Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:46

OzodMikrofon: "Hukumat ikkita loyihamni o‘g‘irladi"


Tadbirkor Jasur Tojiddinov maktab o‘quvchilari bilan
Tadbirkor Jasur Tojiddinov maktab o‘quvchilari bilan

Hozirda Turkiyada yashab, tadbirkorlik qilayotgan asli andijonlik 26 yashar Jasur Tojiddinov OzodMikrofonga murojaat qilib, O‘zbekiston hukumatini uning loyihalarini o‘g‘irlaganlikda ayblaydi.

Jasur Tojiddinov firmasi maktabga tashigan bolalar
Jasur Tojiddinov firmasi maktabga tashigan bolalar

​Jasur Tojiddinov iddaosiga ko‘ra, u 2017 yilning yanvarida Andijonda o‘quvchilarni maktabga tashish uchun maxsus avtobuslar tashkil qilgan. Biroq o‘sha yilning sentabriga kelib, bu loyihasini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

- Sentabr oyida 1 ta avtobus va 5 ta Gazel mashinamni paxtaga jalb qilishdi. Bir marta GAI xodimi avtobusda o‘tirgan o‘quvchi bolalarni katta trassada tushirib, mashinalarni dalaga olib ketishdi. Bolalar ko‘chada qolib ketdi. Maktabga borisha olmadi. Bolalar biror avtohalokatga uchrab, biror kor-hol bo‘lganida, bolalarning ota-onasi menga kelardi. Shuning uchun darrov bu loyihamni to‘xtatdim.

Jasurga ko‘ra, bu loyihasi haqida Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilariga o‘sha paytda murojaat qilib, yordam so‘ragan, biroq rad javobi olgan. "Keyinchalik ushbu loyihamni vazirlik o‘g‘irladi. Bu yil chekka qishloqlarda shu loyiham asosida bolalar uchun maktab avtobuslarini tashkil qilishdi", deydi Jasur Tojiddinov.

Shuningdek, Jasur Tojiddinov Madaniyat vazirligi rasmiylarini o‘zining "Men yulduzman" loyihasini o‘g‘irlaganlikda ayblaydi. Jasur ikki yil oldin uning ushbu loyihasini vazirlik rad qilgani, biroq yaqinda ushbu loyiha asosida yangi ko‘rik-tanlov yo‘lga qo‘yishganini aytdi.

Yosh tadbirkor Jasur Tojiddinov
Yosh tadbirkor Jasur Tojiddinov

- Ikkita vazirlik ikkita loyihamni o‘g‘irladi. Mualliflik huquqimni qanday talab qilishni ham bilmayman. O‘zbekistonda kimning "tankasi" bo‘lsa, o‘shaning ishi yurishadi. Men ularni sudga berganim bilan baribir ular g‘olib chiqishadi.

Jasur Tojiddinovning aytishicha, loyihalarini olib qo‘yishgach, u Turkiyaga ketgan va u yerda tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda.

- Istanbulda 5 ta maktab bolalariga avtobus xizmati ko‘rsataman. O‘zbekistonda o‘tmagan loyihamni shu yerda yo‘lga qo‘ydim. Endi Makedoniyada ham shu ish bilan shug‘ullanmoqchiman. U yerda mashinalar tayyor. Yaqinda ish boshlaymiz.

Jasur Tojiddinov bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

Жасур Тожиддинов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:40 0:00
Бевосита линк

* * * * * * * * * * * * * * * * *
“Erkin mikrofon” rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG