Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:38

Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan o‘zbek muhojiri Samaradan Toshkentga berib yuborildi (VIDEO)


Oybek Abdullaev 12 yanvar kuni Toshkentga ekstraditsiya qilindi.
Oybek Abdullaev 12 yanvar kuni Toshkentga ekstraditsiya qilindi.

12 yanvar kuni o‘zbekistonlik 32 yoshli Oybek Abdullaev Samaradan Toshkentga ekstraditsiya qilindi.

Federal xavfsizlik xizmatining Samara oblast boshqarmasi Oybekni “Islom Davlati” va “Al-Qoida” jangarilariga ko‘mak berish maqsadida Suriyaga chiqib ketayotganida qo‘lga olinganini xabar qildi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Samara viloyati bo‘yicha boshqarmasi (UFSB) matbuot xizmati xabar qilishicha, o‘tgan shanba kuni Samaraning “Kurumoch” aeroportidan Toshkentga terrorchi tashkilotlarga aloqadorlikda gumonlangan shaxs ekstraditsiya qilindi.

Samara viloyati UFSBsidan Ozodlik bu shaxs 1986 yilda tug‘ilgan Abdullaev Oybek Musavalievich ekanini aniqladi.

Oybek Abdullaev Samara aeroportida
Oybek Abdullaev Samara aeroportida

- 2019 yilning 12 yanvar kuni “Kurumoch” xalqaro aeroportidan Abdullaevni Rossiya Federatsiyasi hududidan milliy xavfsizlik xizmati xodimlari nazorati ostida u kelgan mamlakatga badarg‘a qilish amalga oshirildi. U yerda o‘rnatilgan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish masalasi ko‘tariladi, dedi o‘zini tanishtirmagan UFSB xodimi.

Samara FSBchilari Oybek Abdullaev 2018 yil dekabrida maxsus olib borilgan operativ–qidiruv amaliyotlar natijasida Samara shahrida terrorchilarga xayrixohlikda gumonlanib qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Tekshiruv davomida 32 yoshli o‘zbekistonlik Samara viloyatiga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelgani ham aniqlangani aytildi.

Rossiya maxsus xizmatlari o‘zbek muhojirini Suriya Arab Respublikasiga ketish va u yerdagi “Islom davlati” va “Al-Qoida” terrorchi guruhlari faoliyatiga qo‘shilishni rejalashtirganlikda aybladi.

“Kurumoch” aeroportida jurnalistlar bilan hamsuhbat bo‘lgan Oybek Abdullaev FSB tomonidan unga qo‘yilayotgan ayblovlarni rad etmadi.

(63.ru telekanali syujeti)

- Men bundan 6-7 oy oldin avvaliga Moskvaga kelgandim. Nima uchun ushlanganimni aniq ayta olmayman: qandaydir noto‘g‘ri hatti-harakatlarim uchun.

- Siz Suriyada urush ketayotganini bilasiz. Siz u yerda urushayotganlarga yordam berishga ketayotganmidingiz?

- Ha, deya gapni qisqa qildi Oybek.

Samara viloyati FSBchilari terrorchilarga xayrxohlikda gumonlangan Oybek Abdullaevni Samara aeroportining o‘zidayoq O‘zbekistondan maxsus chaqirtirilgan xavfsizlik xizmati xodimlariga topshirgani aytildi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining (FSB) Samara viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati tarqatayotgan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan 2018 yilning o‘zida birgina Samara viloyatidan “Rossiyaga noqonuniy kirib kelgan, terrorchilar hatti-harakatlariga xayrixohlik bildirgan, taqiqlangan adabiyot o‘qigan va ekstremistlarni qo‘llab-quvvatlashga da’vat etgan” 56 nafar muhojir chiqarib yuborilgan.

Ayni paytda, Rossiyaning boshqa o‘lkalarida ham terrorchilik va ekstremizmda ayblanib qamalayotgan yoki badarg‘a qilinayotgan ko‘plab o‘zbekistonliklar to‘g‘risida ma’lumotlar kelishi davom etmoqda.

Sankt-Peterburg politsiyasi taqiqlangan Suriyadagi "Tavhid va Jihod" terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumonlangan 1991 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlikni 2018 yil oxirlarida hibsga olgan edi.

2019 yilning 15 yanvarida Peterburg maxsus xizmatlari 1985 yilda tug‘ilgan va hozirda Rossiya grajdanligini olgan boshqa bir o‘zbek yigitni “terrorchi ekani aniqlangan 28 yashar muhojirning jinoiy rejalari borasida boxabar bo‘lgani, biroq ichki ishlar organlari xodimlariga qasddan xabar bermaganlik”da ayblab, jinoiy ish ochgani ma’lum bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG