Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:42

Mirziyoevdan boshpana so‘ragan xitoylik qozoqning taqdiri xalqaro hamjamiyatni tashvishga soldi (VIDEO)


AQShning Beyjindagi elchixonasi 11 fevral kuni O‘zbekiston boshpana bermay Tailandga uchirib yuborgan xitoylik qozoq G‘alimjan Shag‘iman taqdiridan xavotir bildirdi.

Мирзиёевдан бошпана сўраган хитойлик қозоқнинг тақдири халқаро ҳамжамиятни ташвишга солди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:16 0:00

​AQSh elchixonasi bu masalada BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi va “qator davlatlarning hukumatlari” bilan tig‘iz ishlayotganini ham ma’lum qildi.

“Biz uchinchi davlatlarni BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi va BMTning boshqa tuzilmalariga, nodavlat tashkilotlariga himoya qilish hamda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimoslarni baholash maqsadida boshpana izlayotgan shaxslar bilan uchrashish uchun sharoit yaratib berishga qat’iy chaqiramiz", deyiladi elchixona tarqatgan bayonotda.

Xitoy pasportida ismi Ksyayman Xalimubieke tarzida yozilgan, asli ismi G‘alimjan Shag‘iman bo‘lgan Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatida yashovchi etnik qozoq Toshkent xalqaro aeroportining tranzit zonasida turib, 8 fevralda prezident Mirziyoevga boshpana so‘rab murojaat qilgan edi.

-Assalomu alaykum O‘zbekistonning hozirgi prezidenti janob Shavkat Mirziyoev. Men turkiy tilli musulmonman. Hammamiz bir xalqmiz, musulmonmiz. Menga yordam bering. Meni aslo Xitoyning qo‘liga topshirmang. Men sizga, sizning gaplaringizga ishonaman,-degan edi G‘alimjan Shag‘iman o‘z videomurojaatida.

Ammo 9 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi: "Ommaviy axborot vositalarining fuqaro Ksyayman Xalimubiekening taqdiriga doir ko‘plab murojaatlari munosabati bilan shuni ma’lum qilamizki, u mamlakatimizga Qozog‘istondan kelgan va Toshkent xalqaro aeroportining tranzit zonasida bo‘lib turgan. U O‘zbekiston hududiga kirmadi va 9 fevral kuni Bangkok shahriga uchib ketdi", deb bayonot tarqatdi.

Bu shaxs taqdiridan xavotir bildirgan Qozog‘istondagi "Atajurt" inson huquqlari tashkilotiga ko‘ra, etnik qozoq G‘alimjan Shag‘iman o‘zi tug‘ilgan Xitoydan qochgan va Toshkent aeroportiga borib qolgan.

Huquq faollari xavotiriga ko‘ra, u Xitoyga qaytarilgan taqdirda kamida 20 yillik qamoq yoki o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin edi.

41 yoshli G‘alimjan Shag‘iman AQSh, Germaniya, Britaniya va Kanada hukumatlariga ham o‘zini Xitoyga ekstraditsiya qilinishiga yo‘l qo‘maslik iltimosi bilan murojaat qilgan.

Xabarlarda aytilishicha, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari uni Toshkent aeroportining tranzit zonasidan olib chiqib ketishga harakat qilgan, biroq Shag‘iman aeroportni tark etishdan bosh tortgan.

Hozirda G‘alimjan Shag‘imanning keyingi taqdiri, uning Tailandga yetib borgani yoki bormagani noma’lum bo‘lib qolmoqda. BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi bu maxfiy ma’lumot ekanini bildirib, ommaviy axborot vositalarining masalaga oydinlik kiritish iltimosini rad etgan.

Qozog‘istonning “Serke” internet gazetasining yozishicha, Tailand va Toshkent orqali Olmaotaga uchgan G‘alimjan Shag‘iman noma’lum sabablarga ko‘ra Qozog‘istonga kiritilmagan. Shundan so‘ng u Toshkentga qaytishga majbur bo‘lgan.

BMTning 2018 yil avgust oyida o‘tkazgan tekshiruvi natijasida Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatida 1 millionga yaqin musulmon "ekstremizmga qarshi kurash" sababi bilan "qayta tarbiyalash lagerlari"da saqlanayotgani aniqlangan.

Bunga qadar Xitoy uyg‘urlar uchun maxsus lagerlar borligi haqidagi ma’lumotlarni inkor qilib kelayotgan edi.

XS
SM
MD
LG