Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:37

O‘shda Alisher Navoiy haykali atrofi xarobaligidan afsus bildirildi (VIDEO)


Navoiy haykali atrofidagi shahobchalar 2010 yilda yondirib yuborilgan edi.
Navoiy haykali atrofidagi shahobchalar 2010 yilda yondirib yuborilgan edi.

Qirg‘izistonning O‘sh shahri markazidagi Navoiy nomidagi istirohat bog‘i oldidagi maydonda 9 fevral kuni Alisher Navoiyning 578 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur maydonga Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan.

Tadbirda asosan Bobur nomli o‘zbek akademik drama teatri xodimlari, O‘sh shahar o‘zbek milliy-madaniy markazi vakillari va o‘shlik adabiyot muhlislaridan iborat 50ka yaqin odam ishtirok etdi.

Bir soat davom etgan tadbirda adabiyot muhlislari va o‘shlik yozuvchi hamda adiblar tomonidan maruzalar qilinib shoir ijodidan namunalar o‘qildi.

Tadbir so‘ngida Bobur teatri direktori Nabijon Mamajonov Navoiy haykali o‘rnatilgan maydonning qarovsizligidan afsus bildirdi.

Навоий ҳайкали ўрнатилган майдоннинг қаровсизлигидан афсус билдирилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:36 0:00

Mazkur maydonda 2010 yilga qadar maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari mavjud edi. O‘sh voqealari chog‘ida bu shahobchalar yoqib yuborilgan va oradan 8 yil o‘tsa hamki qayta tiklanmagan.

Nabijon Mamajonov O‘sh shahar o‘zbek milliy-madaniy markazi rahbariyatidan bu maydonni hokimiyat qarori bilan Bobur teatri qaramog‘iga o‘tkazib berishni iltimos qildi. Mamajonovga ko‘ra, teatr xodimlari bu erni obodonlashtirish va ahlatdan tozalab turish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

XS
SM
MD
LG