Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:50

Transport vaziri tayinlanganidan 4 kun o‘tib, u boshqaradigan vazirlik ham ta’sis etildi


Prezident Shavkat Mirziyoev Ochilboy Ramatov bilan Xiva vokzalida.
Prezident Shavkat Mirziyoev Ochilboy Ramatov bilan Xiva vokzalida.

Prezident Shavkat Mirziyoev fevralning birinchi kunida ikkita yangi vazirlikni joriy etdi.

Prezidentning 1 fevraldagi qarori bilan Energetika va’zirligi ta’sis etilgani bir necha kun oldin xabar qilingan edi.

Транспорт вазири тайинланганидан 4 кун ўтиб, у бошқарадиган вазирлик ҳам таъсис этилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:07 0:00

7 fevralda e’lon qilingan rasmiy ma’lumotda, 1 fevral kuni “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni imzolangani va bu farmon asosida Transport vazirligi tashkil etilgani e’lon qilindi.

​Farmonda Transport vazirligi O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida tashkil etilishi qayd etilgan.

Vazirlik avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropoliten, yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Farmonga muvofiq Favqulodda vaziyatlar vazirligi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining transport sohasiga oid vakolatlari ham yangi tuzilgan vazirlik vakolatiga o‘tkazib berildi.

Shavkat Mirziyoevning 2018 yil noyabr oyidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Hukumat komissiyasiga 2019 yilning 15 yanvariga qadar Transport vazirligi tuzish bo‘yicha takliflar kiritish topshirilgan edi.

Qizig‘i shundaki, hali Transport vazirligi tuzilmay turib, Shavkat Mirziyoev 28 yanvar kungi qarori bilan Bosh vazirining 1-o‘rinbosari Ochilboy Ramatovni transport vaziri etib tayinlagan.

Ozodlik radiosiga 31 yanvar kuni bu borada fikr bildirgan soha mutaxasisslari Transport vazirligi tuzilishiga qarshi bo‘lgan Ochilboy Ramatov transport vaziri etib tayinlanganidan taajjub bildirgan edilar.

«Prezident¸ transport-logistika sohasini inqirozga olib kelgan odamni Transport vaziri etib tayinlasa¸ demak Mirziyoevga bu sohadagi haqiqiy ahvol haqidagi ma’lumot yetib bormayapti»¸ - dedi Ozodlikka shaxsi ochiqlanmasligini so‘rab gapirgan soha mutaxassislari.

Ozodlik suhbatlashgan transport-logistika sohasida ishlovchi tadbirkorlar ham bu soha boshqaruvini “21-asrga to‘g‘ri kelmaydigan” vaziyatda deb baholagan eidlar.

“Bu sohaning rasvo bo‘lganini isbotlash uchun DXX dan hujjat-dalil olishga hojat yo‘q. Xalq ko‘rib turipku ahvolni – biletlar qani? Na poezd¸ na samolyotga onlayn bilet olishning iloji yo‘q¸ haliyam o‘zlarining kassalarida sotish kerak. Nima uchun? Qaerda naqd pul aylansa¸ o‘sha joyda katta korrupsiya bor. Bilet ololmaysiz¸ poezd yo samolyotga chiqsangiz¸ yarmi bo‘sh. Qani Rossiya¸ Qozog‘istonga qo‘yish va’da qilingan avtobuslar? Nima uchun O‘zbekiston hududida boshqa davlatlarning avtobuslari qatnayapti? Hukumatlararo kelishuvda bunaqa qatnovlar taqiqlanganku! Bunaqa qatnovdan tushayo​tgan pullar kimlarning cho‘ntagiga ketayapti?”¸ deb aytgan edi Ozodlikka transport sohasi bo‘yicha mutaxassis tadbirkor.

XS
SM
MD
LG