sonli tug‘ruqxona ta’mirlanmayotgani hamda bolalar va terapiya bo‘limlari qisqartirib yuborilgani holati muqaddam xuddi shu mazmunda “Sizdan telegram” internet kanalida chop etilgan maqola bo‘yicha o‘rganilganida o‘z isbotini topmagan.

Xozirda tuman prokuraturasi tomonidan yuqoridagi holatlar bo‘yicha tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Ozodlik 30 noyabr kuni Shahrixon tumani kasalxonasiga qariyb yuz nafar is gazidan zaharlanganlar murojaat qilgani haqida kasalxona va tibbiyot birlashmasida ishlaydigan bir-biridan mustaqil shifokorlarning ma’lumotiga tayangan holda 1 dekabr kuni xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG