Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:47

Haydovchi va YPX xodimi janjali aks etgan videoni prokuratura o‘rganmoqda


Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi mulozimi Ozodlikka videoda aks etgan xolatlar yuzasidan viloyat prokuraturasi surishtiruv o‘tkazayotganini aytdi.
Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi mulozimi Ozodlikka videoda aks etgan xolatlar yuzasidan viloyat prokuraturasi surishtiruv o‘tkazayotganini aytdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari bilan janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi.

Videoda haydovchi militsiya xodimlari uni kaltaklaganini iddao qiladi. Voqea guvohining aytishicha, videoda aks etgan haydovchi taniqli blogger Lochinbek Tillabo‘ldievdir, voqea esa Samarqand -Jizzax yo‘li​ning Jizzax viloyatiga qarashli qismida sodir bo‘lgan.

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi mulozimi Ozodlikka videoda aks etgan holatlar yuzasidan viloyat prokuraturasi surishtiruv o‘tkazayotganini aytdi.

O‘zini Lochinbek Tillabo‘ldiev deb tanishtirgan haydovchi yerda sinib yotgan militsiya tayoqchasini ko‘tarib, yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari kaltaklaganini iddao qiladi.

- Biz bilan urishib migalkalari ham sinib ketdi. Qulog‘im qonayapti, mana qarang. Meni GAI xodimlari urib, telefonim va hujjatlarimni qaytib bermayapti, - deydi Tillabo‘ldiev.

Lekin, tasvirlarda kaltaklash sahnasi aks etmagan.

Tillabo‘ldiev militsiya xodimlari o‘tirgan “Lasetti” mashinasi oynasini turtib, ular kaltaklab, telefonini olib qo‘yganini iddao qiladi.

- Telefonimda kaltaklash s’yomkasi borligi uchun telefonimni olib qo‘ydi, bermayapti bu odamlar, mashinaga berkinib olishgan, - deydi haydovchi.

Haydovchi militsiya xodimlari uni kaltaklaganini da’vo qilmoqda.
Haydovchi militsiya xodimlari uni kaltaklaganini da’vo qilmoqda.

Ozodlik muxbirining aniqlashicha, hodisa 2 dekabr kuni Samarqand -Jizzax yo‘lida bo‘lgan.

Voqea guvohlaridan birining Ozodlikka aytishicha, o‘zini militsiya kaltaklaganini iddao qilayotgan haydovchi Youtube portalidagi UzAbzor kanali administratori, farg‘onalik blogger Lochinbek Tillabo‘ldievdir.

- Lochinbek Samarqanddan Farg‘onaga qaytayotganida yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari yo‘lda radar o‘rnatib, uni to‘xtatishgan. Ikki o‘rtada janjal kelib chiqqan. O‘zi katta trassada radar o‘rnatish mumkin emas. Bu bola shunga e’tiroz bildirganida urishgan, - dedi ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan bloggerning sherigi.

Ozodlik Telegram orqali Tillabo‘ldievga chiqdi, lekin u intervyu berishga istak bildirmadi.

Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi mulozimi Ozodlikka videoda aks etgan xolatlar yuzasidan viloyat prokuraturasi surishtiruv o‘tkazayotganini aytdi.

Mulozimga ko‘ra, YPX xodimlari va haydovchi orasida ziddiyat kelib chiqqan. Shunda u “tartib posbonlari”ni videoga ola boshlagan.

- Bu holat bo‘yicha prokuratura ish ko‘ryapti. Videoda nima holat bo‘lgan bo‘lsa hammasini prokuratura ko‘rib chiqyapti, - dedi IIB mulozimi.

Ayni paytda Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mulozimi yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari haydovchini kaltaklagani haqidagi iddaolarni rad etdi.

- U aytaveradida. Videoda hech narsa yo‘qku?!- dedi IIB mulozimi.

O‘zbekistonda militsiya xodimlari va haydovchilar orasidagi janjallar haqidagi videolar birinchi bor paydo bo‘layotgani yo‘q.

Shu yilning may oyida Samarqandning Urgut tumanida militsiya xodimlari keksa yoshdagi haydovchi bilan mushtlashayotgani aks etgan videoni Ozodlik e’lon qildi.

O‘tgan yilning mart oyida Ozodlik Jizzax shahri markazida militsiya zobiti o‘rta yoshlardagi ayolning sochini ikki qo‘li bilan tortayotgani aks etgan videoni e’lon qilgan edi.

ВИДЕО: Жиззахда милиция зобити аëлнинг сочини юлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:58 0:00

Ikki yil avval esa Samarqandda ikki nafar militsiya xodimi bir ayolni mashina yukxonasiga solishga urinayotgani tasvirlangan video Ozodlikka kelib tushgan edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil fevral oyida o‘tkazgan selektor yig‘ilishida militsiya faoliyatini qattiq tanqid qilib, xalqning ulardan norozi ekanligini uqtirgan edi:

- Qonun himoyachilarining o‘zi jinoyat sodir etsa, oddiy odam dardini kimga aytishi kerak? –degan edi Mirziyoev.

Ayni paytda O‘zbekiston Adliya vazirligi matbuot xizmati 2019 yil 1 iyuldan boshlab yo‘l harakati qatnashchilari mobil videokamerasiz faoliyat olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega bo‘lishlarini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG