Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 06:39

Talaba qizni ro‘molda o‘qishga qo‘ymagan Islom akademiyasi ustidan sud jarayoni boshlandi


Toshkentdagi Xalqaro Islom akademiyasi rektori yordamchilaridan biri Ozodlik bilan suhbatda talabalar o‘qishga hijobda yoki ro‘molda qo‘yilmasligini tasdiqladi.
Toshkentdagi Xalqaro Islom akademiyasi rektori yordamchilaridan biri Ozodlik bilan suhbatda talabalar o‘qishga hijobda yoki ro‘molda qo‘yilmasligini tasdiqladi.

5 fevral kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi ro‘moli yechtirilgan talaba qizning otasi kiritgan da’vo arizasini ko‘rib chiqishni boshladi.​

Xalqaro Islom akademiyasi qoshidagi litseyda tahsil oluvchi 17 yoshli qizning otasi o‘quv yurti rahbariyatining ro‘mol o‘ragan qizlarni o‘qishga kiritmaslik qarori ustidan sudga shikoyat arizasi kiritgan.​

Asli advokat bo‘lgan talaba qizning otasi Abduvohid Yoqubovning Ozodlikka aytishicha¸ sud shikoyat arizasini uch oy davomida qabul qilmay kelgan.

Ammo Toshkent shahar prokuraturasi Yoqubovning o‘z qizi manfaatini ko‘zlab bergan arizasi birinchi instansiya sudi tomonidan asossiz ravishda qaytarilgan, deb xulosa chiqarganidan so‘ng tuman sudi arizani ko‘rib chiqishni boshlagan.

Jabrlanuvchi sifatida ko‘rilayotgan ​talaba qiz hali 18 yoshga to‘lmagani bois¸ Abduvohid Yoqubov uning huquqiy manfaatlarini sudda o‘zi himoya qilayotganini aytdi.

- Men o‘zim advokatman. Islom akademiyasi va litseyining qizlarga ro‘molda o‘qishga kelishlarini taqiqlovchi ichki qarorlarini bekor qilishni so‘rab, sudga shikoyat kiritdim. Chunki ro‘mol o‘ragan qizlarning o‘qishga kiritilmasligi O‘zbekiston imzolagan xalqaro hujjatlar hamda mamlakat Konstitutsiyasidagi me’yorlarga ziddir, - deydi Abduvohid Yoqubov.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:45 0:00
Бевосита линк

Toshkentdagi Xalqaro Islom akademiyasida 2018-2019 o‘quv yili boshida talaba qizlarni hijobini yechishga majburlangani haqida Ozodlik xabar bergan edi.

Ислом академияси қизлари ҳижобга тақиқ боис парик кия бошлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:32 0:00

O‘shanda hijobi yechtirilgan qizlar Ozodlikka o‘qishga parik yoki do‘ppi kiyib borishga majbur bo‘lganini bildirgan edi.

- Mening qizim ham parik kiyib borishga majbur bo‘ldi. Chunki o‘qishga bormasa¸ bizni sudga berishadi - farzandingning o‘qishga borishiga to‘sqinlik qilayapsan, deb. Akademiya va litseyning ro‘molda yurishni taqiqlovchi ichki qarorlari qizlarni ancha noqulay aholda qoldirdi, - deydi Abduvohid Yoqubov.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, Xalqaro Islom akademiyasida shu paytgacha kamida to‘rt talaba ro‘molsiz o‘qishga borishni xohlamay, dars qoldirgani uchun o‘qishdan haydalgan.

Shu talaba qizlardan biri 19 yoshli Luiza Mo‘minjonova 5 fevral kuni Ozodlik bilan suhbatda ro‘molga taqiq sabab Islom akademiyasida o‘qishni davom ettirolmaganini aytdi.

- Menga aytishdi yo ro‘mol yo o‘qish deyishdi, men ro‘molni tanladim, - deydi Islom akademiyasining 1-bosqich talabasi bo‘lgan, ammo o‘qishdan haydalgan Mo‘minjonova.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:35 0:00
Бевосита линк

Umumiy libos

Ozodlik bilan suhbatda o‘zini Toshkent Xalqaro Islom akademiyasi rektori yordamchisi deb tanishtirgan rasmiy talaba qizlarning hozirda ham o‘qishga hijob yoki ro‘molda darsga qo‘yilmasligini tasdiqladi.

Ismini aytishni istamagan rektor yordamchisiga ko‘ra, kalta yubka kiygan yoki shortik kiygan abiturientlarga ham ochiq kiyinmaslik talabi qo‘yilgan.

- Oliy ta’lim vazirligi tasdiqlagan umumiy forma bor, hamma talaba, jumladan bizning talabalar ham shu formada o‘qishga kelishi shart va shu formada kelishayapti, - dedi rektor yordamchisi.

Islom akademiyasida kalta yubka kiygan yoki shortik kiygan abiturientlarga ham ochiq kiyinmaslik talabi qo‘yilgan.
Islom akademiyasida kalta yubka kiygan yoki shortik kiygan abiturientlarga ham ochiq kiyinmaslik talabi qo‘yilgan.

Akademiya rektori yordamchisi bilim yurti rahbariyati ustidan sudga shikoyat tushganidan xabari borligini aytdi.

- Akademiyamiz vakili ham sudda qatnashayapti. Sud jarayoni davom etayotgani sabab bu borada izoh bera olmaymiz, - dedi rektor yordamchisi.

Toshkentdagi Xalqaro Islom akademiyasi 2018 yilning aprel oyida prezident Shavkat Mirziyoevning farmoni bilan tashkil qilingan.

Sobiq Islom universiteti negizida tashkil qilingan bilim yurtiga O‘zbekiston Musulmonlari idorasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita muassislik qiladi.

Akademiyada Qur’oni karim, hadislar, tasavvuf kabi Islom imlari bilan bir qatorda moliya, xalqaro munosabatlar kabi fanlar, shuningdek arab, fors, ingliz, rus, urdu, turk tillari o‘qitiladi.

Diniy erkinlik

O‘zbekiston ma’muriy javobgarlik kodeksining 184-moddasi 1-bandiga ko‘ra, diniy tashkilotlar xizmatchilaridan tashqari fuqarolarining jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq bilan jazolanishi mumkin.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasida ham “fuqarolarning jamoat joylarida diniy libosda yurishlariga yo‘l qo‘yilmasligi” aytilgan. Bilim dargohlari esa jamoatchilik joyi hisoblanadi.

Ammo advokat ota Abduvohid Yoqubov "Vijdon erkinligi to‘g‘risidagi qonun"ning noto‘g‘ri talqin etilayotganini iddao qiladi.

- Bizda jamoat joylarida diniy libos taqiqlangan to‘g‘ri, bunga qo‘shilaman, lekin ro‘mol diniy libos emas, bu milliy libos. Shuning uchun litsey va akademiya ro‘molni taqiqlayman¸ deyishga haqqi yo‘q, - deydi Yoqubov.

XS
SM
MD
LG